O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


-Mavzu nomi: Mahsuloti ishlab chiqarish va davr xarajatlari



Download 290,57 Kb.
bet49/59
Sana20.04.2022
Hajmi290,57 Kb.
#567078
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
moliya

5-Mavzu nomi: Mahsuloti ishlab chiqarish va davr xarajatlari


tannarxining tahlili.

Mahsulot tannarxi korxona moliya xo‘jalik faoliyatini hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardir. Shu tufayli ishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish hamda tahlil qilish boshqaruv hisobi hamda moliyaviy va boshqaruv tahlili fanlarining muhim vazifalaridan biridir.


Bugungi kunda korxona faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri, foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.
Mahsulot tannarxi – shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir.
Bugungi kunda amalda bo‘lgan Nizomga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradigan moddalar sirasiga o‘zgarishlar kiritilgan. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini aniqlashdan maqsad:


  1. Buxgalteriya hisobi schyotida jami xarajatlar to‘g‘rida to‘liq va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish, korxona faoliyatini rentabelligi va Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida raqobatbardoshliligini aniqlash;

  2. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini aniq hisob-kitobini qilish;

  3. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlarni alohida tarkiblash va ularni moliyaviy natijaviylikka bog‘lash;

  4. Ishlab chiqarish xarajatlarini yuzaga chiqishi va javobgarlik markazlari bo‘yicha hisobga olish va nazorat qilish;

  5. Soliq to‘lanadigan bazani aniq hisob-kitobini yurtish va bu orqali ishlab chiqarish xarajatlari hamda korxona sarflarini boshqarishni tashkil etishdan iboratdir.
    Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining eng asosiy vazifalari bo‘lib quy idagilar hisoblanadi:




    • Ishlab chiqarish xarajatlarini o‘rganish va ularning holatiga baho berish;

    • Mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha belgilangan rejani bajarilishi va dinamikasini nazorat qilish;

    • Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementi va kalkulyatsion moddalari bo‘yicha o‘rganish va ularga baho berish;

    • Mehnat unumdorligi bilan ish haqi xarajatlari o‘rtasidagi nisbatni o‘rganish;

    • Tannarxning o‘zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan hisoblash;

    • Ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo‘yicha tahlil etish;

    • Tannarxni pasaytirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va hakozo.

“Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish haqida”gi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishning umumiyligi ta’minlangan. Buning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini rejalashtrish, tahlil etish va nazorat qilishga imkoniyat tug‘iladi.
Mazkur Nizom buxgalteriya hisobi maqsadlarida va soliqqa tortish maqsadlarida xarajatlarni hisoblash tartiblaridagi farqlanishlarini hisobga olib ishlab chiqilgan. Boshqaruv hisobi va boshqaruv tahlilining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatga bardoshligini aniqlashdir.
Nizomda buxgalteriya hisobi bo‘yicha foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi tafovutlarga izoh berilgan.
Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya hisobidagi foydadan farq qilishining sababi shundaki, davlat soliq siyosatiga muvofiq amaldagi soliq qonunchiligi bo‘yicha korxona xarajatlarining bir qismi soliqqa tortiladigan bazaga kirmaydi. Nizomda moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari va xarajatlarni guruhlash berilgan. Birinchi ilovada korxona hisobot davridagi balans foydasini hisoblashda chegiriladigan, lekin xo‘jalik sub’ektining soliqqa tortiladigan bazasiga qo‘shiladigan xarajat moddalari berilgan. Ikkinchi ilovada xarajatlar amalga oshirilishi paytida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, lekin keyingi davrlarda chegiriladigan xarajatlar ro‘yxati berilgan (vaqt bo‘yicha farqlanishlar).
Uchinchi ilovada foydasi emas, daromadi soliqqa tortilayotgan korxonalar uchun qo‘shimcha chegirilmaydigan xarajatlar ro‘yxati berilgan.
Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulotlari tannarxini tahlil qilishda boshqaruv tahlilining asosiy axborot manbalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Xo‘jalik sub’ektlarining biznes reja ma’lumotlari;

  • 5-S “Korxona sarf-xarajatlari to‘g‘risida”gi hisoboti ma’lumotlari;

  • 1-T “Mehnat hisoboti” ma’lumotlari;

  • Buxgalteriya hisobining ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib boruvchi schyot ma’lumotlari va boshqa turdagi qo‘shimcha ma’lumotlari

Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-tashqaridan sotib olinadigan ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan Yoki mahsulot Tayyorlashda (ish bajarishda, xizmat ko‘rsatishda) zarur komponent hisoblanadigan xom-ashyo va materiallar;
-mahsulotni o‘rash hamda boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun ehtiYot qismlar, moslamalar va boshqa mehnat buyumlari;
-texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan chetdan sotib olingan yoqilg‘ining hamma turlari;
-korxonaning texnologik, tarnsport va boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, xo‘jalik zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya;
-tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va buzilishlaridan yo‘qotishlar;
Ishlab chiqarishdagi mehnatga haq to‘lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi:
-korxonada qabo‘l qilingan mehnatga haq to‘lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay haqlari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida haqiqiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi hisoblangan ish haqi;
-natura shaklida haq to‘lash tartibi bo‘yicha beriladigan mahsulot qiymati;
-amaldagi tartiblarga ko‘ra rag‘batlantiruvchi to‘lovlar, jumladan, ishlab chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni qo‘shgan holda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb mahorati uchun qo‘shimcha ustama to‘lovlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun (shu xo‘jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlanishlar, mukofotlar, kasb mahorati uchun ta’rif stakalar va okladlarga nisbatan) ustama to‘lovlar, harakatdagi qonunchilikka muvofiq ko‘p yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan taqdirlashlar;
-ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog‘liq tovon to‘lovlari, jumladan, tungi ish vaqti, ish vaqtidan so‘nggi ish uchun to‘lovlar.
Amaldagi Nizomga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning barcha xarajatlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:


  1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan xarajatlar;
    A) Ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shilmaydigan xarajatlar, ammo, davr xarajatlariga qo‘shiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan ko‘rilgan foydani aniqlash uchun);

  1. Korxonaning umumxo‘jalik faoliyatidan ko‘rgan foyda yoki zararini aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari.

  2. Favqulodda zarar (soliq to‘lashga qadar aniqlanadigan foydani hisoblashda ishtirok etadigan).

Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlari va kalkulyatsion moddalari bo‘yicha o‘rganish quyidagicha farqlanadi, ya’ni, bo‘limlar va korxona bo‘yicha jami xarajatlar faqat iqtisodiy elementlari bo‘yicha o‘rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi bo‘yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyatsiya moddalari asosida ko‘rib chiqiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o‘zgarishi va uning tarkibi bo‘yicha o‘zgarishlari mutloq va nisbiy jihatdan o‘rganiladi. Nisbiy jihatdan o‘rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog‘iga baho beriladi. Iste’mol fondi xarajatlari deganda korxonada band bo‘lgan xodimlar va ular nomidan to‘lanadigan xarajatlar tushuniladi. Bunga, mehnat haqi sifatida hisoblanadigan va to‘lanadigan xarajatlar, to‘lovlar, rag‘batlantirishlar kiritiladi. Xodimlar nomidan to‘lanadigan to‘lovlar tarkibiga ularning ishga qatnashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, kiyim-kechaklar, kommunal xizmat va uy-joy uchun to‘lovlar, ularni o‘qitish bilan bog‘liq va boshqa shu kabi to‘lovlar kiritiladi.


Mehnat haqi – bu jamiyat ko‘lamida Milliy daromadning ishchilar va xizmatchilar o‘rtasida ular mehnatini miqdori va sifatiga muvofiq taqsimlanadigan hamda shaxsiy iste’moli maqsadlari uchun foydalaniladigan qismidir. Korxona mehnatga haq to‘lashdan mehnat unumdorligini oshirishni, fan texnika taraqqiyotini jadallashtirishni, mahsulot sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni eng muhim vositasi sifatida foydalaniladi. Ish haqini tashkil etish va ularni shakllantirishdan asosiy maqsad barcha xodimlarni ish haqi yakka va kollektiv mehnat natijalariga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishiga erishishdan, mahnatga haq to‘lashga tekischilik elementlarini bartaraf etishdan iborat.
Korxonada mehnat haqi xarajatlarini tahlil etishda mehnat haqi fondining reja va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishi va o‘zgarish sabablariga, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mehnat haqi fondi hamda uning o‘zgarishiga baho beriladi. Mehnat haqi fondining shakllanishi va uning berilishi davlat tashkilotlari tomonidan tartibga solib turiladi va nazorat qilinadi. Bu bevosita kredit tashkiloti hisoblangan bank tizimi va uning bo‘limlari bo‘lishi mumkin. Mehnat haqi fondining hisoblanishi va berilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan har yili qayta tuziladigan uslubiy yo‘riqnoma bu boradagi me’yoriy hujjat sifatida olinadi.
Bugungi kunda korxonalarda xodimlarning ish haqini tahlil etishning asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

    1. Bazis davri va rejadagi ish haqi fondining realligini baholash;

    2. Ish haqi fondining mutloq va nisbiy farqlarini aniqlash;

    3. Ish haqi fondiga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatidan o‘lchash;

    4. Ish haqi fondi tarkibidagi unumsiz xarajatlarni hisoblash.



Download 290,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish