Kyu.cheg = yexr [ -3 ( T0 - 25 ) / Tmax - 25 ],
Kyu.cheg – chegaraviy kuchlanish koeffisenti; T0 – atrof muhit harorati, 0S; Tmax – meyoriy texnik, xujjatlarda ko‘rsatilgan tashqi muhitning chegaraviy mumkin bo‘lgan maksimal harorati 0S.
Nuqtaviy tranzistorlarni buzulish xavfini baxolashda, haroratni ta’siri va tarqalish kuchlanishini, ishonchlilikka ta’siri quyidagi tenglama orqali aniqlanadi:
= 4,445 · 10-4 · exp [-1,336 (1 / To - 1 / 358,16 ) +0,046 Rr ],
bu yerda To – tashqi muhit harorati (kelvinda); 258,16K=850S elektron teshiklik o‘tishdagi maksimal ruxsat etilgan harorat.
Nazorat savollari
Elektrovakuum asboblarni elektr yuklama koeffisiyentini aniqlash uchun qaysi formula xizmat qiladi?
Kondensatorni elektr yuklama koeffisiyentini aniqlash uchun qaysi formula xizmat qiladi?
Rezistorlarni elektr yuklama koeffisiyentini aniqlash uchun qaysi formula xizmat qiladi?
Tranzistorlarni elektr yuklama koeffisiyentini aniqlash uchun qaysi formula xizmat qiladi?
Diodlarni elektr yuklama koeffisiyentini aniqlash uchun qaysi formula xizmat qiladi?
Qanday rezistorlarda elektr yuklama koeffisiyenti yaxshi?
Qanday elementlarning ishonchliligi boshqa elementlar ishonchliligiga nisbatan katta?
11-MA’RUZA.
MIKROMODULLAR ISHONCHLILIGI
Reja:
1. Mikromodullar ish jarayonida.
2. Mikromodullardagi buzilishlar.
Tayanch so‘z va iboralar: yuklamalar ta’siri, buzilishlar turlari, elementlarning fizik holatlari, qo‘qis buzilishlar intensivligi.
1. Mikromodullar ish jarayonida.
Mikromodullar ishlash jarayonida elektrik va mexanik yuklanishlarga yuqori va past haroratli ta’sirlarga, yuqori namlikka va boshqalarga duch kelishi mumkin.
Qurilmalarning har qanday ishlash sharoitida ham mikromodullarga elektr yuklanishi ta’sir etadi. Odatda, mikromodullarga elektr yuklanishi ta’siri oqibatida harorat ko‘tarilishi sodir bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida buzilishlar sodir bo‘lishiga va kimyoviy reaksiyalarni tezlashishini keltirib chiqaradi.
Chegaraviy va unga yaqin bo‘lgan elektr yuklanishlar mikromodulni nozik qismlarini kirishi va buzilishiga sabab bo‘ladi.
Mikromodullarga qo‘yiladigan asosiy talablar ularni ishonchliligini ta’minlash. Mikromodullar tiklanmaydigan mahsulotlar guruhiga kiradi va ishonchlilik nazariyasiga asosan elektron asboblarn alohida elementlari hisoblanadi.
Mikromodullar ishonchliligini baholash uchun qulay sonli ko‘rsatkichlar buzilish intensivligni va buzilmay ishlash ehtimolligidir. Mikromodullar uchun uch turdagi buzilishlar haqlidir.
Ishlashda.
Sekin asta.
To‘satdan – bular to‘liq, qisman, chidamli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |