O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 0,64 Mb.
bet28/96
Sana10.02.2022
Hajmi0,64 Mb.
#440441
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96
Bog'liq
Iroda Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

va suvning miqdori
Davlat standartining texnik talablariga binoan, benzinlar va dizel
yonilg‘ilari tarkibida mexanik aralashmalar bo‘lmasligi lozim. Lekin
saqlash, tashish, qabul qilib olish va tarqatish vaqtida yonilg‘i
chang hamda qum bilan ifloslanadi. Hatto tashqi ko‘rinishi toza
bo‘lgan yonilg‘ilarda ham ma’lum miqdorda aralashmalar bo‘ladi.
Bu begona aralashmalar smolali va koks hosil qiluvchi moddalar bilan
yuqori haroratli qurumlarning ko‘payishiga olib keladi. Bundan
tashqari, dvigatelga tushuvchi chang uning yeyilishini tezlashtiradi.
Qum, chang, zang va boshqa qattiq zarralar karburatorlarning
jiklorlarini, forsunkalarning to‘zitkichlari va ta’minlash tizimining
boshqa detallari ifloslanishiga olib keladi. Shuningdek, dvigatel
detallarini va yonilg‘i uzatuvchi apparatlar elementlarining yuqori
darajadagi abraziv yeyilishiga sabab bo‘ladi. Yonish kamerasiga ifloslangan benzin quyilganida mexanik aralashmalar
porshen halqalari bilan silindr gilzasi orasidagi tirqishga
kirib, ularning tez yeyilishiga sabab bo‘ladi, natijada dvigatelning
quvvati pasayadi, tejamkorligi yomonlashadi, muddatidan oldin
ta’mirlash zarurati tug‘iladi.
Dvigatellarda ishlatiladigan barcha yonilg‘ilar tarkibida suv
bo‘lishiga ruxsat etilmaydi.
2. 11. Benzinlarning turlari va markalari
Benzinli dvigatellar o‘rnatilgan avtomobillar uchun davlat standartlari
(DS 2084–77)ga asosan A–72, A–76, АИ–93 va АИ–98
markali benzinlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, maxsus texnik
shartlar asosida АИ–95 «Ekstra» benzini ishlab chiqariladi.
A–72 va АИ–95 «Ekstra» benzinlari etillanmagan, qolgan markadagi
benzinlar etillangan va etillanmagan holda ishlab chiqariladi.
Benzin markasidagi A harfi benzin avtomobil benzini ekanligini, И
harfi oktan soni tadqiqot usuli bilan aniqlanganligini, raqamlar esa
minimal oktan sonini bildiradi. Agar benzinning shartli ifodasida
И harfi bo‘lmasa, bunday benzinning oktan soni motor usuli bilan
aniqlangan bo‘ladi.
Dvigatellarni qishda yurgazib yuborishni ta’minlash va yozda
bug‘ tiqinlari hosil bo‘lmasligi uchun АИ–98, АИ–95 «Ekstra»
benzinlaridan tashqari barcha boshqa markadagi benzinlarning
ikki: yozgi va qishki turlari ishlab chiqariladi. Avtomobillardan
foydalanish davrida qishki benzindan yozgi benzinga yoki yozgisidan
qishkisiga bir oy ichida o‘tiladi (aprel, oktabr). Yozgi benzinlar shimoliy va shimoli-sharqiy hududlardan tashqari
hamma hududlarda 1- apreldan 1- oktabrgacha, janubiy hududlarda
butun yil davomida ishlatiladi; qishki benzinlar esa shimoliy
va shimoli-sharqiy hududlarda butun yil davomida, boshqa hududlarda
esa 1- oktabrdan 1- aprelgacha ishlatiladi.
A–76 benzini ko‘pgina zamonaviy avtomobillar va siqish darajasi
6,5–7,0 bo‘lgan dvigatelli avtobuslar (УАЗ–452, EpA3–
762B, ГАЗ–53А, ГАЗ–53–12, ГАЗ–66, ЗИЛ–130, ЗИЛ–131,
ЗИЛ–133ГГ1, ЗИЛ–ММЗ–554М, ЗИЛ–ММЗ–555, «Урал»–377,
ПАЗ–672, ЛАЗ–695Н, ЛАЗ–699Р)da, shuningdek, dvigatelining
siqish darajasi 6,7 dan 8,0 gacha bo‘lgan ayrim yengil avtomobillar
(«Москвич»–2138, ГАЗ–24–01 «Волга», УАЗ–469)da ishlatiladi.
АИ–92 benzini «Neksiya» va «Lasetti» rusumidagi avtomobillarda
ishlatiladi. «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda
ishlab chiqarilayotgan «Chevrolet»ning «Kapriva», «Epika» va
«Takuma» markalari uchun АИ–95 benzini tavsiya etiladi.
АИ–93 benzini siqish darajasi 8,0 dan ortiq bo‘lgan yengil
avtomobillar («Москвич»–412ИЕ, «Москвич»–2140, ГАЗ–3102
«Волга», «Жигули» (barcha modellari), shuningdek, yuk avtomobillari
(«Урал»–375ДМ va ИЖ–2715) uchun mo‘ljallangan.
Benzinlarning qishki markalari fraksion tarkibining ancha
yengilligi va to‘yingan bug‘larning bosimi ancha yuqoriligi bilan
farq qiladi. Buning natijasida dvigatel yengil yurgiziladi, avtomobillarni
qishki va qish davrida qizdirish va ishlatish osonlashadi.
Foydalaniladigan benzinning markasi ushbu tipdagi dvigatel
uchun zavod chiqargan instruksiyaga mos kelishi kerak. Siqish
darajasi uncha yuqori bo‘lmagan dvigatellarda yuqori oktanli
benzinlardan foydalanilganida ularni ishlatish narxi qimmatlashadi
va har xil texnik nuqsonlar paydo bo‘ladi: dvigatel qizib
ketadi, klapanlar kuyadi, dvigatel quvvati kamayadi, benzin sarfi
ortadi va hokazo.
2. 12. Suvli benzin emulsiyalarini ishlatish
So‘nggi yillarda benzinni tejash va kam oktanli benzinlardan
oqilona foydalanish maqsadida benzin komponenti sifatida suvdan
foydalanish maqsadida izlanishlar olib borilmoqda.
Suvning ichki yonuv dvigatellaridagi yonish jarayoniga ta’sir
etish mexanizmi to‘la o‘rganilmagan. Ammo yonilg‘i komponenti
sifatida suv qo‘shilishi natijasida quyidagi antidetonatsion samaradorlikka
erishish mumkin: ishchi aralashma zaryadini sovitish;
yonish kamerasi detallarini sovitish; suv bug‘ining yonish jarayonini
sozlovchi inert muhit sifatida ta’sir etishi.
Suv benzinga silindrlar ichiga yoki dvigatelning kiritish tizimiga
purkash yo‘li bilan aralashtirilishi mumkin. Shuningdek, benzin-
suv emulsiyasi sifatida ham foydalanish mumkin. Bunda suvning
antidetonatsion samaradorligi uni yonilg‘iga aralashtirish
usuliga bog‘liq emas.
Suvli benzin emulsiyalarini tayyorlashning bir qancha usullari
tavsiya etilgan. Bulardan biri uni avtomobilning o‘zida dvigatelining
kiritish tizimiga ma’lum miqdorda suvga ammoniy oleatini qo‘shib
purkashdir. Yuqori turg‘unlikka ega bo‘lgan emulsiyalar hosil qilish
uchun unga murakkab kompozitsiyali aktiv sirtga ega bo‘lgan moddalar
qo‘shiladi. Ammo bunda emulsiya hosil qilish uchun suvga
nisbatan 3 marta ko‘proq modda qo‘shish kerak bo‘ladi.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish