O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Jizzax viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 0,64 Mb.
bet32/96
Sana10.02.2022
Hajmi0,64 Mb.
#440441
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96
Bog'liq
Iroda Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

oshirish uslublari
Qish mavsumlarida ishlatiladigan dizel yonilg‘ilari bug‘lanuvchanlik
va qovushoqlik xususiyatlari bo‘yicha amaldagi me’yorlarni
qoniqtirishi bilan birga, odatda, kichik (40 atrofida) setan soniga
ega bo‘ladi. Bunga ko‘ra, yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishini
yaxshilashning maxsus uslublarini qo‘llash zarurati paydo bo‘ladi.
Setan sonini oshirish ikki usulda amalga oshiriladi: yonilg‘iga
kimyoviy tarkiblar ta’siri va maxsus qo‘shilmalar qo‘shish yo‘li
bilan.
Setan sonini, yonilg‘iga tarkibida kislorod atomlari bo‘lgan
maxsus qo‘shilmalar qo‘shib, sezilarli darajada oshirish mumkin.
Bunday qo‘shilmalar sifatida organik peroksidlar, azot kislotasining
murakkab efirlari (etilnitrat, izoprapilnitrat) va boshqalardan
foydalaniladi. Bu qo‘shilmalar silindrga yonilg‘i bilan birgalikda
purkalib, ular kuchli oksidlovchi sifatida alangalanish oldi reaksiyalarini
paydo bo‘lishi va rivojlanishini tezlashtiradi, buning natijasida
butun alangalanish oldi jarayoni tezlashadi.
3. 5. Dizel yonilg‘isining xiralashish va qotish harorati
Havo haroratining pasayishi natijasida dvigatel ta’minlash
tizimining bak-yuqori bosimli nasos uchastkasida yonilg‘i uzatish
jarayoni buzilishi mumkin. Yonilg‘i uzatish tartibining buzilishi
va hatto butunlay to‘xtab qolishi yuqori haroratlarda eriydigan uglevodorodlarning,
birinchi navbatda, normal parafinlarning kristallanishi
tufayli vujudga keladi. Qattiq kristall fazalarning miqdori
ortadi. Parafin kristallari kattalashadi va kristall karkas hosil qiladi,
natijada yonilg‘i harakatlanish xususiyatini yo‘qotadi.
Kristallanuvchi uglevodorodlar karkaslarining hosil bo‘lishi
natijasida neft mahsulotlarining harakatlanuvchanlik xususiyatini
yo‘qotishi qotish deyiladi.
Qotish holati vujudga kelmagan taqdirda ham, yonilg‘i tarkibidagi
mavjud mayda kristallarning yonilg‘i filtrlariga o‘tirib qolishi
natijasida dvigatelga yonilg‘i yetkazib berilishi to‘xtab qoladi. Shu
sababli dizel yonilg‘ilari bo‘yicha standartlarda yonilg‘i tarkibidagi
uglevodorodlarning kristallana boshlanishini (xiralashish harorati)
va yonilg‘i harakatlanuvchanligining yo‘qolishini (qotish harorati)
tavsiflovchi ko‘rsatkichlar kiritilgan.

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish