O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

3.
 
Makedoniya. 
Bu davlat tarkibiga Makedoniya, Yunoniston va Egey dengizidagi bir 
necha orollar kirgan. Ptolemeylar Misri Salavkiylar davlati bilan bir qatorda Makedoniya ellin 
dunyosining katta davlatlaridan biri edi. Diadoxlar urushlari- dan so‗ng Makedoniya 
tushkunlik holatida edi. Aholining katta qismi Aleksandr yurishlari davrida Sha rqqa ko‗chdi. 
Antigo- nidlar sulolasi olib borgan doimiy urushlar, shimoldagi varvar qabilalarining xavfi 
makedon iqtisodi va davlatini zaiflashtirdi. Antigonidlar sulolasi xojalik hayotini qayta tiklash, 
aholining ko‗payishiga e‘tibor berishga majbur bo‗ldilar. Shu sababli, yangi shaharlar qurilib, 
eskilari qayta tiklandi. Bo‗sh yotgan yerlarga aholi ko‗chirildi. Konlar qazildi. Kemasozlik 
rivojlandi. Qurilish yog‗ochlari bilan qizg‗in savdo qilindi. 
Iqtisodiyotning asosini erkin dehqon mehnati yetakchi bo‗lgan qishloq xojaligi tashkil etar edi. 
Podshoga faqat o‗rmon va qazil- ma boyliklar tegishli edi. Ellin Makedoniyasiga podsho 
hokimi- yati ba‘zi bir eski belgilarini meros qilib oldi: qo‗shin yig‗ini av - valgidek, 
podshoning taxtga chiqish vaqtidagi o‗z ahamiyatini saqlab qoldi. Qo‗shin yig‗ini oliy sudya 
rolida chiqar edi. Make- doniyadagi beqaror vaziyat Aleksandr vafotidan so‗ng qariyb el- lik 
yil davom etdi. Aleksandrning o‗limidan so‗ng Makedon taxtiga rasmiy huquqni Kassandr 
oldi. Uning o‗limidan so‗ng mil. avv. 298-yilda Makedoniya taxtiga Kassandrning o‗g‗illari 
Lisi- max, Ptolemey Keravn, epirlik Pirr, Dimitriy Poliorket, uning o‗g‗li Antigon egalik 
qildilar. Aholining katta qismini sharqqa ko‗chishi, dehqonlarning xonavayron bo‗lishi 
mamlakat ahvoli- ni og‗irlashtirdi. Mil.avv. 276-yilda galat (kel‘t)lar hujumini ikki marta 
qaytardi. Shu tarzda Antigon Yunonistondagi vaziyatni barqaror qilgan Antigon Dimitriy 
Poliorketning o‗g‗li bo‗lib, mil. avv. 276-yilda taxtga chiqdi. Antigon II epirlik Pirrning 
hujumini qaytarib, shimoliy chegarani mustahkamladi, barqaror dengiz aloqasini yo‗lga 
qo‗ydi. Makedoniyani yunon shaharlariga ta‘sirini kuchaytirdi. Antigon II Gonatning avlodlari 
Makedoniyani Rim bosib olgunga qadar (mil.avv. 168-yilgacha) boshqar- dilar. Antigonidlar 
sulolasi uchun Yunonistonni bo‗ysundirib turish juda qiyin siyosiy muammo edi. Bu davrda 
manfaatlari bir-biriga zid bo‗lgan yunon polislari Etoliya va Axey ittifoqlariga birlashib, urush 
olib borar edilar. Makedoniya ham bir necha yunon polislari kirgan Ellin ittifoqiga boshchilik 
qildi va yunon shaharlari ichki ishlariga faol aralashdi. 
Rim va Ptolemeylar sulolasi yunon polislarini Makedoni- yaga qarshi chiqishlarini qo‗llab-
quvvatladilar. Ikkinchi puni urushlari davrida Makedoniya Gannibal bilan ittifoq tuzdi. Bunga 
qarshi Rim Pergam va Peloponnesning bir necha po- lislarini Makedoniyaga qarshi chiqishga 
undadi. Natijada mil. avv. 215-206-yillarda 1-makedon urushi yuz berdi. Karfagenni Gannibal 
ustidan g‗alabasi Makedoniya podshosi Filipp V ni Italiyaga yurish xavfini yo‗qqa chiqardi. 
G‗ayratli podsho Filipp V Salavkiylar bilan ittifoq tuzib, zaif- lashgan Ptolemeylarning 
Kichik Osiyo va Egey mulklarini bosib oldi. Italiya, Pergam va Rodos bunga qarshi chiqib, 
Rimdan yor- dam so‗radi. Natijada 2-makedon urushi (mil.avv. 200-197-yil- lar) boshlandi. 
Fessaliyadagi mil.avv. 197-yildagi hal qiluvchi jangda Makedoniya yengildi. U Yunoniston va 
Kichik Osiyodagi barcha mulklaridan ajraldi. 
Filipp V ning o‗g‗li Persey (mil.avv. 179-168-yillar) Makedoni- yaning avvalgi qudratini 
qayta tiklashga urindi. Ammo u Rim bilan urushda (3-makedon urushi mil.avv. 171-168-
yillar) Pid- na yonidagi jangda yengildi. Makedoniya hududi g‗oliblar o‗rta- sida to‗rt okrugga 


58 
bo‗lindi. Mil.avv. 148-yilda Andriskning Rim- ga qarshi qo‗zg‗olonidan so‗ng Makedoniya 
Rim provinsiyasiga aylantirildi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish