O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi g. B. Amirova, E. Nasimov p е dagogik a. Psixologi ya



Download 1,31 Mb.
bet23/349
Sana01.01.2022
Hajmi1,31 Mb.
#296631
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   349
Bog'liq
2 5244712396257232653

Amerika Qo’shma Shtatlarida bolalar 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yil o’qiydilar. Ta’lim tizimi quyidagicha tashkil etilgan:

1. 3 yoshdan 5 yoshgacha maktabgacha tarbiya muassasalarida.

2. Boshlang’ich maktab. Bu bosqich 1—5-sinflarni o’z ichiga oladi.

3. To’liq bo’lmagan o’rta maktab. Bu bosqich 6—8-sinflardan iborat.

4. Yuqori maktab. Bu bosqich 9—11-sinflar bo’ladi. Mazkur Yuqori maktab bilan Oliy ta’limni aralashtirmaslik kerak.

Amerika maktablarida 9-sinfgacha asosiy e’tibor matematikaga emas, balki tabiiy fanlarga qaratiladi, yuqorida tasdiqlangan yagona dasturlar bo’lmaydi. O’quvchilar uchun yagona, majburiy darsliklar, qo’llanmalar yo’q. Amerika maktablarida texnikaviy jihatdan yaxshi jihozlangan, sinflar kompyuterlashtirilgan. Har bir maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilarini tashiydigan maxsus avtobuslar, stadionlar, turli laboratoriyalar bor. Amerika maktablarining aksariyati davlat ixtiyorida bo’lib, davlat mablag’i bilan ta’minlanadi. Lekin shaxsiy maktablar ham anchagina. Katta shaharlarda yashovchi o’ziga to’q ota-onalar farzandlarini shaxsiy maktablarga berishga harakat qilishadi. Davlat maktablarida tekin, shaxsiy maktablar esa — pullik o’qitiladi. Vashington shahridagi shaxsiy maktabda bolani o’qitish uchun bir yilga taxminan o’n ming dollar to’lash kerak. Bunday maktablarda boy oila farzandlari ta’lim oladilar. Shaxsiy maktablarning har biri o’zi xos xususiyatlarga, maxsus dasturlarga, maxsus o’qituvchilarga ega. Bunday maktablarda sinfda o’qiydigan o’quvchilar soni kam bo’ldai. Shaxsiy maktablarda boshlang’ich sinflardan boshlab estetik tarbiyaga, san’atga alohida e’tibor beriladi.

Amerika davlat maktablarining yuqori sinflaridagi o’qish-o’qitish tizimi biznikidan tubdan farq qiladi. Yuqori sinflardagi har bir o’quvchiga alohida o’qituvchi-murabbiy biriktiriladi. U shu o’quvchining qobiliyati, qiziqishlarini sinchiklab o’rganib, faqat shu o’quvchiga mos alohida reja tuzadi, uning o’qishiga rahbarlik qiladi. U o’rganishi lozim bo’lgan majburiy fanlar ro’yxatini tuzib chiqadi. Masalan, 9-sinf o’quvchisi bir fandan, deylik, kimyodan kuchli bo’lsa-yu, chet tilidan oqsasa, bu o’quvchiga 9-sinfda o’ninchi sinf rejasi bo’yicha kimyoni o’rganishga ruxsat etiladi. U chet tilini 9-sinf hajmida yoki yengillashtirilgan reja bo’yicha o’rganishi mumkin. Kimyodan yoki matematika, biologiya, fizika va boshqa tabiiy fanlardan maktab rejasini muddatidan oldin tugatgan, barcha kontrol ishlarini topshirgan o’quvchiga maktabda o’qib yurgan vaqtidayoq shu fanlar bo’yicha o’zi kirmoqchi bo’lgan kollejning birinchi kursi imtihonlarini ham topshirishiga imkoniyat yaratiladi.

Amerikaning Yuqori maktablarida shunday o’qituvchilar borki, ular kollejlarning birinchi kurslarida o’qitiladigan ma’lum fanlardan dars berishlari hamda imtihon olishlari shart. Amerika maktablarida bitirish imtihonlari yo’q. Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun bizdagidek kirish imtihonlari olinmaydi. Biroq har bir abituriyent oliy o’quv yurtiga kirish uchun matematika va ingliz tilidan sinov (test) topshiradi. Bunday testlar Amerikada har yili 3—4 marta o’tkaziladi. Sinov savollari kitob shaklida har yili chop etiladi. Ularda mingga yaqin mashqlar, masalalar va ularning yechimlari ko’rsatiladi. Sinflarda qanday savollar bo’lishi bizga o’xshab sir tutilmaydi, balki ochiq-oydin “matematika va ingliz tilidan bu yil mana shu savollarga javob berish lozim” deb ko’rsatiladi. O’quvchilar bu kitobni olib, kirish sinovlariga tayyorlanadi.

Amerikada talabalar matematika va ingliz tilidan kirish sinovlarini 10-12 sinflarda o’qib yurgan vaqtlarida, o’zlariga qulay paytda topshira oladilar.

Amerika oliy o’quv yurtlariga kirish uchun belgilangan sinov (test)lar ikki xil bo’ladi:



SAT (Sxolastik aptityud test);

AKT (Amerikan kollej test) sinovlari.

SAT sinovlari murakkabroq bo’ladi. Mashhur universitetlarga kirish uchun SAT sinovlarini topshirish shart bo’ladi.

Bulardan tashqari Murakkablashtirilgan sinov ham bor. Bu sinovni oliy maktablarga kirayotgan barcha talabalar ham topshirishlari shart emas. Mabodo biror talaba shu murakkablashtirilgan sinovlarni topshirib universitetga kirsa, u talabaga maxsus stipendiya beriladi. Amerikaning eng katta boyligi — bu aql. Aql bu mamlakatda qadrlanadi, aqlli talabalar alohida taqdirlanadi. Aqlli, a’lochi talabalar o’quv yurtlarining faxri sanalgani sababli ham, ularga turli yo’llar bilan yordam berish, stipendiyalar tayinlash orqali ularni o’quv yurtlarida saqlashga harakat qiladilar. O’zi tanlagan sohada yutuqlarga erishayotgan talabalar ro’yxati har yili alohida kitobda nashr etilib turiladi. Bundan maqsad mazkur soha bilan qiziquvchi kompaniyalarning e’tiborini bo’lajak olimlarga qaratishdir.

Yuqorida sanab o’tilgan sinovlarning natijalari va yuqori sinflarda barcha fanlardan olgan baholarining o’rtacha miqdori talabani universitetga qabul qilish yoki qilmaslik uchun asos hisoblanadi. Amerika kollejlari ikki yillik va to’rt yillik bo’ladi. Ikki yillik kollejlarni bitirgan talaba oliy ta’lim pog’onasidagi eng birlamchi darajaga ega bo’ladi. To’rt yillik kollejlarni tugatgan talabalar bakalavr darajasini olib, oliy ma’lumotning birinchi pog’onasiga erishadilar. To’rt yillik kollejlar bizning to’rt yillik institut va ayrim universitetlarga mos keladi. Amerika universitetlari tarkibiga ikki va to’rt yillik kollejlar, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o’quv yurtlari kiradi.

Ikkinchi bosqich oliy ma’lumot beruvchi o’quv yurtlari bizning aspiranturaga to’g’ri keladi. Bu o’quv yurtiga kirish uchun ikki fandan imtihon topshirilishi shart. O’qishni muvaffaqiyatli bitirgan talaba magistrlik darajasini oladi. Magistrlik ilmiy darajasini olgan talaba doktoranturaga kirishi mumkin. Amerikada doktoranturaga kirish uchun faqat mutaxassislikdan jiddiy imtihon topshiriladi. Imtihon komissiyasi tarkibida talabaning bo’lajak ilmiy rahbari ham ishtirok etadi. O’qishni muvaffaqiyatli bitirib, dissertasiya yoqlagan talaba doktorlik ilmiy darajasini oladi. Ijtimoiy fanlardan doktorlik dissertasiyasi yoqlagan talabalarning hammasiga “falsafa doktori” ilmiy unvoni beriladi. AQSh maktablari — oliy maktabgacha mana shunday bosqichlarga ega.


Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   349




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish