c)Rivojlantiruvchi: talabalar egallagan bilim,ko’nikma,malakalarni rivojlantirish
Darsdan kutilayotgan natijalar-mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.Mavzu yuzasidan tushunchalarga ega bo’ladilar
2.Mavzu yuzasidan beriladigan topshiriqlarni bajara oladilar
3.Olingan bilimlarni amalda qo’llay oladilar
Ta’lim metodlari : aqliy hujum, blits savollar, BBB
Baholash metodlari: Individual, guruh bo’lib
Axborot manbalari va texnik vositalar : TM MM, darslik, proektor,texnologik xarita, texnalogik model
Dars turi: nazariy, amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 daqiqa
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish
O’qituvchi:___________I.Boyjigitova
Nazariy (Amaliy) darsning texnologik xaritasi
T/N
|
Mashg’ulot
bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim
metodlari
|
Ta’lim
vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Darsga tayyorgarlik ko’rish,
O’quvchilarni yo’qlama qilish, kerakli tarqatmalarni tarqatish
|
An’anaviy
|
Doska,
Bo’r
Tarqatma
materiallar
|
2
|
Kirish qismi
(Motivatsiya)
|
25
|
Mavzu va uning rejasi, mavzuni o’tishdan kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish
|
Aqliy
hujum
|
Maruza
matni
|
3
|
Yangi mavzu
bayoni
|
30
|
Mashg’ulot mavzusining bayonini keltirish
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
4
|
Mustahkamlash
(Qo’llash)
|
15
|
Mavzu haqida topshiriqlarni
mustahkamlash
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
5
|
Yakuniy qism
|
5
|
Uyga vazifa berish.Baholarni e’lon qilish va izohlash
|
An’anaviy
|
Doska
Darslik
|
O’qituvchi:____________ I.Boyjigitova
4. 1. Gazsimon yonilg‘ilar
Respublikamiz katta miqdordagi gazsimon yonilg‘ilar zaxirasiga
ega. Undan foydalanish sanoatdagina emas, balki avtomobil
transportida ham yildan yilga ortib bormoqda.
Gaz yonilg‘ilar suyuq yonilg‘ilarga nisbatan qator afzalliklarga
ega. Shuning uchun ular istiqbolli va avtomobil dvigatellarida keng
ko‘lamda qo‘llash uchun maqbul yonilg‘i hisoblanadi. Ko‘pgina
hollarda ular mahalliy yonilg‘i turlari bo‘lib, suyuq yonilg‘ilarga
nisbatan ancha arzon.
Uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda yonuvchi gazlarni
qo‘llash aralashma hosil qilish jarayonining, shuningdek, ishlatish
sharoitlarida aralashmaning silindrlar bo‘ylab taqsimlanishini yaxshilaydi
va yengillashtiradi, chunki gazlar havo bilan turli nisbatlarda
ancha oson aralashadi. Ko‘pgina gazlar suyuq yonilg‘ilarga nisbatan
alanga tarqalishining ancha keng konsentratsion diapazoniga
ega, ya’ni ular aralashmada havo miqdori ancha ortiq bo‘lganida
ham tez va to‘liq yonadi.
85
Bularning barchasi yonuvchi aralashma olish uchun qo‘llaniladigan
moslamani soddalashtirishga hamda unda yonilg‘i va havoning
atmosferaga zaharli moddalar kam miqdorda chiqariladigan nisbatlaridan
foydalanishga imkoniyat yaratadi. Gazsimon yonilg‘ilardan
foydalanilganida dvigatelning sovuq holda ishga tushirish va qizdirilgan
holatda ishlashidagi yonilg‘ining bug‘lanishi bilan bog‘liq
bo‘lgan qiyinchiliklar bo‘lmaydi, atrof muhit harorati yuqori
bo‘lganida, ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘lish hollari
o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Gazsimon yonilg‘ilar benzinlarga nisbatan
antidetonatsion xususiyatlarga ega, bu esa dvigatelning siqish darajasini
ko‘tarishga va yonilg‘i tejamkorligini oshirishga imkon
beradi. Shu bilan birga, gazsimon yonilg‘ilar yana bir qator afzalliklarga
ega:
– keng tarqalgan, arzon, uning katta zaxiralari mavjud;
– yonganida qora kuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil
bo‘lmaydi, yonish mahsulotlari tarkibida atrof muhit uchun zararli
moddalar yo‘q;
– iste’molchi manbalarga quvurlar orqali oson uzatiladi va markazlashgan
holda saqlanadi;
– gazsimon yonilg‘idan foydalanilganida motor moyining
eskirish jarayoni sekinlashadi va almashtirish muddati suyuq
yonilg‘ilardan foydalanilganiga nisbatan 2–4 barobar uzayadi. Buning
asosiy sababi, gazsimon yonilg‘i ishlatilganida silindr devorida
yonilg‘i bug‘lari kondensatsiyalanmaydi, bu, o‘z navbatida,
motor moyining chala yoki yonmagan yonilg‘i bilan suyulishining
oldini oladi;
– dvigatelning ta’mirlashgacha ish muddati ham 1,5–2 barobar
oshadi, chunki bunda suyuq yonilg‘ilar kabi yonmay qolgan
yonilg‘i silindr-porshen guruhi hamda yonish kamerasi devorlarida
qurum va boshqa cho‘kindilar miqdori nisbatan kam bo‘lib, silindrporshen
guruhining yeyilishini kamaytiradi;
– siqilgan yoki suyultirilgan holda ham ishlatiladi;
– detonatsiyaga qarshi turg‘un.
4. 2. Suyultirilgan uglevodorod gazi
Atmosfera bosimi va harorat noldan yuqori bo‘lganida, suyultirilgan
uglevodorod gazi gaz holatida bo‘ladi. Bosim biroz oshganida
(1,6 MPa dan ko‘p emas), u oson bug‘lanadigan suyuqlikka
aylanadi. Suyultirilgan gaz, asosan, propan (80 toiz atrofida) va
butan (20 foiz atrofida) gazlari aralashmasidan iborat bo‘ladi. Bundan
tashqari, unda, oz miqdorda bo‘lsa ham, etan, pentan, propilen,
butilen va etilen gazlari bo‘ladi. Suyultirilgan gazlarning yonish issiqligi
44800–47000 kJ/kg ni tashkil etadi. Zichligi taxminan 0,524
g/sm3 (20°C haroratda) bo‘lgan suyultirilgan gaz yonganida chiqadigan
hajmiy issiqlik 24000 kJ/m3 dan ortib ketadi. Bu ko‘rsatkichni
benzinga solishtirib ko‘rib, shuni aytish mumkinki, suyultirilgan
gaz yonilg‘i sifatida benzinning o‘rnini to‘liq bosa oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |