3. АМАЛИЙ МАШҒУЛОТЛАР ISHLANMALARI
1 – машғулот. Mavzu. TABIATSHUNOSLIK DARSLARI, DARSDAN VA SINFDAN TASHQARI MASHG’ULOTLAR
Dars maqsadi: Tabiatshunoslik darslari, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlar bilan tanishish
Umumiy tushunchalar: Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni. Tabiatshunoslik bo'yicha sinfdan tashqari ishlarga tabiatni o'rganish va muhofaza qilish o'simliklarni o'stirish, hayvonlarni parvarish qilish bilan bog'liq bo'lgan xilma-xil mashg'ulotlar kiradi. Bu mashg'ulotlar darslari takrorlamasligi va faqat darslarda olingan bilimlaiga asoslanishi keral
Bolalar e’tiborini tabiat, shuningdek, maktab jonli burchagi o'quv-tajriba maydonidagi kuzatishlarga qaratmoq; ko'cha maktabni ko'kalamzorlashtirish, qushlami muhofaza qilish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga qarshi kurash bo'yicha ijtimoiy-foyda
mehnatni tashkil qilmoq lozim. Tabiatdagi amaliy ishlar kuzatishlar; va tegishli kitoblami o'qish bilan birga olib borihshi kerak.Sinfdan tashqari ishning jadal borishi uchun uni tashkil etish shakllarini puxta o'ylab chiqish zarur.
Кеrakli jihozlar va materiallar: Flepchatkalar, oddiy va rangli qalamlar, o’chirg’ich, daftar, plakatlar.
Ishni bajarish tartibi:
Sinfdan tashqari ishlar uch guruhga bo'lish mumkin: 1- guruhga ko'plab o'quvchilarni qamrab oluvchi ommaviy ishlar, tadbirlar; 2- guruhga cheklangan o'quvchilar doirasida olib boriladigan to'garak ishlari; 3- guruhga tabiatni o'rganishga qiziqqan ayrim o'quvchilar bilan olib boriladigan ishlar kiradi.
Ommaviy mashg'ulotlar kinofilmlami namoyish qilishni tabiatga ekskursiya va yurislar o'tkazishni, ertaliklar, o'quvchihi ishlarining ko'rgazmasini tashkil qilishni, shuningdek, ommaviy tadbirlar (hosil kuni, bog' haftaligi, daraxtlar o'tqazish haftaligi qushlar kuni va boshqalar)ni o'tkazishni nazarda tutadi.
Nazorat savollari:
1. Sinfdan tashqari ishlar deganda nimani tushunasiz?
2. Sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati nimada?
3. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmunini qanday tushunasiz
4. Sinfdan tashqari ishlarning qaysi turlarini bilasiz?
5. Individual, guruh va ommaviy mashg'ulotlaming xususiyatlar
nimada?
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Dars va sinfdan tashqari ishlarning o'zaro aloqasini yoritib bering.
2. 1 - 4 - sinflarlarda «Atrofimizdagi olam» va «Tabiatshunoslik» fanlaridan sinfdan tashqari tadbirlarning mavzu rejasini tuzing.
3. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy, ekologik va tabiat muhofazasiga yo'naltirilganligini asoslab bering.
4. Tanlangan («Bog‘ haftaligi», «Qushlar kuni», «Gullar bayrami») mavzu bo'yicha:
a) ma’ruza;
b) ko'rgazmali qurollar;
d) qo'shiqlar;
e) musiqali chiqishlami o'z ichiga olgan ertaliklar rejasini tuzing.
2 – машғулот. Mavzu. EKSKURSIYALARDA O’QUVCHILAR ONGI VA QALBIGA MILLIY ISTIQLOL G’OYASINI SINGDIRISH YO’LLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |