2.3.O’zbekiston hududida eng qadimgi davrlardan mustaqilligimizgacha bo’lgan davrlarda ma’rifiy fikrlar taraqqiyoti.
Eramizdan oldingi minginchi yillarning o’rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qaxramonlik mazmunidagi juda ko’p afsonalar rivoyatlar aytilgan bo’lib, ular zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto» ga kiritilgan.
«Avesto»da insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri, ishi, birligiga katta ehtibor berilgan. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz.
Ma’lumotlarga ko’ra «Avesto» eramizdan avvalgi VII asrning oxiri va VI asrning boshlarida yaratilgan bo’lib, u uzoq davrlar maxsuli sanaladi. Hamda davrlar o’tishi bilan u qayta-qayta ishlanadi. Barcha manbalarda to’liq kitob xolida shakllanishini eramizdan avvalgi birinchi asrga to’g’ri keladi, deyiladi.
«Avesto» ning vatani Xorazm ekanligini olimlar ishonch bilan ta’kidlaydilar: Zardusht eramizdan oldin VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi spitama urug’idan bo’lgan. Otasi Paurushaspa, onasi Dugdova deb nomlanganlar, ular ot va tuya bokish bilan shug’ullanganlar. Zardusht ko’p xudolikka sig’inish, qurbonlik natijasida mollar qirilib ketayotganini xamda qabilalar o’rtasidagi nizolarni ko’rib, uni oldini olishni o’ilaydi va o’z ta’limotini targ’ib eta boshlaydi. Lekin kabila boshliqlariga uning ta’limoti yoqmaydi. Zardusht xudodan kelgan vaxiy orqali ko’pxudolikka qarshi yakka xudolikni targ’ib etib chiqadi, kuchli xokimiyat o’rnatib, yer yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani ximoya etadi.
Zardushtning yangi ta’limotini istamagan qabila boshliklari uni taqib etadilar. U Rayga (Eronga) qochadi va o’z dinini o’sha yerda tarkib toptiradi. «Avesto»ni shox Vishtaspga (Gushtasp) taqdim etadi. Shox Vishtasp uning xomiysiga aylanadi. Vishtaspning farmoniga binoan otashxona ibodatxonalar qurdiriladi va zardushtiylik dini keng tarqaladi.
Manbalarda «Avesto» ning kitob xolidagi matni eramizdan oldingi 12 ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgani keltiriladi. Bu nusxasi Iskandar istilosigacha Istaxr shaxrida saqlangan. Iskandar Istaxrni bosib olgach, «Avesto»dagi tibbiyot, nujum, ilmu xikmat soxalariga oid matnlarni yunon tiliga tarjima qilib, boshqasini yoqib yuborishga buyurgan. Bao’zi tadqiqotchilar eng qadimgi nusxasi 1324 yilda ko’chirilgan bo’lib, Kopingagen kutubxonasida saklanishini aytishsa (N.Mallayev), boshkalar esa (V.A.Livis) 1288 yilda eng kadimgi qo’lyozma nusxasi yaratilganini aytadilar. Zardushtiylik ta’limotini jamg’arilgan Zardushtning kitobi bizgacha 2 nusxada yetib kelgan.
Birinchisi-duolar to’plamidan ibrat bo’lib, «Vendidot»- sede, yahni «Pok Vendidot» deb ataladi (A.Irisov). Bu kitobga «Yasna»lar, «Vispered» xam kiritilib, bir butun tarzda shakllangan. Ikkinchisida xam, birinchisidagi kabi «Vendidat», «Yasna», «Vispered» lar kiritilgan bo’lsa xam, bu kitob tarjima kilinib sharxlar bilan beriladi. Shuning uchun xam sharxli nusxasi «Avesto va Zand» yoki «Zand Avesto» deb yuritiladi.
Tarbiyaviy manba sifatida «Avesto» katta ahamiyatga ega. Yukorida aytganimizdek, Zardusht qadimgi kabilalardagi diniy ehtixodlarni isloh qilgan. Zardusht ta’limotining yangiligi shundaki, Axura Mazda (Qodir iloh_adolat va yaxshilikning ijodkori sanaladi: Anxra Mani esa (yovuz ruh) barcha yomonliklar sababchisi. «Avesto» ning mazmuni haqida uning bizgacha yetib kelgan parchalari matnlariga asoslanib quyidagilar ifodalanganini ko’ramiz:
Xulosa qilib aytganda, «Avesto»da insonning barkamol bo’lib yetishishida uning so’zi, fikri, ishi birligiga katta ehtibor beriladi. Bu axloqiy uchlik eng qadimgi davrlardan boshlab undan keyin yaratilgan barcha ma’rifiy asarlarga asos bo’lgan desak xato qilmagan bo’lamiz. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy kamol topishi uchun zarur bo’lgan muayyan talablar o’z ifodasini topib, xayot kodeksi sifatida faqat Sharq xalqlarining emas, g’arbning xam muqaddas merosi bo’lib qoldi. Zardushtiylik axloqining asosiy uchligini jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |