Baholash metodlari: Individual, guruh bo’lib
Axborot manbalari va texnik vositalar : TM MM, darslik, proektor,texnologik xarita, texnalogik model
Dars turi: nazariy, amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 daqiqa
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish
O’qituvchi:___________I.Boyjigitova
Nazariy (Amaliy) darsning texnologik xaritasi
T/N
|
Mashg’ulot
bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim
metodlari
|
Ta’lim
vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Darsga tayyorgarlik ko’rish,
O’quvchilarni yo’qlama qilish, kerakli tarqatmalarni tarqatish
|
An’anaviy
|
Doska,
Bo’r
Tarqatma
materiallar
|
2
|
Kirish qismi
(Motivatsiya)
|
25
|
Mavzu va uning rejasi, mavzuni o’tishdan kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish
|
Aqliy
hujum
|
Maruza
matni
|
3
|
Yangi mavzu
bayoni
|
30
|
Mashg’ulot mavzusining bayonini keltirish
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
4
|
Mustahkamlash
(Qo’llash)
|
15
|
Mavzu haqida topshiriqlarni
mustahkamlash
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
5
|
Yakuniy qism
|
5
|
Uyga vazifa berish.Baholarni e’lon qilish va izohlash
|
An’anaviy
|
Doska
Darslik
|
O’qituvchi:____________ I.Boyjigitova
Yonilg‘ining korroziyalash xususiyati faqatgina uni dvigatelda
ishlatishni baholash uchungina zarur bo‘lib qolmay, balki saqlash,
tashish, uzatish jarayonlari uchun ham ahamiyatlidir.
Benzinlarning metallarga korrozion ta’siri boshqa neft mahsulotlari
kabi minimal bo‘lishi lozim. Yonilg‘i tarkibida kislotalar,
ishqorlar, oltingugurt va oltingugurtli birikmalarning bo‘lishi
metallarning korrozion yeyilishiga sabab bo‘ladi. Benzinning
metallarga korrozion ta’sirini yonilg‘i tarkibidagi korroziyalovchi
birikmalarning korroziyalashdagi o‘rni nuqtayi nazaridan ko‘rib
chiqamiz.
Suvda eriydigan kislota va ishqorlar. Mineral kislotalar va
boshqa suvda eriydigan birikmalar qora va rangli metallarga nisbatan
kuchli korrozion ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ularning
yonilg‘i tarkibida bo‘lishiga ruxsat etilmaydi. Ishqorlar esa rangli
metallarga kuchli korrozion ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun
yonilg‘i tarkibida ishqorlarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Suvda eruvchi kislotalar va ishqorlar metallarga kuchli korrozion
ta’sir etadi. Shuning uchun ham yonilg‘i tarkibida ularning
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning miqdorini davlat standarti
(DS 6307–75) asosida aniqlanadi. Buning uchun o‘rtasidan ikki
bo‘lakka bo‘lingan voronkaga 50 ml tekshirilayotgan yonilg‘i quyiladi,
yarmiga esa distillangan suv quyiladi va ular aralashtiriladi.
Keyin indikatorlar (metiloranj kislotalar uchun; fenolftalein ishqorlar
uchun) ta’sir ettirilib, aralashmada suvda eruvchi kislota va ishqor
bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Agar ularning mavjudligi aniqlansa,
bu yonilg‘i dvigatelda ishlatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |