6.
Salavkiylar davlati aholisining asosiy qismi jamoachi deh- qonlardan tashkil
topgan. Bu jamoalar podsho foydasiga pul va natural majburiyatlarni o‗tar edi.
Jamoachi dehqonlar shaxsan erkin bo‗lgan. Lekin davlat hokimiyati dehqonlarni asta -
sekin qaram qila boshladi. Bu ularni yerga biriktirib qo‗yishda ko‗ri- nadi. Davlat
yerlari ikki qismga bo‗lingan. Bir qism yerlar podshoning shaxsan o‗ziga tegishli
bo‗lsa, ikkinchi qismi shaharlar, mahalliy zodagon-hokimlar, qabilalar va jamoalarga
tegishli bo‗lib, podsho hokimiyati tomonidan nazorat qilingan. Salavkiylar davlat
boshqaruvida yunon-makedonlarga suyandilar, mahalliy aholini huquqlarda kelgindi
yunon-makedonlarga tenglashtirilmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |