EIZ ishtirokchilariga er uchastkalarini ajratish tartib-tamoillari 1-jadval ko`rsatilgan4. Unga ko`ra Er uchastkasi olish uchun EIZ qatnashchisi Davlat xizmatlari markazlari orqali er uchastkasi ajratish to`g`risidagi ariza bilan pochta orqali yoki shaxsan borib murojaat etadi.
O`zbekiston Respublikasi interaktiv davlat xizmatlari Yagona portali yoki O`zbekiston Respublikasi erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari Yagona portali (keyingi o`rinlarda Yagona portal deb ataladi) orqali yuborilgan arizalar to`g`ridan-to`g`ri tegishli shahar (tuman) hokimligiga yuboriladi. Er uchastkasi ajratish to`g`risidagi arizada qo`shimcha er uchastkasidan foydalanishning maqsadi, uning joylashgan joyi va o`lchamlari (zarur maydonning asosi), qurilish ishlari boshlanishi va tugatilishining taxminiy muddati, yuridik shaxsning rekvizitlari va pochta manzili ko`rsatilgan bo`ladi.
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan investorga arizasining Davlat xizmatlari markaziga kelib tushishidan boshlab to unga er uchastkasi ajratish to`g`risidagi tegishli qaror taqdim etilgunga qadar arizaning ko`rib chiqish holatini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyati ta`minlanadi. Davlat korxonasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kun ichida er uchastkalarini tanlash bo`yicha hujjatlarni tayyorlaydi va hakazo.
1-jadval. Erkin iqtisodiy zonalar qatnashchilariga er uchastkalari berish
SXEMASI
Yuqori qayd qilib o`tganimizdek, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash barqaror ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi. Kichik biznesni rivojlantirish uchun imtiyozlar tizimini yaratish natijasida ushbu sektorning bandlikdagi ulushi 2001 yildagi 51,8% dan 2018 yilda 79% gacha o`sdi. 2001-2018 yillardagi iqtisodiy o`sishning jadal sur`atlari bilan davlat byudjeti tarkibida ijtimoiy xarajatlar ulushi 47,6% dan qariyib 60 % gacha oshdi.
Ta`lim sohasidagi asosiy ustuvor yo`nalish barcha darajalarda sifatni yaxshilash va aholi barcha guruhlari uchun teng ravishda ta`lim olish imkoniyatini saqlab qolishdan iborat. Kelajak uchun asosiy vazifa nafaqat bilimli, balki o`zgaruvchan shart-sharoitlarga va talablarga tez moslasha oladigan ijodkorlarning shakllanishi hisoblanadi.
O`zbekiston gender tengligi va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko`maklashadi. Boshlang`ich va o`rta ta`limda gender tengligi saqlanib qoldi. Bandlik tarkibida ayollar ulushi ortdi. Davlat muassasalarida ayollar ulushi sezilarli darajada oshdi.
2002 yildan 2018 yilgacha bo`lgan davrda 5 yoshgacha bo`lgan bolalar orasida o`lim darajasi 2 barobarga qisqardi. 5 yoshgacha bo`lgan bolalarda o`lim va o`lim ko`rsatkichlarining hududiy farqlari kamaydi. Barcha hududlarda bolalarning 99% dan ko`prog`i immunizatsiya qilinadi. Qishloq vrachlik punktlarini modernizatsiya qilish, shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish tizimini takomillashtirish va ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarni tashkil etish chora-tadbirlari bolalar o`limini kamaytirishga yordam berdi. Barcha hududlarda zamonaviy diagnostika markazlari yaratildi, zarur laboratoriya va diagnostika uskunalari bilan ta`minlandi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimida moddiy-texnika bazasini yaxshilash, antenatal kuzatuvlarni qamrab olish va boshqalar tufayli onalar o`limi qisqartirildi.
Mamlakatimizda keng ko`lamli bunyodkorlik ishlarini barcha hududlarda amalga oshirish orqali qishloq aholisi uchun munosib sharoitlar yaratish va ularning turmush madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5386-sonli farmoni bilan «Obod qishloq» dasturi hamda 2018 yil 29 martdagi PQ-3630-sonli Prezident Qarori bilan «Obod qishloq» dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari belgilangan edi.
Xususan birgina 2018 yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida 159 ta tumandagi 416 ta qishloqda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mazkur qishloqlardagi 142 ming yakka va mingdan ortiq ko`p qavatli uylar, 3 ming kilometrlik yo`llarda ta`mirlash ishlari, 2,5 ming kilometrlik elektr tarmoqlari, 2 ming kilometr suv tarmoqlari tortildi va ta`mirlandi, 2400 ta bozorlar va boshqa turdagi infratuzilma ob`ektlari qurib bitkazildi.
Bundan tashqari, 388 ta umumiy ta`lim maktablari, 313 ta maktabgacha ta`lim muassasalari, 168 ta tibbiyot muassasalari, 38 ta mahalla va 55 ta boshqa ijtimoiy soha ob`ektlarida qurilish va ta`mirlash ishlari yakunlandi. «Obod qishloq» dasturining amalga oshirilishi uchun zarur mablag`larning 80 foizini Davlat byudjeti, davlat korxonalari mablag`lari, shuningdek, jalb qilingan sarmoyalar tashkil qilgan bo`lsa, qolgan 20 foizi tadbirkorlar mablag`lari va bank kreditlariga to`g`ri keldi.
Mamlakatimizni rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasini izchil amalga oshirish va muhim ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo`nalishlarini samarali harakatga keltirishda shaharlar salmoqli hissa qo`shmoqda. Yurtimizning qadim tarixga ega bo`lgan yoki yaqin o`tmishda tashkil etilgan 30 dan ortiq yirik shaharlarida yashayotgan mehnatsevar aholining samarali faoliyati tufayli har yili o`rta hisobda jami sanoat mahsulotlarining 53,4 foizi ishlab chiqarilmoqda.
Mazkur salohiyatdan oqilona foydalanish, xususan tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetning daromad bazasini kengaytirish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va pirovard natijada aholi turmush sifatini yaxshilash maqsadida «Obod mahalla» dasturi to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 iyunda PF-5467-son Farmoni qabul qilindi.
«Obod mahalla» dasturi doirasida 2018 yilda har bir shaharda kamida 2ta mahallada obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi, 2022 yilga qadar esa bu kabi ishlar har yili har bir shaharning 3ta va undan ziyod mahalalarini qamrab olishi ko`zda tutilgan. Buning doirasida ichimlik suvi quvurlari, elektr quvvvati tarmoqlari, gaz quvurlari va oqava tizimini qurish, yotqizish va ta`mirlash, shuningdek, mavsumiy suvlar sathini pasaytirish ishlari olib boriladi. Bundan tashqari, 5 ming 607 kilometr ichik yo`llar va 369 ijtimoiy ob`ektlarni ta`mirlash, 969 bozor infratuzilmasi ob`ektlari va xizmat ko`rsatish punktlarini tashkil etish ko`zlangan. Shu maqsadda mahalliy hokimiyatlarda «Obod mahalla» jamg`armalari tashkil etilgan. «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasida mamlakatda amalga oshirilayotgan bu kabi keng ko`lamli ishlar borasida keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishni, shuningdek, qishloq xududlarida aholi turmush tarzini yaxshilash bo`yicha qo`yilgan vazifalarni amal oshirish uchun xorijiy tajriba va xalqaro moliyaviy institutlar mablag`larini keng ko`lamda jalb etilmoqda.
Shuningdek, qishloq xo`jaligida ham samarali izchil islohotlar davom ettirilmoqda. Xususan, tuproq va suv resurslarini boshqarishni yaxshilash natijasida 2002-2015 yillarda sho`rlangan erlarning ulushi sug`oriladigan erlarning umumiy maydonidan 54,2% dan 45% gacha kamaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |