63-jadval
Materiallardan foydalanishning tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
«A»
|
«в»
|
1
|
2
|
3
|
1. Reja bo‘yicha mahsulot birligiga sarflangan material (100 dona)
|
18170
|
13200
|
-Haqiqatda
|
18050
|
13270
|
-Farqi ( +, - )
|
-120
|
+70
|
2. Haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (100 dona)
|
78500
|
50700
|
3. Iqtisod ( - ), ortiqcha ( + ) jami mahsulotga (ming birlik)
|
-9420
|
+3549
|
4. Qo‘shimcha yoki kam mahsulot ishlab chiqarish
|
+52
|
-27
|
Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib tiribdiki tahlil etilayotgan «AVS» aksionerlik jamiyatida «A» mahsulotni tayyorlashda unga sarflangan rangli metall materiallari iqtisod qilinishi natijasida qo‘shimcha ravishda 52 dona «A» turdagi mahsulot ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lingan. «В» mahsulotni tayyorlashda esa rejadagidan ko‘proq materiallarning sarflanishi natijasida asoslanmagan ortiqcha xarajatlar amalga oshi- rilgan. Buning natijasida esa 27 ta «В» nomdagi mahsulot kam ishlab chiqarilgan.
Shu bilan birgalikda materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari tahlil etilganda alohida materiallardan foydalanishni tadqiq etish bilan birgalikda korxona bo‘yicha materiallardan foydalanishni o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Uni quyida keltirilgan jadval yordamida amalga oshirish mumkin (64-jadval).
Tahlil etilayotgan jadval ma'lumotlaridan ko‘rinadiki, moddiy xara- jatlarni iqtisod qilish natijasida qo‘shimcha ravishda 6914 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga erishildi. Bundan ko‘rinadiki, korxonada tovar mahsulotiga sarflanadigan materiallardan samarali foydalanish borasida ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Korxonada material qaytimi biznes-rejada belgilangan 1,73 so‘mdan haqiqatda 1,89 so‘mga o‘sgan. Bunday natija korxonada materiallardan samarali foydalanganligidan dalolat beradi.
Materiallardan foydalanish tahlili
Ko‘rsatkichlar
|
Biznes-
|
Xaqiqatda
|
Farqi,
|
|
rejada
|
|
(+,-)
|
1
|
2
|
3
|
4
|
1. Moddiy xarajatlar (ming so‘m)
|
42843
|
42043
|
-800
|
2. Tovar mahsuloti (ming so‘m)
|
74260
|
79797
|
+5537
|
3. Tovar mahsuloti, material hajmi (so‘m) (1/2)
|
0,5769
|
0,5268
|
-0,050
|
4. Material sarfi o‘zgarishining ta'siri ( +, -)
|
|
|
|
- tovar mahsuloti tannarxidagi moddiy
|
|
|
|
xarajatlarning qimmatlashishi (+), pasayishi (-)
|
|
|
|
- 0.050 * 79797 = - 3989
|
|
|
-3989
|
- tovar mahsulotining hajmi, ming so‘m
|
x
|
x
|
|
- 3989 : 0.5769 = 6914
|
x
|
x
|
+6914
|
5. Material qaytimi, so‘m (2 / 1)
|
1,73
|
1,89
|
+0,16
|
Takrorlash uchun savollar:
Korxonaning moddiy resurslari nima maqsadda tahlil etiladi?
Moddiy resurslarni tahlil qilishda tahlilning asosiy vazifalari nimalardan iborat bo‘ladi?
Qaysi axborot manbalariga asoslanib korxonaning moddiy resurslari tahlil qilinadi?
Moddiy resurslar tarkibi va uning dinamik o‘zgarishlari qanday tahlil etiladi?
Zaxira holatini tahlil etish usullarini ayting.
Tovarlarni omborlarda saqlash xarajati qanday aniqlanadi?
ABC - analiz, XVZ - analiz, logistika nimani anglatadi?
Materiallardan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari qanday aniqlanadi?
Material qaytimi va material sig‘imi qanday aniqlanadi?
Material qaytimining mahsulot hajmiga ta'siri qanday tahlil etiladi?
Material sig‘imini pasaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatib bering.
Mustaqil o‘rganish uchun topshiriqlar:
1-topshiriq.
Berilgan ma'lumotlar asosida mahsulotni material sig‘imini tahlil qiling va xulosa yozing?
4-MAVZU: MEHNAT RESURSLARI BILAN TA’MINLANGANLIK VA MEHNAT UNUMDORLIGI TAHLILI
1.1. Korxonada mehnat resurslarini tahlil qilishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalarda mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishda asosiy o‘rinni jonli mehnat omili, ya’ni inson omili muhim ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday fan-texnika taraqqiyotining rivojlangan bosqichida ham inson omilining bo‘lishi talab etiladi, ya’ni yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish uskunalarini ham inson boshqarishi lozim bo‘ladi. Bunday sharoitda korxonalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishiga, mahsulot tannarxining pasayishiga, foyda miqdorining oshishiga hamda boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq. Mehnat ko‘rsatkichlarining bajarilish darajasi mashina va jihozlardan maksimal foydalanishga, ishlab chiqarishni bir maromda amalga oshirilishiga va mehnat unumdorligini o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Mehnat ko‘rsatkichlari tarkibiga, odatda, quyidagilar kiradi:
a) ish haqi fondi;
b) xodimlar soni;
d) mehnat unumdorligi;
e) o‘rtacha yillik ish haqi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov mamlakat aholisining turmush darajasiga baho berar ekan, quyidagilar haqida ta’kidlab o‘tdi: «... o‘tgan 2011-yilda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimiz aholisining daromadlari va turmush darajasini muttasil oshirib borish masalalari doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ldi. 2011-yilda respublikamizda ish haqi 20,2 foizga, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga o‘sdi. Aholining real daromadlari yil mobaynida 23,1 foizga ortdi. Ayni paytda - shunga e’tibor berish lozimki – aholi jami daromadlarining 47 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinmoqda. Sir emaski, biz mustaqil taraqqiyotimizning dastlabki yillaridan boshlab ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholining daromadlari va turmush sharoitida keskin tafovut bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka katta e’tibor qaratmoqdamiz. Keyingi o‘n yil davomida yurtimizda aholi daromadlari hajmi 8,1 barobar ortgan bir paytda, ish haqi, ijtimoiy ko‘makka muhtoj toifa-larning daromadlari miqdorini jadal oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va soliq imtiyozlari berish hisobidan aholining eng past va eng yuqori daromadga ega bo‘lgan guruhlari o‘rtasidagi tafovut, boshqacha aytganda, daromadlardagi farq koeffitsiyenti 21,1 barobardan 8,3 barobarga qisqardi. Aytish kerakki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va bir qator iqtisodiy rivojlangan davlatlar o‘rtasida bu koeffitsiyent eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Yurtimizda o‘tgan yillar davomida ish haqi va pensiyalarning xarid qobiliyati izchil va barqaror o‘sgani aholining hayot darajasi va sifati ortib borayotganining yaqqol tasdig‘idir. Buning isboti tariqasida quyidagi misol va raqamlarni keltirish mumkin. Agar 1991-yilda eng kam ish haqiga Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq tarzda hisoblab chiqilgan iste’mol savatchasi qiymatining faqat 8 foizini tashkil etadigan tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, 2011-yilda bu ko‘rsatkich iste’mol savatchasining 120 foizini tashkil etdi yoki 15 barobar o‘sdi, eng kam pensiyaning xarid qobiliyati esa 9 karra oshdi. Ayni shu ko‘rsatkichlar 2000-yilda mos ravishda 11,0 va 3,6 barobarni
tashkil etdi».
Respublikamizda 2012-yilning 9 oyi davomida yalpi ichki mahsulot, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlar bilan oldingi yillarga nisbatan o‘sdi. So‘nggi yillar davomida YaIM hajmining o‘sish darajasi o‘rtacha 8 % dan yuqori bo‘ldi, o‘sish darajasi mahsulot hajmini o‘sish darajasiga nisbatan yuqori bo‘lishi mamlakat miqyosida katta iqtisodiy samara berdi. Xalqaro tajribalaridan ma’lumki, shu ko‘rsatkich davlat iqtisodiyoti qudrati, kishilar turmush farovonligi omillarini mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda keyingi yillarda yalpi ichki mahsulot, shu jumladan sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi yuqori sur’atlar bilan o‘sib borayotganligini turli o‘zgarishlar bilan bog‘lash mumkin. Masalan, turli mulk shakllari va mazmunining o‘zgarishi, boshqaruv tizimidagi o‘zgarishlar, erkin iqtisodiy foaliyatning cheklanmaganligi, tashqi iqtisodiy faoliyatga keng yo‘l ochilishi va hokazo. Mamlakatimizdagi demografik vaziyatning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ayniqsa, mehnatga qobiliyatli yoshlarning soni tez o‘sib bormoqda. Shu bois ishchi kuchlarini ish bilan ta’minlash, ishsizlik masalasini hal etish mamlakatimizdagi eng dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biridir. Bu vazifani hal etishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, «Kichik va o‘rta korxonalar sonini ko‘paytirish, xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Yuqorida zikr etilgan sohalar, birinchi galda, biz uchun eng dolzarb bo‘lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish muammolarini hal etishda o‘ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz tanlagan siyosatning mutlaqo to‘g‘ri va uzoqni ko‘zlagan holda olib borilayotganini takror va takror isbotlamoqda».
Moddiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan samarali foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilardir.
1. Mehnat unumdorligini o‘sish darajasi.
2. Mehnat unumdorligi hisobiga mahsulot hajmini o‘sishi.
3. Xodimlar sonini nisbiy kamayishi.
4. Mehnat haqi fondidan nisbiy iqtisod.
5. Mehnat unumdorligi o‘sish darajasini mehnat haqini o‘sish darajasiga nisbati.
Mehnat resurslarini tahlil etish orqali korxonani xodimlar bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish, ularning tarkibi, tuzilishi, kasbiy mahorati, xodimlarni malakasini oshirish, ish vaqtidan foydalanish ko‘rsatkichlariga baho beriladi. Ayniqsa, mehnat unumdorligini oshirish imkoniyatlariga ko‘proq e’tibor beriladi. Mehnat resurslari va ulardan foydalanishni tahlil etishdan maqsad, mehnat unumdorligini oshirish rezervlari hisobiga mahsulot hajmini o‘sishini, ish vaqtidan to‘liq foydalanish va boshqa omillar evaziga mahsulot tannarxini pasaytirishdan iboratdir.Bugungi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanganligini o‘rganishda boshqaruv tahlilining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi, ularning tarkibi, strukturasi o‘zgarishini mehnat unumdorligiga bo‘lgan ta’sirini hisoblash va baho berish.
2. Ish vaqtini yo‘qotish sabablarini aniqlash va unga baho berish;
3. Mehnat unumdorligi rejasining bajarilishi va dinamikasiga obyektiv baho berish.
4. Mehnat resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash.
5. Xodimlar qo‘nimsizligiga baho berish.
6. Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini aniqlash va ularga baho berish.
7. Bir xodimning mehnat unumdorligini aniqlash va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga baho berish.
8. Ish vaqtidan foydalanish va bir soatlik ish unumdorligini o‘zgarishini mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sirini o‘rganish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mehnat resurslari bilan ta’-
minlanganlik va ulardan samarali foydalanganlik holatlariga baho
berishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari quyidagilar
hisoblanadi:
• biznes-reja ma’lumotlari;
• mehnat resurslaridan foydalanish ko‘rsatkichlarini aks ettirgan 1-T shaklidagi «Mehnat hisoboti» statistik hisobot shakli ma’lumotlari;
• ish vaqtidan foydalanish, ish vaqti balansi to‘g‘risidagi hisobot, ishga kelish, ketish to‘g‘risidagi tabel, ish kunini fotografiyasi, ishlab chiqarish normasini bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va boshqa ma’lumotlar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda eng yirik mehnat bozori, mulkdorlarning o‘rta sinfini shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad manbayi hisoblanadi. Mamlakatimizda ishchi kuchi bandligi samaradorligini ta’minlash uchun davlatni bandlik siyosatining quyidagi yo‘nalishlarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir:
- oilaviy biznes va kichik xususiy korxonalarni rivojlantirishni jadallashtirishni ta’minlash;
- mazkur maqsadlarda mikrokreditlash tizimini rag‘batlantirish;
- yirik sanoat korxonalari va nisbatan kichikroq bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalari bilan kasanachilikni kengaytirish asosidagi kooperatsiyani rivojlantirish imkoniyatlaridan keng qamrovli foydalanish;
- mahalliy xomashyoni puxta qayta ishlashga va tayyor raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan yengil, oziq-ovqat va qayta ishlash sanoatining ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, qishloq joylarida qishloq xo‘jaligiga taalluqli bo‘lmagan bandlik sohalarini kengaytirish masalalarini hal etishga e’tiborni kuchaytirish;
- ishsizlarni kasbiy o‘qitish va jamoat ishlari tizimlarini takomillashtirish bilan shug‘ullanadigan xizmatlar ishini faollashtirish. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi korxonani ish kuchi bilan ta’minlanishi va ulardan oydalanish ko‘rsatkichlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Mehnat resurslari ishlab chiqarishga uch yoqlama ta’sir etadi.
1. Korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanish darajasi.
2. Ish vaqtidan foydalanish.
3. Mehnat unumdorlik darajasi.
Korxonaning barcha bo‘g‘inlarida xizmat qiladigan xodimlar ikki guruhga bo‘linadi:
1. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari.
2. Noishlab chiqarish sohasidagi xodimlar.
Ishlab chiqarish jarayonida mehnat qiladigan kategoriyadagi sex uskunalarini kapital ta’mirlash, korxona boshqaruv bo‘limi, konstruktor byurosi, yong‘indan muhofaza qilish sohasidagi xodimlar sanoat ishlab chiqarish xodimlari deb ataladi. Transport, uy-joy xo‘jaligi, bolalar bog‘chasi va yaslisi, madaniy-ma’rifiy sohalardagi xodimlar noishlab chiqarish xodimlari tarkibiga kiradi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlari ishlab chiqarishdagi roliga qarab quyidagi kategoriyadagi xodimlarga bo‘linadi:
• ishchilar;
• xizmatchilar;
• rahbar xodimlar;
• mutaxassislar;
• qorovullik xizmati xodimlari.
Ishchi kuchining tahlili korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlanishini aniqlashdan boshlanadi. Buning uchun jami sanoat ishlab chiqarish xodimlarini soni shu jumladan, ayrim kategoriyadagi xodimlari rejasi bilan taqqoslanib xodimlarni ortiqcha, yetishmasligi aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi nafaqat korxonani umumiy miqdorda mehnat resurslari bilan ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lmay, balki xodimlarning malakaviy darajasi va kategoriyalari bo‘yicha tuzilishiga bog‘liq.
Tahlil etishda sanoat ishlab chiqarish xodimlarini soni reja va o‘tgan yildagisi bilan solishtirilib, korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi va dinamikasi aniqlanadi. Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining strukturasi tarmoq xususiyati, mahsulot nomenklaturasi, ixtisoslashish darajasiga bog‘liq. Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tahlil qilinayotgan korxonada o‘rganilayotgan davrda sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat resurslari tarkibida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Xususan, o‘tgan yilga nisbatan jami mehnat resurslari soni hisobot yilida 24 kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining 18 kishiga, xizmatchilarning 6 kishiga, rahbar xodimlarning 4 kishiga va qorovullik xizmati xodimlarining 2 kishiga kamayganligi ta’sir etgan. Joriy yilda mutaxassislar soni esa o‘tgan yilga nisbatan 6 kishiga ko‘paygan. Korxonada hisobot yilida belgilangan biznes-rejaga nisbatan ham mehnat resurslari soni 6 kishiga kamaygan. Bunga asosan ishchilar sonining rejalashtirilganiga nisbatan 6 kishiga, xizmatchilarning 3 kishiga kamayganligi, rahbar xodimlar va mutaxassislarning ortishi ta’sir etgan. Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, korxonadagi sanoat ishlab chiqarish sohasidagi mehnat resurslarining asosiy salmog‘ini ishchilar va xizmatchilar tashkil etmoqda. Xodimlar tarkibida mutlaq tarkibiy o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsada ularning umumiy tarkibdagi salmog‘ida deyarli keskin o‘zgarishlar kuzatilmaydi. Rahbar xodimlarning biznes-rejada belgilanganiga nisbatan ortishi korxona uchun samara bermaydi.Shu sababli korxonada bevosita ishlab chiqarish jarayonida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashadigan xodimlar sonini oshirishga harakat qilishi, bu esa samaradorlikni oshirishga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |