21- Mavzu. Аniq integralning xossalari va uni hisoblash. Аniq integralning xossalari va uni hisoblash: Аniq integralning tenglik va tengsizlik bilan ifodalanadigan xossalari. Oʻrta qiymat haqidagi teoremalar. Yuqori chegarasi oʻzgaruvchi boʻlgan aniq integral. N’yuton-Leybnits formulasi. Oʻzgaruvchini almashtirish va boʻlaklab integrallash usullari.
4-MODUL 24- Mavzu. Аniq integralning tatbiqlari Yuza va hajm: Yuza tushunchasining taʼrifi. Kvadratlanuvchi soha. Yuzaning additivligi. Yuzani dekart va qutb koordinatalar sistemasida hisoblash. Kaval’eri printsipi. Аylanma jism hajmlarini hisoblash formulalari.
25- Mavzu. Аniq integralning tatbiqlari Yoy uzunligi: Toʻgʻrilanuvchi yoy va uning uzunligi. Yoy uzunligini hisoblash formulalari. Yoy uzunligining differensiali. Аylanma sirt yuzasi: Аylanma sirt yuzasining taʼrifi va uning aniq integral yordamida ifodalanishi.
26- Mavzu. Аniq integralning tatbiqlari Аniq integralning fizikaga tatbiqlari: Oʻzgaruvchi kuchning bajargan ishi va uni aniq integral yordamida hisoblash. Yassi yoy va figuraning ogʻirlik markazlarining koordinatalarini, inertsiya momentini hisoblash formulalari.
III. Amaliy mashgʻulotlari buyicha koʻrsatma va tavsiyalar Amaliy mashgʻulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Fan boʻyicha rejalashtirilgan amaliy mashgʻulotlar davomida nazariy bilimlar mustahkamlanadi. Amaliy mashgʻulotlarda tatbiqlar keng qoʻllanilayotgan asosiy matematik usullarni oʻrgatishga e’tiborni kuchaytirish lozim. Ma’lum sababalarga koʻra ma’ruzaga kirmagan va murakkab boʻlgan tushunchalarni amaliy mashgʻulotlarda koʻrib oʻtish maqsadga muvofiqdir.
Amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi: