O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Dimitriy Poliorket. 
Tushkunlik holatidagi yunon shaharlari Kassandr hukmronligi ostida 
edi. Aleksandrning safdoshi Antigonning g‗ayratli o‗g‗li Dimitriy Poliorket Afinani 
Kassandrdan tortib oldi. Afinaliklar Dimitriy va uning otasini o‗z shaharlari- ning «homiy-
ilohlari» deb e‘lon qildilar, Dimitriyning haykalini yaratish uchun o‗zaro raqobat qildilar. Iloh 
sifatida Afina ibo- datxonasining bir qismini unga qarorgoh qilib berdilar. Dimitriy 
Peloponnes va uning shaharlarini ozod qildi. Va shaharlarning erkinligini tikladi. Buning 
evaziga Istma o‗yinlarida u Yunonistonning oliy yo‗lboshchisi deb e‘lon qilindi. 
Dimitriy kayf-safoda, axloqsizlikda hammadan o‗tib tush- di. Lekin u yaxshi lashkarboshi, 
ulkan tez harakat qiladigan kemalar, qamal mashinalari ixtirochisi edi. Shu sifatlari bi lan u 
dushmanlarini hayratga soldi va Poliorket (shaharlarni bo‗ysundiruvchi) laqabini oldi. Lisimax 
va Salavk birlashib, Dimitriyning 80 yoshli otasi Antigonga qarshi qo‗shin tortdilar. Dimitriy 
Poliorket otasiga yordamga keldi, lekin mil.avv. 301- yil Frigiyada Ips yonidagi jangda 
yengildi. Afina o‗z homiysiga yordam bermadi. Dimitriy qo‗shinni ta‘minlashga mablag‗ to - 
pish uchun Xersones shahri va Lisimaxga tegishli viloyatlarni talon -taroj qildi. Misr hukmdori 
Ptolemey Dimitriy bilan yaqin- lashdi. Dimitriy Antioxiyada uning qizi Stratonikaga uylandi. 
Shundan so‗ng Afinaga flot bilan suzib borib, shahar himoyasi- da turgan tiran Laxaritni uzoq 
qamal va ochlik bilan taslim bo‗lishga majbur qildi. U afinaliklardan xoinliklari uchun o‗ch 
olmadi, aksincha ochlik hukm surayotgan shaharga katta miqdorda oziq-ovqat sovg‗a qildi. 
Dimitriy Afinadan Spartaga yurish qilib, spartaliklar qo‗shinini yanchib tashladi, u yunon 
podsholigini barpo qilishni rejalashtirdi. Shu vaqtda Kassandr vafot qildi. Uning katta o‗g‗li 
Antipatr onasi Fessalonikani voris- likka ukasi Aleksandrni tanlagani uchun o‗ldirdi. 
Aleksandr yordam so‗rab Epir podshosi Pirrni chaqirdi. Pirr yetib kelib, aka-ukalarni 
murosaga kelib, podsholikni bo‗lib olishni taklif qildi. Dimitriy o‗z qo‗shini bilan yetib 
kelganda, Aleksandr uni qaytib ketishga ko‗ndirishga urinib, Dimitriyga Larissa shah - rigacha 
hamrohlik qildi. Aleksandr Dimitriyga ishonmay, un- dan ajralishni rejalashtirgani uchun 
bazmlardan birida Dimit- riy uni chopib tashlashga buyruq berdi. Makedoniyaliklar shu 
lahzadayoq Dimetriyni Aleksandrning o‗rniga podsho deb e‘lon qildilar. Antipatr o‗z 
qaynotasi Lisimax oldiga qochib ketdi. Dimitriyni barcha Makedon podshosi deb tan oldi. 
Dimitriyning eski raqiblari Salavk (uning qaynotasi), Ptolemey, Lisimax va keyinch alik Pirr 
o‗zaro birlashib Makedoniyaga yurish qildilar. Dimitriy ularga qarshi turdi. 
Ammo makedonlar Dimitriyning sharqona hashamati, mut- laq hokimiyati va turmush 
tarzidan norozi bo‗lib, xiyonat qildilar va Pirr tarafiga o‗tib, uni o‗z podsholari deb e‘lon 
qildilar. Dimitriy o‗ziga sodiq ozgina askarlar bilan o‗g‗li Antigon Gonat qarorgohiga qochdi. 
Pirr va Lisimax uning podsholigini bo‗lib oldilar. Dimitriy hech qachon Makedoniyaga 
qaytmadi. Yunonistonda qo‗shin va flot to‗plab, Dimitriy Osiyoga jo‗nadi, Milet shahrida 
Ptolemeyning qizlaridan biriga uylandi. Keyin o‗z qay- notasining barcha hududlarni vayron 
qilib, Kariya va Lidiyaga o‗tdi. Bu hududlarda u podsholik barpo qilmoqchi edi. Lekin 
Lisimaxning kuyovi Agafokl unga qarshi chiqib, bir necha jang- larda uni yanchib tashladi. 
Chorasiz qolgan Dimitriy kuyovi 


60 
Salavkka yordam so‗rab murojaat qildi. Salavk Agafoklni che- kinishga majbur qildi. Dimitriy 
yordamga javoban nonko‗rlik qilib, yana bosqinchilik yurishi qildi va Salavkning qarorgohi - 
ga tunda hujum qildi. Oldindan ogohlantirilgan Salavk zarba berishga tayyorlanishga ulgurdi, 
Salavkning taklifi bilan Di- mitriyning askarlari uning tomoniga o‗tdilar. Dimitriy o‗rmon - 
zor, tog‗larga qochdi, lekin to‗rt tarafdan o‗rab olingach, taslim bo‗ldi. Salavk himmat 
ko‗rsatib, uni kechirdi. Dimitriyga Su- riyadagi Apameya shahrida yashashga, barcha 
qulayliklardan foydalanishga ruxsat berdi. Lekin uning orqasidan o‗ta qattiq nazorat qilishga 
buyruq berdi. Podsholikdan mahrum bo‗lgan, jo‗shqin faoliyatdan chetlashtirilgan Dimitriy 
Poliorket barcha vaqtini ovda, azart o‗yinlarda, ichkilikbozlikda o‗tkazib, tutqun- ligining 
uchinchi yilida 54 yoshda mil.avv. 284-yil vafot etdi. Dimitriy Poliorket Aleksandrning 
safdoshi Antigonning o‗g‗li, Yunon shaharlari yo‗lboshchisi, Makedoniya podshosi, qudratli 
Ptolemeyning ikki qizining turmush o‗rtog‗i, Salavkning qayno- tasi, qobiliyatli sarkarda, 
shahar qamali mashinalari va katta kemalar ixtirochisi edi.

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish