3. UZLUKSIZ CHULG‘AMLAR
Kuchlanishi 35 kV va undan yuqori bo‘lgan transformatorlarda
uzluksiz chulg‘amlar qo‘llaniladi. Ular bir-biridan kanallar bilan
ajratilgan yassi gardishsimon (disksimon) o‘ramlardan iborat. Agar
uzluksiz chulg‘am transformatorning yu.k. chulg‘ami bo‘lsa, u holda
transformatsiyalash koeffitsientini 5% atrofida o‘zgartirish maqsadida
maxsus ulamalarga ega bo‘ladi.
B. ALMASHINUVCHI CHULG‘AMLAR
YUqori kuchlanishli va quyi kuchlanishli chulg‘amlarning ayrim qismlari shunday o‘zaro almashinib joylashtiriladiki, unda q.k. chulg‘amlari o‘ramalari magnit o‘zakka yaqinroq joylashadilar. Bunday chulg‘amlar qobiqli transformatorlarda ishlatiladi. Konsentrik chulg‘amlardan quyidagi kamchiliklari bilan ajralib turadi: ishlab chiqarishdagi murakkab texnologik jarayoni; qisqa tutashuvga bardoshsizligi; magnit o‘zakdan va bir-biridan izolyasiyalashning qiyinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |