Tabiiy va aniq fanlar.
Mil.avv. III-II asrlarda Afinadagi Arastu maktabida aniq va
tabiiy fanlar o‗rganildi. Feosfrast av- valgi faylasuflarni, Menon tibbiy adabiyotini o‗rgandi.
Evdem matematika va astronomiya tarixini yozdi. Feofrast «O‗simliklar tarixi», «O‗simliklar
fiziologiyasi» asarlarini yozib, ilmiy botani- kaga, uning ustozi Arastu esa zoologiyaga asos
soldi. Arastu Likmiyada o‗z o‗quvchilari bilan sayr qilib yurar va ular bilan falsafiy suhbat
qilar edi. Shu sababli, ular «peripatetiklar» («sayr qilayotganlar») deb atalgan.
-
Orontdagi Antioxiya, Aleksandriya va boshqa poytaxtlar- da ilmiy markazlar va
kutubxonalar vujudga keldi. Ptolemey I Soter Aleksandriyada ilmiy markaz - Museyonni
tashkil qildi. Ilmiy markazda matematika, fizika, astronomiya, jug‗rofiya va filologiya fanlari
bo‗yicha ko‗p olimlar to‗plangan edi. Jum- ladan, Museyonda mashhur matematik Yevklid
(uning «Bosh- lang‗ich geometriya»si ko‗p asrlar davomida 1700 marta chop etilgan) ishladi.
Arximed yoshligidan bu yerda o‗z faoliyatini boshladi. Aleksandriyada geograf Eratosfen,
astronomlar Kono va Dosifeylar faoliyat ko‗rsatdilar. Aleksandr yurushlari qissa- chisi
Aristobul, harbiy boshliq Nearx yunonlarga boshqa mam- lakatlar to‗g‗risida boy ma‘lumotlar
berdilar. Aleksandriyada bir necha o‗n ming jildli ulkan kutubxona, botanika bog‗i, zoo - park,
jarrohlik laboratoriyalari, astronomik rasadxona, olimlar uchun o‗quv zali va yotoqxonalar bor
edi. Museyonda tashkil etilgan kutubxona o‗sha zamonga qadar to‗plangan sharq - yunon
donishmandligining asarlarini to‗laroq ravishda o‗z ichi- ga olgan edi. O‗sha vaqt uchun bu
g‗oyat katta kutubxonada ellin davrining oxiriga borib 70000 ga yaqin qo‗lyozma-matnlar -
papirus o‗ramlari mavjud edi. Aleksandriya olimlari mate- matika, tibbiyot va texnika fanlari
sohasida erishgan yutuqlari bilan hamda mutaxassis-filologlar sifatida dong taratdi. Misr- dagi
Aleksandriya bilan bir qatorda Orontdagi Pergam, Antioxiya ellin dunyosining ilmiy va
madaniy markazi sifatida o‗z mavqelarini saqlab qoldi.
Mil.avv. III-II asrda Pergida mashhur matematik Apollogiy ishladi. Kirenalik Eratosfen
fizik va matematik jug‗rofiyaga asos soldi. Samoslik Aristrax mil.avv. III asrda yerdan
oygacha bo‗lgan masofani o‗lchab ko‗rdi. Xuddi shu davrda Aleksandriyalik Ktesiy pnevmatik
qo‗lda otadigan snaryadni kashf qildi. U yana suv soati, turli nasoslar, gidravlik asbob, olovga
qarshi nasosni yaratdi. Ellin davrida fanlar differensiyalashib va sistemalashib bordi.
Aristotelning shogirdlari va muxlislari bo‗lmish peripate- tiklar tarixi bu differensiyalash va
sistemalashish jarayonining yaqqol misolidir. Peripatetiklar falsafa maktabiga rahbarlik qil -
gan Arastuning vorisi Feofrast faqat faylasufgina emas, balki olim ham edi.
64
Feofrastdan so‗ng maktabga Straton rahbarlik qildi. Qadim zamonda u «fizik» degan laqab
olgan edi. Stratonning alohida xizmati shundan iboratki, u tabiat hodisalarini tadqiq qilish - da
eksperiment usulini tadbiq etishga intilgan edi. Stratonning shogirdlari orasida Samos orolida
tug‗ilib o‗sgan, ajoyib astro- nom Aristarx yer va boshqa sayyoralar quyosh atrofida aylana- di
degan farazni ilgari surdi. Lekin ilm-fanning o‗sha vaqtdagi darajasi va u o‗zi kashf qilgan
geliosentrik sistemaning to‗g‗ri- ligini boshqa olimlarga ishonarli tarzda isbot qila olmas edi.
Aleksandriya matematiklaridan birinchisi Yevklid edi. U o‗z davri falsafasining erishgan
yutuqlarini tizimga soldi, umum- lashtirdi va tugalladi. Uning «Ibtido» degan asosiy asari ikki
ming yildan oshiq vaqtdan beri boshlang‗ich geometriya dars- liklari uchun asos bo‗lib xizmat
qilib kelmoqda. Taxt vorisi, bo‗lg‗usi Ptolemey IV Filopatorning tarbiyachisi, Museyon
kutubxonasining mudiri kirenalik Eratosfen atoqli geograf, astronom, matematik va faylasuf
edi. U yer aylanasi uzunli- gini ko‗p darajada aniqlab, hisoblab chiqdi va fizik-matema- tik
geografiyaning asoslarini yaratdi. «Geografiya» atamasi- ni ilk bor Eratosfen ishlatdi.
Aleksandriya birdan-bir fan markazi emas edi. Feofrast Afinada ishlagan. Arximed janubiy
Italiyadagi Sirakuzada yashagan. Atoqli injener-ixtiro- chi bo‗lmish Arximed nazariy
mexanika, gidrostatika, sferik
geometriya va trigonometriyaning asoslarini yaratgan yirik nazariyotchi olim edi. Olim katta
sonlarni hisoblab chiqish- ning arifmetik metodlarini yaratishda dastlabki qadamlarni qo‗ydi.
U atoqli astronom ham edi.
Mil.avv. III asrda tibbiyot ancha taraqqiy qildi. Misrdan anatomiyaning yutuqlari, Misr va
Bobildan dori-darmonlar tayyorlash va tadbiq qilishning ming yillik tajribasi o‗zlashtiril- di.
Yunon tibbiyot nazariyasi va amaliyotini qadimgi Sharq taj ribasi bilan birga qo‗shish
Aleksandriyadagi tibbiyot maktabi- da o‗z ifodasini topdi. Gerofil bu maktabning asoschisi
hisobla- nadi. U odamning tasviriy ifodasini yaratgan, tashxis usullarini aniqlagan, dori -
darmonlarga katta ahamiyat bergan tabib edi. U qisman Salavkiylar hududida, qisman
Aleksandriyada ish- lagan edi.
Mil.avv. II asrda yashagan nikeyalik Gipparx atoqli astronom va geograf edi. U bir qancha
astronomik asboblarni takomil- lashtirdi va ixtiro qildi. Kecha-kunduzning tengligi
kashfiyotini Gipparxga nisbat berdilar. Ammo bu kashfiyot Bobilda qilin - gan bo‗lishi
mumkin. U harakatsiz yulduzlar katalogini tuzdi. Bu katalogda 900 ga yaqin yulduzlar o‗z
o‗rnini topgan. Gipparx taqvimni, yerdan oygacha bo‗lgan masofani, yer va quyosh massasi
haqidagi bilimlarni aniqladi. Lekin ikkinchi tomondan bu mashhur olim samoslik Aristarxning
geliosentrik nazari- yasiga qarshi chiqdi va o‗z obro‗yi uchun geliosentrik tizimni
mustahkamlab keldi. Lekin bu nazariyaning xatoligini tan ol- madi. Gipparx ekvatorni 360 ga
taqsimlab, uzunlik va kenglik tushunchasini joriy qildi. Mil.avv. I asrda Geron mexanika bi lan
muvaffaqiyatli shug‗ullangan edi.
Harbiy ish rivojlandi, qal‘a, shaharlar mustahkam inshootlar bilan o‗rab olina boshlandi.
Bunga qarshi shaharlarni qamal qilish texnikasining yangi xillari ixtiro qilindi. Qal‘alarni
qamal qilish uchun mashhur taranlardan tashqari, g‗ildiraklar usti- ga o‗rnatilgan maxsus
harakatlanuvchi minoralar - geliorlar (shahar olarlar) paydo bo‗ldi. Bu moslamalar dushman
shahri devorlariga baravar yoki balandroq qilib yasalar edi. Harakat lanuvchi minora ichida
askarlar, zaxira o‗qlari va tosh otuvchi to‗plar joylashtirilgan.
Savdo, dengiz kemalari takomollashtirildi. Ular ko‗pin- cha ochiq dengizga, okeanga ham
chiqar edi. Mil.avv. II asr- da yunon Gippal Hindistonga kemada safar qilganida ilk bor
musson shamollaridan foydalandi. Dengizchilikning rivojlani-
shi mukammal bo‗lgan portlar va savdo sohillarida ombor va boshqa yordamchi binolar
qurishni talab qildi.
Ellin me‘morchiligida umumiy va xususiy kishilar foyda- lanadigan binolar ko‗pchilikni
tashkil qilar edi. Klassik Yuno- nistonning me‘morchiligida asosiy bino pripter - xususiy uy
bo‗lgan. Shaharlar reja asosida qurilib, bir-birini kesishib o‗ta- digan to‗g‗ri burchakli tik
ko‗chalari bilan chiroyli ko‗rinar edi.
65
Mil.avv. I asrda Pont podsholigida ixtiro qilinib, ishlab chiqa- rishda o‗z o‗rnini topgan suv
tegirmoni ellin jamiyatidagi eng yuqori texnika yutug‗i edi. Kam sonli suv tegirmonlari bilan
bir qatorda yuz yillar davomida hayvonlar kuchi bilan aylantiri - ladigan tegirmonlar,
yorg‗ichoqlar va hatto oddiy o‗g‗irlar keng rasm bo‗lib keldi. Konchilik ishi texnika jihat idan
eng qoloq va mehnatning eng og‗ir sohasi bo‗lib, konlarda qullar, hukm qilingan jinoyatchilar,
harbiy asirlar ko‗plab halok bo‗lar edi.
2.
Adabiyot va san‘at. Bu davrda Sharq va yunon madaniyatining o‗zaro ta‘sirida Bobil va
Misrda tarixshunoslikning rivoji ko‗zga tashlanadi. Mil.avv. III asrning I yarmida bobillik
kohin Beroesning «Xaldeya tarixi» va misrlik kohin Manefonning «Misr tarixi» nomli asarlari
yaratildi. Har ikkala asar ham yunon tilida bo‗lsa-da, mahalliy manbalar asosida yozilgan edi.
Afsuski, ikkala asardan ham bizgacha faqat ayrim parchalar yetib kelgan. Manefon asarida
fir‘avnlarning eng qadimgi zamonlardan to Aleksandrgacha bo‗lgan podsho sulolalarining
xronologik ro‗yxati berilgan. Tarixchi Apollodor keyinchalik parfiyaliklar tarixini yozdi.
Ellin davri tarixiy va falsafiy to‗plamlarida insonning jami- yatga, o‗z davrining siyosiy-
ijtimoiy muammolarga munosabati ochib beriladi. Tarixiy asarlarning sujetlari bo‗lib yaqin
o‗tmish voqealari xizmat qildi. Ko‗pincha tarixchilar o‗z asarlarini badiiy adabiyot
chegarasida shakllantirdilar: bayon qilish mohiro- na fojialashtirildi, kuchli his-tuyg‗uga
qaratilgan ritorik usullar ishlatildi. Ana shunday usulda Kallisfen (mil. avv. IV asr oxiri) va
Aleksandriyalik Klitarx (mil.avv. III asr o‗rtalari) makedoni- yalik Aleksandr tarixini, Timey
(mil.avv. III asr o‗rtalari) Yunoniston tarixini mil.avv. 280-yildan - 219-yilgacha, Kleomen
islohotlari tarafdori Filarx (mil.avv. III asr oxiri) ana shunday usulda bayon qildilar. Bu
usuldan farq qilgan holda boshqa tarixchilardan Ptolemey I (mil.avv. 301-yildan keyin)
tomoni- dan yozilgan Aleksandr yurishlari tarixi, kardiylik Gieronim
(mil.avv. III asr o‗rtalari) diadoxlar urushlari davri tarixini faqat quruq dalillarni qat‘iy bayon
qilish usulini qo‗lladilar.
Ellin davrida fan sifatida adabiyotshunoslik kurtaklaridan filologik tanqid Gomerdan
boshlab klassik mualliflar asarla- rini asl nusxalarini qayta tiklash va sharhlash shaklida
yuzaga keladi. Filologlar mantiqiy asosda yunon grammatika tizimini ishla b chiqdilar.
Aleksandriya Museyoni yunon adabiyotining muhim marka- zi bo‗lib qoldi. Bu yerda va
boshqa joylarda rivoj topgan adabiy oqim «Aleksandriya adabiy oqimi» deb nom olgan. Bu
ellin jamiyati yuqori tabaqasining kayfiyatini ifodalagan poeziya edi. Aleksandriya
shoirlarining boshlig‗i Kallimax edi. U Museyon kutubxonasining mudiri va taxt vorisining
tarbiyachisi edi. Kallimax kutubxona katalogini tuzdi. Shu bilan birga, Kalli max mifologik,
tarixiy va adabiy mavzularda yozilgan, hajmi ji- hatidan kichik-kichik she‘rlar muallifidir.
Kallimaxning kichik zamondoshi Feokrit Aleksandriyada- gi eng taniqli shoir edi. U
kichik-kichik lirik-dramatik poema va g‗oyalar muallifi bo‗lib tarixga kirdi. Kallimax o‗z
asarlarida qishloq va shahar hayotining tinch manzaralarini ideallashtir- gan, cho‗ponlar
hamda shaharlik erkak va ayollarning hissiy kechinmalarini madh etuvchi nozik lirikdir.
Aleksandriya poeziyasidan tashqari, ellin davrida yangi At- tika komediyasi katta ahamiyat
kasb etdi. Bu davrdagi Attika komediyasining asosiy vakili Menandr edi. Misrdan topilgan pa-
pirus o‗ramlari tufayli uning komediyalari bizga ma‘lum bo‗ldi. Menandr komediyalari sujeti
oilaviy, maishiy dramalardan iborat. Menandr komediyalari baxtiyorlik bilan tamomlanadi.
Ellin davrida tasviriy san‘at ajoyib yutuqlarga erishdi. Bu davrda Sharq va yunon an‘analari
bilan qo‗shilgan anchagina me‘moriy yodgorliklar bunyod etilgan. Hashamat va ulugVor-
likka intilish ularning ko‗plari uchun xos bo‗lgan xususiyatdir. Haykaltaroshlik san‘ati bu
davrda ancha ravnaq topgan edi. Ammo uning mazmuni klassik davr an‘analaridan farq qildi.
Ma‘budalar va qahramonlarning ideallashtirilgan va umum- lashtirilgan haykallari orqaga
surilib, tabiiy tarzda gavdalantiril- gan va tasvirlangan shaxsning individualligi yaqqol
ko‗rsatilgan portretlar oldingi qatorga chiqdi. Ellin davrining haykaltarosh - lari yaratgan
66
yakka va guruh tarzidagi haykallarda jismoniy va ruhiy azob, kurash, g‗alaba, o‗lim tasvirlab
ko‗rsatilar edi. Mil.avv. IV asrda Sikion maktabining portret chizuvchi rassomi
mashhur Apelles o‗zining Makedoniyalik Aleksandrning «Rok- sand bilan to‗yi», «Dengizdan
chiqayotgan Afrodita» tasviri bilan shuhrat qozondi.
Rodos oroli mil.avv. 304-yilda shaharning dushman qamali- dan ozod bo‗lgani munosabati
bilan shahar homiysi - quyosh xudosi Geliosning 36 metrlik haykalini bronzadan Lisippning
shogirdi Xares 12 yil davomida bunyod qildi. Bu ulugVor haykal uzoq vaqt orolda qad
ko‗tarib turdi. Bu qadimgi dunyodagi yetti mojizadan biri edi.
Peyzajni mustaqil tasvirlab, unda yoki uning o‗rtasida asosiy sujetni aks ettirish
haykaltaroshlikda yangilik edi. Bu usul klassikada ma‘lum emas edi. Shu bilan bir qatorda
haykalta- roshlikda dabdabali yo‗nalish mavjud bo‗lib, u ellin hukmdor- larining haykallari
soyasida namoyon bo‗ldi. Ellin haykaltaro- shligida mil.avv. IV asrning mohir ustalariga borib
taqaladigan bir necha yo‗nalishni ko‗rish mumkin. Afina va Aleksandriyada Praksitelga borib
taqaladigan san‘at asarlarini tomosha qilayot- gan inson o‗ziga to‗q kishilarning didiga
mo‗ljallangan san‘at asarlarini ko‗rishi mumkin edi.
Afrodita va boshqa ma‘budalarning yalang‗och haykallari bu yo‗nalishga xos xususiyatdir.
Dramatizmga to‗la Pergam mak- tabi haykaltarosh Skopasga borib taqaladi. Pergam mehro-
bining frizi mazkur maktabning ajoyib yodgorligi bo‗lib, unda ma‘budlarning gigantlar bilan
kurashi tasvirlanadi. Bu Pergam va boshqa ellin davlatlarining jangovar galat (kel‘t) qabilalari
bilan olib borgan og‗ir kurashlarining ramzi edi. Rodosning mash- hur haykaltaroshlik
maktabiga Asipp asos soldi. Bu maktabda yaratilgan haykallarda asosan baquvvat atletlar
tasvirlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |