Yonilg‘ining zichligi deganda, hajm
2. 2- rasm. Pinkevich
viskozimetri.
birligiga to‘g‘ri keladigan yonilg‘i massasi
tushuniladi. Avtomobil benzinlarining
zichligi 690–810 kg/m3 oralig‘ida bo‘ladi.
Yonilg‘i zachligi haroratning o‘zgarishi
ta’sirida kam o‘zgaradi. Havo harorati har
10° ga pasayganida, yonilg‘ining zichligi
faqat 1 foizga ortadi (2. 2- rasm).
Yonilg‘ining qovushoqligi (yopishqoqlik,
ichki ishqalanish) suyuqliklarning
ular oqimini yuzaga keltiruvchi tashqi
kuchlar ta’siriga qarshiligini ifodalovchi
xossadir. Qovushoqlik, asosan, harorat va
yonilg‘i tarkibiga bog‘liq. Yonilg‘ining
qovushoqligiga ko‘ra absolut (dinamik
va kinematik) va shartli qovushoqlik tushunchalari
ishlatiladi. Yonilg‘ining qovushoqligi
maxsus asboblar – viskozimetrlar
yordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |