49
2-savol bayoni:
Jinsiy
bezlar yoki gonadalar
ham ko‘payish organlari, xam ichki
sekretsiya bezlaridir. Urug‘donlarda bo‘lsin, tuxumdonlarda bo‘lsin bir nechta gormon ishlab
chiqariladi. Tuxumdonning eng muhim gormonlari jumlasiga follikulyar gormonlar (estradiol,
estron, estriol va boshqalar) hamda sariq tana gormoni (progesteron) kiradi.
Bularning
birinchilari ayollar jinsiy belgilarining rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatsa, ikkinchisi
homiladorlikda ko‘riladigan spetsifik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Erkak jinsiy
gormonlaridan testosteron juda katta ahamiyatga ega. Ayollar gormonlari ham,
erkaklar
gormonlari ham tsiklik uglevodorod fyonantryon unumlaridir. Uning boshqa unumlari ilk
gastrulaga yuborilganida organizator singari ta‘sir ko‘rsatib, nerv plastinkasining
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu — embrional va postembrional hayotda rivojlanishni
ximiyaviy yo‘l bilan idora etadigan faktorlarning bir-biriga borliqligini ko‘rsatadi.
Ayrim - jinsli hayvonlarda jinsiy dimorfizm ko‘riladi, ya‘ni erkaklari bilan urg‘ochilari
sezilarli darajada bir-biridan ajralib turadi. Tafovutlar ko‘payish organlarining o‘zidagina
( b i r l a m c h i j i n s i y b e l g i ) ko‘rilmaydi, ularni skelet, qoplagich to‘qimalar tuzilishining
xususiyatlarida va boshqa ko‘pgina belgilarda
i k k i l a m c h i j i n siy, b e l g i l a r d a ham
topsa bo‘ladi. Shularning ba‘zilari embrional hayot vaqtidayok rivojlansa, boshqalari kech, jinsiy
jihatdan etilish davrida paydo bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi organizmda ikkilamchi jinsiy
belgilarning rivojlanishidagi farq jinsiy bez gormonlariga bog‘liq bo‘larmikin? Bu savolga rus
olimi M. M. Zavadovskiyning (1891 —1957) tajribalarida javob olindi. Tajribalar qushlar va
sut emizuvchi hayvonlar ustida qo‘yildi. Tovuq va xo‘rozlardagi jinsiy
bezlarni olib tashlash
(bichish) ularning turq bilan atvorining keskin o‘zgarib ketishiga olib keldi. Xo‘rozlar
bichilganidan keyin jinsiy instinktini yuqotib, toji bilan babaqasi kichraydi, lekin ochiq rangi va
dum patlarining xo‘rozga harakterli bo‘lgan o‘roqsimon shakli saqlanib qoldi. Bichilgan
tovuqlar jinsiy instinktini yuqotib, birinchi marta tullaganidan keyin o‘zining ko‘rinishini keskin
o‘zgartirib qoldi ularda xo‘rozlarga xos bo‘lgan rangli patlar bilan dumida uzun-uzun
o‘roqsimon patlar paydo bo‘ldi. Bichilgan tovuq bilan xo‘rozning umumiy ko‘rinishi va atvori
bir xil bo‘lib qoldi. Bas, shunday ekan, ikkilamchi jinsiy belgilarning hammasi ham bir xilda,
teng ahamiyatga ega emas. Bularning ba‘zilari bichishdan keyin yo‘qolib ketadi, boshqalari esa
saqlanib qoladi. Bichishdan keyin yo‘qolib ketadigan belgilar, Zavadovskiy taklifiga ko‘ra, tobe
ikkilamchi jinsiy belgilar deb ataladi, chunki ularning yuzaga kelishi
jinsiy bez gormoniga
bog‘liqdir. Erkak va urg‘ochi jinsiy instinkti, erkagining katta bo‘ladigan tojisi, baqbaqasi bilan
pixlari, dumidagi kalta-kalta patlar shular jumlasiga kiradi. Ikkinchi gruppa belgilar— s o x t a
ji n s i y (psevdoseksual) belgilardir. Bular bichilgan hayvonda ham paydo bo‘laveradi. Masalan,
xo‘roz patlarining
ochiq
rangda bo‘lishi va dumidan uzun-uzun uroqsimon patlar chiqishi shu
belgilar qatoriga kiradi. Boshqa qushlar va sut emizuvchi hayvonlar ustida olib borilgan
tajribalar erkak va urg‘ochi organizm bichilganidan keyin jinsga xos tobe belgilarni o‘uqotib
qo‘yganligidan hayron qolarli darajada bir-biriga o‘xshab qolishini ko‘rsatib berdi. Ularning
bir-biriga o‘xshab qolishi erkak va urg‘ochi tanadagi to‘qimalar bir xilda rivojlanish
imkoniyatiga ega bo‘lib, individning erkak yoki urg‘ochiga aylanishi
jinsiy gormonlarga
bog‘liqdir, deb taxmin qilishingizga imkon berdi. Bu holda jins paydo bo‘lishini boshqarish va
erkakni urg‘ochiga, urg‘ochini erkakka aylantirish mumkin bo‘ladi.
Bu taxminni tekshirib ko‘rish uchun Zavadovskiy bichilgan xo‘rozlarga
tuxumdonlarni kuchirib o‘tkazib, erkaklarni (xo‘rozlarni) feminizatsiya (lotincha femina —
ayol, xotin), bichilgan tovuqlarga urug‘donni kuchirib utqazib, Urg‘ochilarni tovuqlarni)
maskulinizatsiya (lotincha masculinus — erkak, erkakka oid) qildi. Tajribalar feminizatsiya
qilingan xo‘rozlarda urg‘ochiga xos bo‘lgan tobe ikkilamchi jinsiy belgilar, jumladan ko‘rimsiz
rangli pat, tovuqda xos yurish-turish va instinktlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Maskulinizatsiya
qilingan tovuqlar o‘z navbatida xo‘rozlardan farq qilmaydigan bo‘lib qoldi. Ularda xo‘rozlarga
50
xos bo‘lgan uzun toj va kattakon baqbaqa yuzaga keldi, ular xo‘roz bo‘lib qichqiradigan va
tovuqlar orqasidan «yuradigan» bo‘lib qoldi. qaysi belgilar embrional
taraqqiyot davrida paydo
bo‘lgan bo‘lsa, farq huddi o‘sha belgilardagina saqlanib qoldi. Jumladan, maskulinizatsiya
qilingan tovuqda tuxum yo‘llari, feminizatsiya qilingan xo‘rozda esa, urug‘ yo‘llari saqlanib
qoldi.
Tovuq embrionlarida bir jinsni ikkinchi xil jinsga aylantirish ustida o‘tkazilgan tajribalar
muhim ahamiyatga ega.
Tuxum bosishning
3—
5-kunlarida tuxumga follikulyar gormon
tomchisini kiritish jo‘jalarning butunlay feminizatsiyalanishiga sabab bo‘ladi: tuxumlarning
hammasidan tovuq chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: