sirt taranglik kuchi va issiqlik sig‘imi
Zamonaviy benzinli va tezyurar dizelli dvigatellar silindrlarida
yonilg‘ining yonishi juda jadal sur’atlarda kechadi (yonilg‘ining
yonishi uchun soniyaning mingdan bir ulushi miqdorida vaqt sarflanadi).
Yonilg‘ining bu darajada tez yonishi ta’minlanishi uchun
yonish jarayoni boshlanishidan oldin to‘la bug‘lanishi va, shu bilan
birga, yonilg‘i bug‘lari havo bilan ma’lum nisbatlarda (1 : 15 nisbatdagi
aralashma me’yoridagi aralashma hisoblanadi) yaxshi aralashishi
(ishchi aralashma hosil qilish jarayoni) lozim. Karburatorli
dvigatellarda ishchi aralashmadagi benzin miqdori ma’lum kesim
va shaklli teshigi bo‘lgan jiklorlar yordamida rostlanadi. Qalqovuchli
kameradan aralashtirish kamerasiga uzatiladigan benzin
miqdori benzinning qovushoqligiga va zichligiga bevosita bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |