O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Sparta. 
Spartada ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarni bartaraf etish uchun podsholar - Agis III 
(mil.avv. 244-235-yillar) va Kleomen III (mil.avv. 235-221-yillar)lar islohotlar o‗tkazishdi. 
Agis III qarzlarni bekor qilishga, Likurg qonunlarini tiklashga harakat qildi. Yerlar yangidan 
700 oila o‗rtasida taqsimlandi. Fuqarolar sonini ko‗paytirish uchun qolgan yerlarni 15 ming 
perieklarga taqsimlab berishni taklif qildi. Agis o‗z mol-mulki- ni ham spartaliklarga hadya 
qildi. Qadimgi Sparta tarbiyasi va urf-odatlari qayta tiklandi, perieklar hisobiga fuqarolar soni 
ko‗paydi. Aholining katta qismi islohotlarni qo‗llab-quvvat- ladi. Sparta qo‗shinining qudrati 
kuchayib, Spartaning asosiy raqibi Axey ittifoqiga qarshi g‗olibona urushlar olib bordi. 
Agisning bu siyosati Sparta zodagonlariga yoqmadi. Ular fitna uyushtirib, islohotchi podshoni 
bo‗g‗ib o‗ldirdilar. 
Spartaning keyingi podshosi Kleomen III (mil.avv. 235-221-yil- lar) Agisning siyosatini 
davom ettirishga harakat qildi. U dast- lab podsho hokimiyatini kuchaytirishga, qudratli 
eforlarning hokimiyatini zaiflashtirishga harakat qildi. Kleomen Axey ittifo qi bilan 
navbatdagi urushda g‗olib chiqdi. U Spartaga yollanma askarlar bilan kirib, to‗rt eforni 
o‗ldirib, efor unvonini bekor qildi. Eforlar kollegiyasi tugatilib, davlatni boshqarish vakolatla- 
rining katta qismi podsho qo‗lida to‗plandi. Qarzdorlarning qarzi to‗liq bekor qilinib, yerlar 
qayta teng taqsimlandi. 
Lekin bu islohotlar Axey ittifoqi bilan yangi urush natijasida nihoyasiga yetdi. Axey ittifoqi 
Makedoniyaning yordami bilan Spartaga qarshi urush boshladi va Sparta qo‗shinlarini mil.avv. 
222-yil mag‗lubiyatga uchratdi. Kleomen Misrga qochib ketdi va Ptolemey Filopatrdan 
yordam so‗radi. Filopatr yordam ber- madi. Filopatrdan o‗ch olish niyatida Kleomen unga 
qarshi Misr fuqarolarini gij-gijladi. Lekin hech qanday natijaga erishma- di, podshoning 
qo‗liga tushmaslik uchun o‗zini o‗ldirdi. Uning onasi va bolalari qatl qilindi. Kleomenning 
jasadi teriga o‗ralib, dorga osib qo‗yildi. Sparta tushkunlikka uchrab, oxir-oqibatda mil.avv. 
146-yil o‗z mustaqilligini yo‗qotdi va Rim provinsiyasi tarkibiga kirdi.
Hududda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat keskinlashdi. Ijtimoiy-iqti- sodiy ziddiyatlar kuchayib, 
mil.avv. III asrda yerlarni qayta taq- simlash harakati Yunonistonda avj oldi. 
Rodos. 
Mil.avv. III-II asrlarda Rodos oroli xalqaro savdo yo‗lida joylashgani uchun gullab -
yashnadi. Rodos orqali Yu- nonistondan vino, keramika, zaytun yog‗i; Finikiya qizil ma- tosi, 
sharq xushbo‗y moylari, qimmatbaho matolar, zargarlik buyumlari, Misr g‗allasi tashilar edi. 
Vositachilik savdosi Ro- dosda yiliga 1 mln draxm daromad keltirgan, Rodos orqali 1 yil- da 
50 mln draxma miqdorida tovar (taxminan hozirgi 500 mln dollar) o‗tar edi. Rodos Bolqon 
Yarim oroli va Egey havzasini O‗rtayer dengizi, Finikiya portlari va Misr Aleksandriyasi bilan 
bog‗lagan. Rodosning tashqi siyosatining asosiy yo‗nalishi savdo yo‗llari xafvsizligini 
ta‘minlash bo‗lib, shu sababli u kuchli harbiy flot saqlagan. Dengiz savdo yo‗lining 
xavfsizligini ta‘minlash uchun Rodos dengiz piratlari bilan shafqatsiz urush olib borgan. U 
doimiy ravishda biror-bir qudratli davlat panohida bo‗lishga harakat qildi. Rodos mil.avv. III 


61 
asrda qudratli Misr bilan ittifoqqa, mil.avv. III asr o‗rtalarida Pergam podsholigiga tayand i. 
Shu asr oxirida qudratli Rim davlati bilan ittifoq tuzdi. Rodos dengiz va bo‗g‗ozlarda 
yetakchilik uchun Makedoniya bilan doimo dushmanlik munosabatlarida bo‗ldi. Shu sababli 
Rodos Makedoniyaga qarshi har qanday urushga kirgan davlatlar bilan ittifoqchilik 
munosabatlarini o‗rnatdi. Ikkinchi Rim 
makedon urushi davrida (mil.avv. 200-196-yillar) Rim to- monida turib, rimliklarning dengiz 
ta‘minotini amalga oshirdi. Makedoniya bo‗ysundirilgandan keyin Rim respublikasi Rodos
 
ning savdo-harbiy va siyosiy qudratini zaiflashtirish siyosati- ni olib bordi. Rim senatining 
qarori bilan Rodosning qit‘adagi boy mulklari tortib olindi. Rodosning dengiz savdosidagi mo - 
nopoliyasini tugatish uchun Delos orolidagi port bojsiz savdo qiladigan nuqta deb e‘lon 
qilindi. Natijada dengiz savdosining bir qismi Delos oroli orqali o‗tib, Rodosning savdo va 
siyosiy nu- fuzi keskin qisqardi. Keyinchalik esa Rodos oroli Rimga qaram hududga aylandi. 
Rodosda san‘at gullab-yashnadi. Mahalliy haykaltaroshlik maktablari shakllandi. mashhur 
Lisippning shogirdi haykalta- rosh Xares Rodosning homiysi xudo Geliosga bag‗ishlab 36 
metrli haykal yaratdi. Bu haykal 12 yil davomida bunyod qilindi (taxminan mil.avv. 304-292-
yillar). Dunyoning 7 mo‗jizasi- dan biri sanalgan bu haykal Pergamdagi mavzoley va Galikar- 
nosdagi Artemida ibodatxonasining kichik zamondoshi edi. Shuningdek, Rodosda Lisipp 
maktabi vakillari «Ilonlar bilan kurashayotgan Laokoon va uning o‗g‗illari» haykallari 
guruhini yaratdilar. 
Rodosda notiq Esxin asos solgan Rodos notiqlik maktabi faoliyat ko‗rsatdi. Mil.avv. II asr 
oxiri - I asr boshida Rodosda mashhur Sitseronning o‗qituvchisi notiq Molon ta‘lim olgan. 
Rodos homiyligida orollarda ipakchilik va vinochilik markazi, Kosda mashhur tabiblar 
maktabi faoliyat ko‗rsatdi. 
Mil.avv. III asrda yangi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot Bolqon Yunonistonining 
madaniy markaz sifatidagi roli yo‗qolishiga olib keldi. Natijada bu hudud ellin dunyosining 
chekka hududiga aylandi. Yunonistonning madaniy o‗choq sifatidagi shuhratini Afina bir 
qadar qo‗llab-quvvatlab turdi. Afinada yunon falsafasi o‗qitildi. Bu yerda bir qancha 
an‘anaviy haykaltaroshlik maktablari mavjud edi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish