O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


-Mavzu nomi: Korxonalarning pul oqimlari va xususiy kapitali tahlili



Download 290,57 Kb.
bet56/59
Sana20.04.2022
Hajmi290,57 Kb.
#567078
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
moliya

9-Mavzu nomi: Korxonalarning pul oqimlari va xususiy kapitali tahlili.

Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlari asosida tashkil topishi korxonalar faoliyati tahlilining ahamiyatini yanada oshiradi, chunki u mazkur sharoitda faoliyatga joriy etilmagan ishlab chiqarish va m oliyaviy resurslarni o‘z vaqtida aniqlash ham da ulardan samarali foydalanish uchun mavjud imkoniyatlarni aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Foydalanilm agan resurslarni aniqlab, ulardan sam arali foydalanish korxonalar iqtisodiyotini, qolaversa, milliy iqtisodiyotni m ustahkam lashda asosiy omil bo‘lib xizm at qiladi. Shuning uchun har bir talaba ishlab chiqarish faoliyatining tahlili bilan bir qatorda moliyaviy faoliyatning tahlilini ham amalga oshirish yo‘llarini chuqur o‘zlashtirib olishi zarur, chunki ular kelajakda qishloq x o ‘jalik korxonalari va tashkilotlari hamda mamlakat iqtisodiyoti ravnaqi yoMida mutaxassis bo‘lib xizmat qiladilar. Yuqorida keltirilgan boblarda ishlab chiqarish faoliyatining tahlili ko‘rib chiqildi, endi moliyaviy faoliyatning tahlil quyida navbatdagi boblarda bayon qilinadi. Moliyaviy faoliyat tahlili (yoki moliyaviy tahlil) deb nimaga aytiladi? Korxonaning moliyaviy holati va moliyaviy natijalarini moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobi va boshqa axborotlarning ma’lumotlari asosida o‘rganib, mavjud moliyaviy imkoniyatlarni aniqlash va moliyaviy holatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish usuli moliyaviy tahlil deb ataladi. Moliyaviy tahlilning asosiy qismi bo‘lib korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Korxonaning moliyaviy holati uning moliyaviy barqarorligi, moliyaviy mustaqilligi, toMovga qodirligi, o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganligi, debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati kabi jihatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar darajasini o‘rganish va tahlil etish hamda ularning natijalarini umumlashtirish orqali korxonaning moliyaviy holatiga baho beriladi. Shuning uchun ham mazkur ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida tahlil qilib turish — korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash hamda iqtisodiyotni mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratadi. Shu nuqtayi nazardan tahlilning ahamiyati nihoyatda katta va beqiyosdir. Tahlil - korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash garovidir. M oliyaviy ta h liln in g asosiy m a q s a d i bo‘lib, korxona aktivlari, kapitali va majburiyatlarini, moliyaviy barqarorlik darajasini, toMovga qodirlik ahvolini, o‘z va qarz mablag‘lari bilan ta’minlanish darajasini, moliyaviy mustaqillik ahvolini, debitorlik va kreditorlik qarzlarining muayyan davrga boMgan holatini o‘rganish asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish va uni yaxshilash imkoniyatlarini ko‘rsatish hisoblanadi.


Shu nuqtayi nazardan moliyaviy holat tahlilining asosiy vazifalari boMib, quyidagilar hisoblanadi:
1) korxonaning aktivlari, kapitali, majburiyatlari holatini aniqlash va o‘zgarishiga baho berish;
2) moliyaviy ahvolning barqarorligini aniqlash va uning o‘zgarishiga baho berish;
3) balans likvidligi ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularning o‘zgarishini tahlil qilish;
4) korxonaning to‘lov layoqati koeffitsiyentini aniqlash va uning o‘zgarishiga baho berish;
5) moliyaviy koeffitsiyentlarni aniqlash va ularning o‘zgarishiga bag‘o berish;
6 ) Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini o‘rganish;
7 ) debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini o‘rganish;
8) Foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish bo‘yicha tavsiyalar, takliflar berish.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti hisoblanadi. Xo‘jalikning moliyaviy barqarorligi mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar yordamida ifodalanadi va ular orqali tahlil etiladi, xulosalar chiqariladi. Korxonani qay vaqtda moliyaviy barqaror xo‘jalik deb atash mumkin? Korxonaning moddiy oborot mablag‘larini tashkil qiluvchi manbalari bilan to‘liq qoplangan taqdirda, uni moliyaviy barqaror xo‘jalik deb atash mumkin. Demak, moliyaviy barqarorlik deganda moddiy ayianma mablag‘larni tashkil qiluvchi manbalari bilan mavjud tovar-moddiy zahiralar hajmining qoplanish darajasini tushunmoq kerak. Moliyaviy barqarorlik ahvolini o‘rganish va tahlil etishning asosiy manbai buxgalteriya balansi-netto hisoblanadi. Buxgalteriya balansi-nettoning quyidagi modeli asosida moliyaviy barqarorlikni aniqlash va tahlil etish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz:
U + Z + P + D = ()' + Q+B+K,
bunda: U - uzoq m uddatli aktivlar; Z - tovar-m oddiy zahiralar (m o d d iy ayianm a m ablag‘lar); P - pul m ablag‘lari va q im m atli qog‘ozlar; D - d eb ito rlik qarzlari; O‘ - o‘z m ablag‘larining m anbalari; Q — uzoq m uddatli qarzlar v a kreditlar; В - banklarning va boshqa tash k ilotlarn in g qisq a m uddatli kreditlari v a qarzlari; К - kreditorlik qarzlari. Ushbu modeldagi Z+P+D belgilari joriy aktivlarni, Q + B + K belgilari majburiyatlarni bildiradi. Korxonaning moliyaviy ahvoliga baho berishda quyidagi moliyaviy koeffitsiyentlar ko‘proq ishlatiladi. 1. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti. 2. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti. 3. ToMovga qodirlik koeffitsiyenti. 4. O 'z va qarz mablag‘larining o‘zaro nisbati koeffitsiyenti. 5. O lz ayianma mablag‘lari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti. 6 . Moddiy ayianma m ablagiar hissasi koeffitsiyenti. 7. Jami ayianma mablag‘larning jam i mulk qiymatidagi hissasi koeffitsiyenti.
Tahlilning aham iyati, m aqsadi va vazifalari. Barcha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kabi fermer xo‘jaligi ham turli xil korxonalar, tashkilot va muassasalar bilan iqtisodiy aloqa bo‘ladi, ya’ni mol yetkazib beruvchilar, sotib oluvchilar va, shu jumladan, tayyorlov tashkiloti, soliq, bank, sug‘urta tashkilotlari va boshqa kreditorlar bilan iqtisodiy munosabatda bo‘ladi. Ushbu iqtisodiy aloqalar moliyaviy intizom chegarasida sodir bo‘lishi, ya’ni belgilangan m uddatlarda am alga oshishi katta ahamiyatga ega. Mol yetkazib beruvchilarga, qarzini o‘z vaqtida to‘lash, tijorat banklaridan olingan kreditlarni belgilangan muddatda uzish, davlat budjetiga soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash va hokazo to‘lovlarni amalga oshirish, sotib oluvchilardan va, shu jumladan, tayyorlov tashkilotlaridan qarzini o‘z vaqtida undirib olish kabi jarayonlarning hisob-kitobi iqtisodiy tahlil bo‘yicha chuqur bilimni talab qiladi. Bu jarayonlarning natijalari xo‘jalikning to‘lov qobilyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarda namoyon bo‘ladi, shuning uchun to‘lovga qodirlik darajasini o‘rganish va uni oshirish imkoniyatlarini aniqlash tahlilning asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun tahlilning oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi. 1) to‘lov mablag‘lari va to‘lov majburiyatlari hajmini aniqlash, hisoblash; 2) to‘lovga qodirlik ko‘rsatkichlarini uning barcha turlari bo‘yicha aniqlash; 139 3) to io v qobiliyatiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ta’sirini hisoblash, baho berish; 4) to lo v qobiliyati ko‘rsatkichi darajasini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatish. Ushbu vazifalarni samarali hal etish uchun tolov qobiliyatini ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish zarur. Hisoblash va tahlil etish tartibi ushbu bobda quyida yoritildi. Buxgalteriya balansi bo‘yicha to‘lov m ablag‘iari va to‘lov m ajburiyatlarining m axsus guruhlari. Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bolib, tolov qobiliyatini ifodalovchi koeffitsiyent hisoblanadi. Balans bo‘yicha xo‘jalikning to lo v qobiliyatiga aylanma aktivlarning likvidlik ko‘rsatkichlari orqali baho beriladi. Balans likvidlik ko‘rsatkichlarini tahlil etishdagi asosiy manbadir. Buxgalteriya balansida xo‘jalik m ablagiari va ularning tashkil bolish manbalari toliq aks ettiriIgan boladi. Xo‘jalik mablagiari balansning aktivida va ularning manbalari esa passivida ko‘rsatiladi. Xo‘jalik m ablagiari hozirgi paytda «Uzoq muddatli aktivlar» va «joriy aktivlar» tariqasida, ularning manbalari esa «O‘z m ablagiari manbalari» va «majburiyatlar» nomlari bilan balansda aks ettirilgan. Balans Iikvidligi deb nimaga aytiladi? Xo‘jalikning o‘z joriy aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini qoplay olish quvvati balans Iikvidligi deyiladi. Boshqacha aytganda, balans Iikvidligi qarzlarni tolashga boigan qurbining darajasini ifodalaydi. Korxonaning joriy aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlariga bolish orqali balansning likvidlik darajasi aniqlanadi. ya'ni tolovga qodirlik ko‘rsatkichi aniqlanadi. Tolovga qodirlik - majburiyatlarini o‘z vaqtida qoplay olish qobiliyatini anglatadi. A ktivlar Iikvidligi deb nim aga aytiladi? Aktivlar Iikvidligi deb aktivlarning vaqt bo‘yicha naqd pul shakliga aylanishiga (o‘tishiga) aytiladi. Aktivlarning naqd pulga aylanishi uchun ketadigan vaqt ularning tezligini ifodalaydi. Aktivlarning har bir turi pul shaklini olganiga qadar o‘tgan vaqt qancha kam bolsa, uning Iikvidligi shuncha yuqori boladi. Balans bo‘yicha to lo v qobiliyatini tahlil etishga kirishishdan oldin balans aktivi va passividagi moddalarni maxsus belgilari bo‘yicha guruhlash maqsadga muvofiq boladi. Balansning aktividagi xo‘jalik m ablagiari «likvidlik darajasi (ya’ni pulga aylanish tezligi)» bo‘yicha va balansning passividagi xo‘jalik m ablag‘larining manbalari «tolov muddatlari darajasi» bo‘yicha m axsus guruhlarga bolinadi.
Korxonada pul oqimini rejalashtirish Korxonada pul oqimlarining mavsumiy tebranishlarini hisobga olishni ta'minlash maqsadida kelgusi yil uchun mablag‘larni olish va sarflash rejasi har oyda ishlab chiqiladi. U iqtisodiy faoliyatning alohida turlari va umuman korxona uchun tuzilgan. Bir qator biznes operatsiyalarini oldindan aytib bo‘lmaydiganligini hisobga olsak, reja odatda uchta variantda tuziladi - optimistik, realistik va pessimistik. Bundan tashqari, ushbu rejani ishlab chiqish ko‘p qirrali va uning individual ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishlatiladigan usullarga muvofiqdir. Mablag‘larni qabul qilish va sarflash rejasini ishlab chiqishning asosiy maqsadi yalpi va sof pul oqimlarini prognoz qilish va uning doimiy to‘lov qobiliyatini ta'minlashdir. rejalashtirilgan davr. Korxonada mablag‘larni olish va sarflash rejasi quyidagicha tuziladi: · korxonaning operatsion faoliyati uchun mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi, ushbu rejaning bir qator samarali ko‘rsatkichlari uning boshqa tarkibiy qismlarini rivojlantirishning dastlabki sharti bo‘lib xizmat qiladi; · korxonaning investitsiya faoliyati uchun mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi (uning operatsion faoliyatidan sof pul oqimini hisobga olgan holda); · Kelgusi davrda uning operatsion va investitsiya faoliyatini tashqi moliyalashtirish manbalari bilan ta'minlashga mo‘ljallangan korxonaning moliyaviy faoliyati uchun mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishi; · Yalpi va sof pul oqimlari, shuningdek, umuman korxona bo‘yicha pul mablag‘lari qoldiqlari dinamikasi. I. Korxonaning operatsion faoliyati uchun mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishini prognozlash ikki usulda - mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmidan va sof foydaning rejalashtirilgan miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshirilishi mumkin. Mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmidan kelib chiqib, operatsion faoliyat uchun mablag‘larning kelib tushishi va sarflanishini prognozlashda rejaning individual ko‘rsatkichlarini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi. 1. Mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmini aniqlash mahsulot bozori imkoniyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ishlab chiqarish dasturi (ishlab chiqarish rejasi) asosida amalga oshiriladi. Mahsulot sotishning rejalashtirilgan miqdorini hisoblash uchun asosiy ko‘rsatkich bu holda tovar mahsulotini ishlab chiqarishning rejalashtirilgan hajmi hisoblanadi. Mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmini hisoblash modeli quyidagicha: bu erda RR pl - ko‘rib chiqilayotgan davrda (oy) mahsulot sotishning rejalashtirilgan hajmi; ZGP n - rejalashtirish davri boshidagi tayyor mahsulot zahiralarining yig‘indisi; GWP p - ko‘rib chiqilayotgan rejalashtirish davridagi tayyor mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi; ZGP k - ko‘rib chiqilayotgan davr oxiridagi tayyor mahsulot zahiralari yig‘indisi. Mahsulotlarni sotishning rejalashtirilgan hajmi naqd pulga sotish kontekstida va mavjud biznes amaliyotini hisobga olgan holda tijorat krediti berish bilan farqlanadi. Подробнее: https://skinfoodrussia.ru/uz/kompanii/kolichestvo-denezhnyh-potokov-na-predpriyatii-vidy-denezhnyh-potokov.html


Download 290,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish