Surkov moylari deganda, qaynash harorati 350°C dan yuqori
bo‘lgan uglevodorodlardan iborat neft fraksiyasi tushuniladi. Moylar
benzin va dizel yonilg‘isiga nisbatan yuqori qovushoqlikka
ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, sariqdan qoragacha rangda bo‘ladi.
Yonilg‘ilar singari suvdan yengil (20°C haroratdagi zichligi 870–
950 kg/m3) bo‘lib, suvda erimaydi.
Ishlatiladigan moylash materiallarining sifati va mos kelishi
avtomobilning uzoq vaqt ishonchli ishlashini ta’minlovchi omillardan
biridir. To‘g‘ri tanlangan yaxshi sifatli surkov moyi agregatlarning
eng noqulay sharoitlarda ham uzoq muddat ishlashini
ta’minlaydi.
Moylash materiallari suyuq (moylar) va mazsimon (plastik
moylar) turlarga bo‘linadi.
Olinish usuliga ko‘ra moylar quyidagi turlarga bo‘linadi:
107
– mineral moylar – tabiiy holdagi mineral uglevodorodlarni aralashtirish
yoki qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan moylar. Mineral
moylarning asosiy qismi (90 foizdan ortig‘i) neftni qayta ishlash
yo‘li bilan olinadi;
– neft moylari – neft xomashyolaridan olingan tozalangan moy.
Neft moylari olinish usuliga ko‘ra distillatli, qoldiq va aralash
bo‘lishi mumkin;
– sintetik moylar – sintezlash natijasida olingan moylar. Ishlab
chiqarish qimmatligi tufayli ular keng ko‘lamda ishlatilmaydi, eng
muhim ishqalanish uzellaridagina ishlatiladi;
– o‘simlik moylari – o‘simliklar urug‘ini qayta ishlash yo‘li
bilan olinadigan moylar. Texnikada kanakunjit, xantal va boshqa
o‘simlik moylari ishlatiladi;
– hayvonot moylari – hayvonot mahsulotlaridan olinadigan moylar.
O‘simlik va hayvonot mahsulotlaridan olinadigan organik moylarning moylash xususiyati yuqori bo‘lsa-da, ammo issiqlik ta’siriga
chidamliligi past. Shuning uchun ular neft moylariga qo‘shib ishlatiladi.
Organik moylar yuqori sifatli plastik moylar tayyorlashda ishlatiladi.
Plastik moylar mineral yoki organik moylarni quyultirish yo‘li
bilan olinadigan murakkab tarkibli mahsulotdir. Ulardan juda keng
foydalaniladi. Organik va mineral moylarning asosiy kamchiligi
ularni ishlatish mumkin bo‘lgan harorat chegaralari oralig‘ining
kichikligidir. Harorat –20°C dan past bo‘lganida ko‘p moylar qotib
qoladi, 150–200°C haroratlarda ishlatilganida esa tez bug‘lana
boshlaydi va oksidlanadi. Bu moylar yaramaydigan hollarda sintetik
moylardan foydalanish tavsiya etiladi.
Davlat standarti talablariga binoan, neft moylari ishlatilish sohasiga
ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
– motor moylari (benzinli, dezelli va gaz turbinali dvigatellar
uchun);
– transmission moylar (gidrouzatmalar, gidrodinamik va gidrohajmiy
uzatmalar uchun);
5. 1. 3. Moyning qotish harorati va uni pasaytirish usullari Moylash materiallari ma’lum bir haroratda o‘zining oquvchanlik
xususiyatini yo‘qotadi. Moyning oquvchanlik xususiyatini yo‘qotishi
sovuq ta’sirida moy tarkibidagi uglevodorod kristallarining
ajralishi oqibatida kristall karkas hosil bo‘lishi yoki sovuq ta’sirida
moy qovushoqligining katta qiymatga ega bo‘lishi natijasida amalga
oshadi. Neftdan olinadigan ko‘pchilik moylar o‘z oquvchanligini
bir paytda yuqoridagi sabablar tufayli yo‘qotadi. Barcha holatlarda
moy oquvchanligining yo‘qolish harorati dizel yonilg‘ilaridagi
kabi aniqlanadi va moyning qotish harorati deyiladi.
Tarkibidan qattiq fazalar ajralib chiqqan va oquvchanlik xususiyati
yo‘qolgan moylardan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Shuning
uchun har qanday moyga qotish haroratining yuqori qiymati chegarasi
bo‘yicha talablar qo‘yiladi.
Moylash materiallarini ishlab chiqarishda olinadigan mahsulotning
qotish haroratini pasaytirishga yo‘naltirilgan bir qator chora-
tadbirlar amalga oshiriladi. Bu tadbirlardan biri moy suyuqlanish
harorati nisbatan yuqori bo‘lgan uglevodorodlardan parafinsizlantirish
yo‘li bilan tozalanadi va tozalangan moy tarkibiga depressor
qo‘shilmalar (depressorlar) qo‘shilib, moyning qotish harorati sezilarli
darajada pasaytiriladi.
Qotish haroratining ekspluatatsion qiymati haqida aniq tasavvurga
ega bo‘lish lozim. Unga ko‘ra, moylarni saqlashda bajariladigan
ishlar, moylash tizimini moyni qizdirmasdan moy bilan to‘ldirish
imkoniyatlarini baholash mumkin.
5. 1. 4. Moylarning qovushoqlik xossalari