O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Axborot manbalari va texnik vositalar



Download 0,64 Mb.
bet31/96
Sana10.02.2022
Hajmi0,64 Mb.
#440441
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96
Bog'liq
Iroda Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Axborot manbalari va texnik vositalar : TM MM, darslik, proektor,texnologik xarita, texnalogik model
Dars turi: nazariy, amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 daqiqa
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish

O’qituvchi:___________I.Boyjigitova


Nazariy (Amaliy) darsning texnologik xaritasi


T/N

Mashg’ulot
bosqichlari

Ajratilgan vaqt

Mashg’ulot mazmuni

Ta’lim
metodlari

Ta’lim
vositalari

1

Tashkiliy qism

5

Darsga tayyorgarlik ko’rish,
O’quvchilarni yo’qlama qilish, kerakli tarqatmalarni tarqatish

An’anaviy

Doska,
Bo’r
Tarqatma
materiallar

2

Kirish qismi
(Motivatsiya)

25

Mavzu va uning rejasi, mavzuni o’tishdan kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish

Aqliy
hujum

Maruza
matni

3

Yangi mavzu
bayoni

30

Mashg’ulot mavzusining bayonini keltirish

Savol-
javob

Maruza
matni

4

Mustahkamlash
(Qo’llash)

15

Mavzu haqida topshiriqlarni
mustahkamlash

Savol-
javob

Maruza
matni

5

Yakuniy qism

5

Uyga vazifa berish.Baholarni e’lon qilish va izohlash

An’anaviy

Doska
Darslik

O’qituvchi:____________ I.Boyjigitova




III BOB. AVTOMOBIL DIZEL YONILG‘ILARI
3. 1. Dizel yonilg‘isiga qo‘yiladigan asosiy
ekspluatatsion talablar
Dizel yonilg‘isi benzinga nisbatan bir qator afzalliklarga ega
bo‘lganligi, ya’ni tejamliroq, yonilg‘i sifatida neftning ancha keng
va og‘irroq fraksiyalarini ishlatish mumkinligi, yong‘in chiqish
xavfi kamligi, dvigatelni yurgazish osonligi, ishonchli va uzoqroq
ishlay olishi tufayli keng tarqalgan. Dizel dvigatellari, asosan, og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobillarga o‘rnatiladi. Bu dvigatellarda
yonilg‘i sifatida dizel yonilg‘isidan foydalaniladi.
Dizel yonilg‘isi – qaynash harorati 200–350°C bo‘lgan uglevodoroddan
tashkil topgan neft fraksiyasidan iborat. Dizel
yonilg‘isi rangi sariqdan och jigarrangacha bo‘lgan suyuqlik (bu
rangni yonilg‘i tarkibidagi smola beradi) bo‘lib, qovushoqligi
benzinnikiga nisbatan yuqori va qiyin bug‘lanadigan yonuvchi
suyuqlikdir. Ularning tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 87 foiz
uglerod, 13 foiz vodorod, 0,5 foizgacha oltingugurt, juda oz
miqdorda kislorod va azot bor. Dizel yonilg‘isining zichligi benzinning
zichligi kabi suvning zichligidan kichik (0,78–0,86 g/sm3) va
suvda erimaydi. Dizel yonilg‘isi benzin bilan ishlaydigan dvigatelli
avtomobillarga nisbatan 25–30 foiz tejamli bo‘lgan dizel dvigatellarida
ishlatiladi. Dizel yonilg‘ilari yonganida (yonish jarayonida)
o‘rtacha 42,5 mJ/kg issiqlik ajralib chiqadi.
Dvigatelning ishonchli ishlashi va, shu bilan birga, ularga texnik
xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarining miqdori bevosita
yonilg‘i sifatiga bog‘liq.
Yonilg‘i xususiyatlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish dizel
dvigatellarining samaradorligi va avtotransport korxonalarining
rentabelligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir.
Dizel yonilg‘isi markalari bir-biridan zichligi va sirt taranglik
kuchi (25–30 mN/m) bo‘yicha kamroq, qovushoqligi va boshqa xususiyatlari
bo‘yicha esa juda katta farq qilishi mumkin.
Dizel dvigatellarida yonilg‘i to‘la va sifatli yonishi uchun ular
quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak:
– yuqori bosimli nasos uzluksiz va puxta ishlashi uchun yonilg‘i
yaxshi so‘rilishi va haydalishi (optimal qovushoqlikka, zarur past
harorat xossalariga ega bo‘lishi, tarkibida suv hamda mexanik aralashmalar
bo‘lmasligi) lozim;
– mayin to‘ziydigan va yaxshi aralashma hosil qiladigan bo‘lishi,
buning uchun esa qovushoqligi va fraksion tarkibi optimal
bo‘lishi zarur; – dvigatel oson yurgizib yuborilishi va «yumshoq» ishlashi
uchun tutun hosil qilmasdan batamom yonishi kerak (yonilg‘ining
setan soni, qovushoqligi va fraksion tarkibiga bog‘liq);
– klapanlarda, porshenlarda va porshen halqalarida ko‘p qurum
hosil bo‘lmasligi, ninalar osilib qolmasligi hamda forsunkalarning
to‘zitkichlari kokslanmasligi lozim (yonilg‘ining kimyoviy hamda
fraksion tarkibiga, tozalash usuli va darajasiga bog‘liq);
– sig‘imlarni, yonilg‘i quvurlarini, yonilg‘i berish tizimini va
dvigatel detallarini korroziyalamasligi kerak (oltingugurtli birikmalar,
organik hamda mineral kislotalar, suv miqdoriga bog‘liq);
– barqaror yonishi hamda yonganida mumkin qadar ko‘p issiqlik
chiqarishi (uzoq muddat saqlanganida xossalarni o‘zgartirmasligi)
zarur. 3. 2. Dizel yonilg‘isining qovushoqligi
Benzinli dvigatellar uchun benzinning qovushoqligi ahamiyatga
ega emas, chunki uning qovushoqligi suvnikidan ham kichik. Dizel
dvigatelida esa yonilg‘ining qovushoqligi katta ahamiyatga ega:
uning kamayishi ham, oshishi ham dvigatelning yomon ishlashiga
olib keladi. Qovushoqlik tashqi kuch ta’sirida suyuqlik zarralari
harakatlanganida bir-biriga ko‘rsatadigan qarshilikdir.
Dizel yonilg‘isining qovushoqligini belgilovchi ko‘rsatkich kinematik
qovushoqlik deyiladi. Yonilg‘ining yonish kamerasida
to‘zitilish sifati kinematik qovushoqlikka bog‘liq. Yonilg‘ining
qovushoqligi juda katta bo‘lsa, u mayin to‘zimaydi, bug‘lanishga
ko‘p vaqt kerak bo‘ladi, oqibatda yonilg‘i chala yonadi (yonib
ulgurmaydi), uning sarfi ortadi, qurum hosil bo‘lishi ko‘payadi,
chiqindi gaz qorayib chiqadi, tutay boshlaydi. Yonilg‘ining qovushoqligi
kichik bo‘lsa, yonilg‘i nasosining detallariga yonilg‘i
yaxshi surkalmaydi, buning oqibatida nasosning plunjerli juftlari
tez yeyiladi
3. 3. Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi deganda, yonilg‘i aralashmasining
olov yoki qizigan jism ta’sirisiz alanga oldiradigan
kimyoviy reaksiyaning o‘z-o‘zidan jadallashishi tushuniladi.
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanish tizimida reaksiya aktiv
oraliq mahsulotlarining to‘planishi yoki yuqori harorat ta’siri natijasida
sodir bo‘lishi mumkin.
Siqilgan issiq havoga purkalgan suyuq yonilg‘ining o‘z-o‘zidan
alangalanishi dizellardagi yonish jarayonining dastlabki bosqichi
uchun xos hodisadir.
O‘z-o‘zidan alangalanish issiqlik ajralish va chala oksidlanishning
oraliq mahsullari (aldegidlar, spirtlar va hokazo) hosil bo‘lishi
bilan kechuvchi alanga oldidagi zanjirli reaksiyalar rivojlanishining
yakuniy natijasidir.
Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi dizel dvigatelining bir
qator ko‘rsatkichlariga, birinchi navbatda, dvigatelni oson yurgazib
yuborish (bunda dvigatel yumshoq va barqaror ishlaydi) va dvigatellarning
qattiq (taqillab) ishlashiga, sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Alangalanishning kechikish davri ortganida, dizel dvigateli taqillab
ishlaydi.
Setan soni. Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishini
aniqlash benzinning detonatsiyaga qarshiligini aniqlash kabi amalga
oshiriladi. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida setan soni qabul
qilingan bo‘lib, u setanning alfametilnaftalinli aralashmadagi foiz
hisobidagi miqdoriga teng. Etalon aralashmaning o‘z-o‘zidan alangalanishi
standart dvigatelda tekshirilayotgan yonilg‘ining alangalanishi
bilan bir xil bo‘lishi kerak.
3. 4. Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishini

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish