Nazorat savol va topshiriqlar
1.Moliyaviy xolat taxlilining maksadi nimadan iborat? Shuni tushuntiring
2. Moliyaviy barqarorlik deganda nima tushuniladi?Uning tahlilini tushuntiring
3. To‘lovga qodirlik deganda nima tushuniladi?Uning tahlilini bayon qiling
Mustaqil ish topshiriqlari
To‘lovga qodirlik koeffisiyenti qanday aniqlanadi?
a)To‘lov mablag‘larini qisqa muddatli to‘lov majburiyatlariga bo‘lish orqali
b) To‘lov mablag‘larini uzoq muddatli to‘lov majburiyatlariga bo‘lish orqali
v) Qisqa muddatli to‘lov majburiyatlarini To‘lov mablag‘lariga bo‘lish orqali
g) To‘lov mablag‘larini to‘lov majburiyatlariga bo‘lish orqali
8-Mavzu nomi: Korxonalarning asosiy vositalar bilan ta'minlanganligi tahlili.
Korxonalarda faoliyatni rivojlantirish uchun asosiy vositalar yetarli darajada
bo‘lish lozim.
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilganda,
korxona xodimlarining asosiy vositalarning faol qismi bilan qanday ta’minlanganligi
katta ahamiyatga ega. Chunki ishchilar qanchalik mehnat qurollari bilan yaxshi va
to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, shuncha mehnat unumdorligi yuqori bo‘ladi.
Xodimlarning fond bilan qurollanganlik darajasi (Fq) asosiy vositalarning faol qismi
summasining xodimlar soniga nisbati bilan topiladi va har bir xodimga qanchalik
asosiy vositalarning faol qismi summasi to‘g‘ri kelishini ifodalaydi.
AV faol qismi
Fq = ---------------------------:
Xodimlar soni
ozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarni boshqarish tizimi, xo‘jalik
yuritish mexanizmi tubdan o‘zgardi. Turli mulk shakliga asoslangan korxonalar
erkin raqobat sharoitida faoliyatlarini moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun
tahlil qilishlari lozim. Chunki rejali iqtisodiyotda boshqarishni asosiy masala
rejani bajarishga qaratiladi, bozorli iqtisodiyotda esa raqobatda yengib chiqish
uchun hamma e’tibor, foydani ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
Korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashda mavjud aylanma
mablag‘lardan samarali foydalanish katta ahamiyatga ega. Buning uchun ularni
doimo tahlil qilib turish lozim. Korxona aylanma mablag‘larini statistik
o‘rganganda ularning hajmini hisobot davrida qanday o‘zgarganligini, korxona
aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini, ulardan samarali foydalanish
darajalarini aniqlash lozim.
Aylanma mablag‘larni tahlil qilish uchun asosiy manba, korxona balansi
aktiv qismining II “Joriy aktivlar” bo‘limi hisoblanadi. Bu bo‘limda hisobot yili
boshiga va oxiriga quyidagi aylanma mablag‘lar qoldig‘i ko‘rsatiladi:
ishlab chiqarish zahiralari, chorva mollar, tugallanmagan ishlab
chiqarish, tayyor mahsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari, hisob-kitobdagi
debitorlardagi mablag‘lar.
Buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan tashqari, buxgalteriya hisoboti
boshqa
shakllari,
statistik
hisobot,
auditor
tekshiruvi
ma’lumotlari,
inventarizatsiya va boshqa ma’lumotlardan ham foydalanish zarur.
Korxona aylanma mablag‘larini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni aniqlab,
unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilib, xulosa va takliflar qilish lozim.
Bu takliflar amalda qo‘llansa korxonalar moliyaviy ahvoli mustahkamlanib, raqobatga bardoshli bo‘ladi.
Umuman aylanma mablag‘larni o‘rganganda qilishda, ularning holati,
aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganlikni, hamda aylanma mablag‘lardan
samarali foydalanganlikni o‘rganish lozim.
Aylanma mablag‘lar holatini quyidagi ko‘rsatkichlar ifodalaydi:
- aylanma mablag‘larning ma’lum sanaga umumiy summasi;
- aylanma mablag‘larning umumiy mablag‘lardagi hissasi;
- aylanma mablag‘lar tarkibida pul mablag‘lari hissasi;
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi zahiralar va harajatlar hissasi;
- aylanma mablag‘lar tarkibida debitorlik qarzlar hissasi.
Korxona aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligini:
- aylanma mablag‘lar belgilangan me’yorlarining haqiqiy miqdori
bilan ta’minlanganlik koeffitsienti;
- korxona asosiy vositalariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar;
- korxona xodimlariga to‘g‘ri keladigan aylanma mablag‘lar kabi
ko‘rsatkichlar ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik tezligi (kunlarda);
- aylanma mablag‘lar aylanuvchanlik koeffitsienti yoki har bir so‘m
aylanma mablag‘lar korxona faoliyati davomida necha marta aylanganligi;
- aylanma mablag‘lar rentabelligi;
- aylanma mablag‘lar daromadliligi;
- debitor qarzlarning aylanuvchanlik koeffitsienti;
- aylanma mablag‘lar tarkibidagi o‘z mabalag‘lar hissasi.
Korxona aylanma mablag‘lar tahlilida qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar
tizimi quyidagi sxemada berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |