4.
Salavk I (mil.avv. 312-280-yillar) Suriyani o‗z davlatining bosh viloyatiga
aylantirdi, o‗zi Orontdagi Antioxiya shahrida, Yuqori Suriya yoki Dajla daryosi
yoqasidagi Salavkiya shahrida yashadi. Salavk g‗arbda diadoxlar o‗rtasida davom
etayotgan urushdan foydalanib, Sharqqa yurish qildi. Yurish davomida u Eron va O‗rta
Osiyo satrapliklarini qayta qo‗lga kiritdi. Yurish oxirida Salavk Hindistonda Maurilar
davlatining asoschisi Chandragupta bilan to‗qnashdi. Urush Salavkni ilgari Alek sandr
davlati tarkibiga kirgan barcha hind mulklaridan voz ke- chishi, buning evaziga
Chandragupta tomonidan 300 jangovar fillarning Salavkga sovg‗a qilishi bilan tugadi.
Salavk mil.avv. 305-304-yillar atrofida o‗zini podsho deb e‘lon qildi. Shundan sal
o‗tgach, Shimoliy Suriyani, mil.avv. 281-yilda Kichik Osiyoning katta qismini bosib
oldi. Shu yildayoq u Makedoniyani egallash uchun bo‗lgan yurishda halok bo‗ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |