O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMLI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI
“Himoyaga tavsiya etaman”
Tarmoq markazi direktori
___________ Q.Q.Qurolov
2021 yil «____» _______
«ELEKTR ENERGETIKASI, ELEKTR MEXANIKASI VA ELEKTR TEXNOLOGIYALARI”
yo‘nalishi tinglovchisi
Nayzabayeva Qunduzning
“UCH FAZALI TRANSFORMATOR CHO’LG’AMLARINING ULANISH GURUHLARINI TAJRIBA YO’LI BILAN ANIQLASH”
mavzusidagi
BITIRUV ISHI
Ilmiy rahbar: dotsent Yunusov Baxtiyor Xodjiakbarovich
Uchquduq shahri-2021 y.
ANNOTATSIYA
1.Elektr mashinalari va yuritmalari o’quv fani
2. Fanning “Uch fazali transformator cho’lg’amlarining ulanish guruhlarini tajriba yo’li bilan aniqlash” mavzusining ishlanmasi ishlab chiqilgan.
3.Ishlab chiqilgan ishlanmada asosiy e’tibor “Uch fazali transformator cho’lg’amlarining ulanish guruhlarini tajriba yo’li bilan aniqlash” samaradorligiga qaratilgan.
4. Ishlanmada mavzu talabalarga tushunarli bo’ladi va keng yoritilib beriladi.
5. Fanni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalarning mavjud
Bitiruv malakaviy ishida “Uch fazali transformator cho’lg’amlarining ulanish guruhlarini tajriba yo’li bilan aniqlash” bo‘yicha bajarilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish , elektr ta’minoti texnik iqtisodiy ko‘rasatgichlari, transformatorlarning qurilmalari, transformatorlarning texnik iqtisodiy ko‘rsatgichlari qismlaridan iborat.
KIRISH
Insoniyat moddiy ishlab chiqarish madaniyatining rivojlanish
darajasi birinchi galda energiya manbaini hosil qilish va uni ishlatish bilan aniqlanadi. Buning ishlatilishi, keyingi I00 yil ichida esa, elektr quvvatidan foydalanish, sanoatning rivojlanishida texnik inqilobini keltirdi va sotsial munosabatlarda hal qiluvchi axamiyatga ega bo‘ldi. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarda elektr energiyasi kishi boshiga I0 kVt s. ga to‘g‘ri keladi. Bu esa 200 yil ilgari sanoatda asosiy ish kuchi hisoblangan insonning quvvatidan I00 marta ko‘pdir. O‘zbekiston hududida joylashgan elektr stansiyalarining umumiy quvvati 1913 yilda 3000 kVt bo‘lib, ularda 3,3 million kVt.s. elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun transformatorlar qo‘llaniladi. Sobiq Ittifoq elektromexaniklari uzoq masofalarga o‘ta katta elektr energetik quvvatlarni uzatish uchun mo‘ljallangan, kuchlanishi 1150 kV va 1500 kV bo‘lgan transformatorlar yaratdilar. Elektr stansiyalardagi turbogeneratorlar kuchlanishini oshiruvchi 1000-1200 MVA quvvatli transformatorlar ham nodir qurilmalar qatoriga kiradi.
Transformator zavodlari, iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlovchi maxsus transformatorlar, reaktorlar va transformatorli nimstansiyalar komplektlarini ko‘plab ishlab chiqarmoqdalar. Elektr stansiyalari, nimstansiyalari hamda halq xo‘jaligining har bir korxonasida ishlatiluvchi transformator uskunalari elektr energiyasi bilan sifatli va ishonchli ta’minlashning garovidir. Mavzu transformatorlar ishlashining nazariyasi, ular tuzilishi, maxsus rejimlari va maxsus transformatorlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu qo‘llanma uch fazali transformatorlarni loyihalash, ishlab chiqarish va ularni ekspluatatsiya qilishda yuqori samaradorlikka erishish
Do'stlaringiz bilan baham: |