Sinov savollari:
1.1-sinf o’quvchilarida tabiat to’g’rsida qanday tushunchalar shakllantiriladi?
2.Kuzatuvchanlikni rivojlantirishda ekskursiya darslarining ahamiyati qanday?
3.2-sinf “Atrofimizdagi olam” darsligini o’rganishda qanday metodlardan foydalaniladi?
4.1-sinf “Atrofimizdagi olam” darsining bolalar nutqini rivojlantirishdagi o’rni qanday?
5.3-4 sinflarda tabiatshunoslikni o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari nimada?
6.«Tabiatshunoslik» darsligida kuzatishlarni murakkablashtirib borilishini qanday izohlaysiz?
7.4-sinfda tabiatshunoslikni o’qitishda qaysi metodlardan foydaliniladi?
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
25 - mavzu. Oz komplektlangan maktablarda tabiatshunoslikni o’qitishning xususiyatlari
Reja
1.Oz komplektli maktablar haqida.
2.Oz komplektli maktablarda tabiatshunoslik darsining mazmuni.
3.Oz komplektli maktablarda o’quv ishlarini rejalashtirish.
Мavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: oz komplekt, reja, dastur, o’quv ishlari, o’qitish xususiyatlari.
Mamlakatimizda, xususan bizmimg respublikamizda qishloq joylarda kichik va aholi yahaydigan uzoq punktlar mavjud bo’lib, bu joylarda bir sinfga belgilangan meyordan anchagina kam bo’lgan 7 yoshli bolalar bo’lganda oz komplektli maktablar ochiladi. Bu shunday maktabki? Unda bir o’qituvchi bir vaqtda bir necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o’quvchi bo’lishi mumkin. Bir o’qituvchi hamma (I-IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab bir kompletli maktab deyiladi.
Ikkita o’qituvchi, uchta (ba’zan to’rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki komplektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2- sinflarni bir komplektli qilib birlashtirib ( bu holda birinchi sinf bilan uchinchi sinf o’qituvchisi ishlaydi), 1- va 3- sinflarni, 2- va 4- sinflarni bir komplektga birlashtirishning mos variantlari tanlanadi.
Oz komplektli maktablarda ishlash o’qituvchi va o’quvchilar uchun bir qator qiyinchiliklar va to’siqlar bilan bog’liq:
O’qituvchi har doim darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat dars o’tishi kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo’yicha reja tuzish oddiy maktabda bir sinf bilan ishlashga qaraganda ko’p vaqt talab qilishi bilan ishlashga qaraganda ko’p vaqt talab qilishi bilan ishlash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo’lmay , balki bularni o’zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan , ularga optimal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham qiyindir. Bularning hammasiga o’qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, maksimal darajada kuch , sabot, uyushqoqlik, matonat, qiyinchilikni talab qiladi.
O’quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin.
O’qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida shug’ullanishga , darsning qolgan vaqtida o’quvchilar mustaqil ishlashiga to’g’ri keladi.
O’quvchilar mustaqil ish bajariyotganida o’qituvchi boshqa sinf bilan band bo’ladi.
Bir sinf o’quvchilari, ayni vaqtda o’qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa sinf o’quvchilarining xalaqit berishiga qaramay , mustaqil ishlashlari kerak.
Shunga qaramay oz komplektli maktab o’quvchilari uchun bir qator afzalliklari ham mavjud:
Sinf o’quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2-3 ta o’quvchi).Bu o’qituvchiga tez-tez so’rab turish, o’quvchilar bilimlaridagi kamchiliklarni topish va ularni tuzatish imkoniyatlarini beradi.
Oz komplektli maktablarda o’quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sarflaydi, u bu daftarlar orqali o’quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson anglaydi.
Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko’ra o’quvchi darsning taxminan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to’g’ri keladi. Bu uning maqsadlaridan tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyat ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchilikni bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi.
Yuqori sinf o’quvchilari quyi sinf o’quvchilariga yordam berishlari mumkin, chunki ular har kuni bir sinf xonasida birga bo’lishadi.
Darslarni rejalashtirish ham oz komplektli maktablarda ish tashkil qilishni aniqlab beruvchi omollardan biridir. Bu rejalashtirish esa har xil ishlarni bir necha sinf bir vaqtda bajarishni ta’minlashdan iborat.
Маvzuga oid mustaqil ish topshiriqlari:
1. Oz komplektli qishloq maktabida o’quv ishini tashkil etishning xususiyatlari nimalardan iborat?
2. Oz kompleklangan maktablarda dars o’tishning taxminiy sxemasini tuzing?
3. Mustaqil ishni yo’lga qo’yish xususiyatlari nimalardan iborat?
Foydalangan adabiyotlar:
1.M.Nuritdinova “Tabiatshunoslik o’qitish metodikasi” T.: O’qituvchi 2005 y.
2.A.Hamidov. A.To’xtayev va b. Botanikadan o’qituvchilar ushun qollanma. T.: “O’qituvchi”1999yil
3. Grigoryans A.G. Tabiatshunoslikni o’qitish. T. 1992.
4.Pakulova V.M., Kuznetsova M.I. Metodika prepodavaniya prirodovedeniya. M., 1990.
Do'stlaringiz bilan baham: |