5.
Salavkiylar davlati tarkibiga boshda Mesopotamiyaning bir qismi, Kichik
Osiyoning bir qismi, Eron, O‗rta Osiyo, Afg‗oniston va Shimoliy Hindiston kirgan.
Davlatning poytaxti Suriyada- gi Oront daryosi qirg‗og‗idagi Antioxiya edi. Salavkiylar
davlati o‗zining gullab-yashnagan davrida Aleksandrning Osiyodagi sobiq mulklarining
katta qismini o‗z tarkibiga oldi. Bu bepo- yon hududda turli iqtisodiy va madaniy
taraqqiyot bosqichida turgan, etnik va til jihatidan ola quroq bo‗lgan xalqlar joylashgan
edi. Salavkiylar davlatida yunon va makedonlar podsho boshchiligida hukmron
tabaqaga aylandilar. Ular barcha oliy hokimiyat lavozimlarini egallab olib, qo‗shinning
asosiy qismini tashkil etdilar. Mahalliy zodagonlar hokimiyat boshqaruvida deyarli
ishtirok etmadi. Faqat Bobil shaharlarining fuqaro-ibo- datxona jamoalari ma‘lum bir
imtiyozlardan foydalandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |