O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti


I.II. “Dahshat”, “Asror bobo”, “Boshsiz chavandoz” hikoyalarida



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana28.09.2021
Hajmi0,66 Mb.
#188416
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
abdulla qahhor va ulugbek hamdam hikoyalarida ijtimoiy-manaviy qashshoqlik masalalari

I.II. “Dahshat”, “Asror bobo”, “Boshsiz chavandoz” hikoyalarida 

ma’naviy qashshoqlikning ifodalanishi 

 

“Dahshat”  hikoyasining  bosh  qahramoni  Unsin.  U  ayol,  yosh  bo‘lishiga 

qaramay jabrga qarshi dadil bosh ko‘taradi, erk uchun kurashga kiradi, zolim bilan 

olishadi,  garchi,  bu  olishuvda  halok  bo‘lsa  ham,  kurashib,  zolimni  tahlikada 

qoldirib, uni ma’naviy jihatdan yengib, so‘ng halok bo‘ladi. Xuddi mana shu narsa 

qahramondagi  aktivlik  asardagi   dramatizmni  o‘tkirlashtiradi, unga  shiddatkor tus 

beradi. 

Hikoya  shiddatli    shamol  tasviridan  boshlanadi.  Yaydoq  daraxtlar  shoxida 

chiyillab,  g‘uvillab,  tomlarda  vishillab,  yopiq  eshik  va  darchalarga  bosh    urib  uf 

tortayotgan    kech  kuzak  shamoli  manzarasi  chiziladi.  Bu  manzara  go‘yo  bo‘lajak 

dahshatli hodisaning darakchisiday tuyuladi. Muallif tabiatning  dahshatli hodisasi 

tasviridan    darhol  odamlar  orasidagi  munosabatlar  tasviriga  ko‘chadi,  o‘quvchi 

diqqatini Olimbek dodho dargohiga jalb etadi: “Olimbek dodhoning sakkiz xotini 

katta  kundosh  Nodirmohbegimning  uyiga  yig‘ilib  sandal  atrofida  o‘tirishar  edi. 

Shunda  dodho  kirib  keladi.    Hamma  to‘zidi:  xotinlardan  biri  uning  sallasini  oldi, 

biri  chakmoniga  qo‘l  uzatdi,  biri  mahsisini  tortgani  chog‘landi...  Kundoshlarning 

eng  kichigi  –  bu  dargohga  tushganiga  besh  oygina  bo‘lgan  kelinchak  – 

ganjiravonlik  Unsinoy    chilim  solib  tutdi.”  G‘oyat    ixcham  lavha.  Shu  qisqa 

dramatik lavhaning o‘ziyoq dodho dargohi ayollar uchun zo‘rlik va zulm o‘chog‘i, 

kontrastlar uyasi ekanligidan dalolat berib turibdi. 

Sakkiz xotin, sakkiz xil xarakter. Biroq hammasi dodhoga mute. Shu mutelik 

ularning  zimiston hovlida  yashashga  majbur  qiladi.   Ular  hayotlaridan nolimaydi,  

go‘yoki    jannatda  yashayotgandek,    bu  mutelikka  qarshi  hech  bir  ayol  isyon 

ko‘tarmaydi.    Gapdan  gap  chiqib    dodhoning  katta  xotini  Nodirmohbegim    bitta 

qo‘ydan garov bog‘lashib  go‘ristonga pichoq sanchib kelaman deb halok bo‘lgan  

yigit  haqidagi  voqeani  aytib  beradi...  Bu  gap    hammaning  etini  jimillashtirib 

yuboradi. 



 

21 


Muallif  gapni  asosiy  masalaga  olib  kelib  taqaydi.  Mana  endi  xarakterlar 

orasidagi  bevosita to‘qnashuvlar tasvirida  ham  muallif vaziyat va holatni  birin-

ketin kuchaytirish, tobora keskinlashtirish, bir lavhachadan  ikkinchisiga tezkorlik 

bilan  o‘tish    yo‘lini  tutadi:  “Uzoq  jimlikdan  keyin  Unsin  yonida  o‘tirgan 

kundoshiga shivirlab: 

-  O‘lsin,  nokas  odam  ekan;  bitta  qo‘yni  deb...  koshki  arziydigan  narsa 

bo‘lsa! – dedi. 

Bu gapni dodho eshitib qoldi. Uning nafsoniyati qo‘zg‘aldi. Dodhoday odam 

go‘riston deganda tizzasi qaltirasa, birov “olamga podsho qilaman” degan taqdirda 

ham  bormasa,  borolmasa-yu,  bu  qiz,  mushtday    boshi  bilan  “arziydigan  narsa 

bo‘lsa men boraman” desa! 

Dodho g‘ashi kelib Unsinni masxara qildi: 

-  Obbo, tegirmonchining qizi!.. Bitta qo‘yni nazarlari ilmaydi! Nechta qo‘y 

bo‘lsa arzir edi?  Sen o‘zing  o‘nta qo‘y bersam pichoq sanchib kelasanmi?  Yuzta 

qo‘y, davlatimning yarmini bersam borasanmi?         

Unsinoy bozvontidagi tangalarni o‘ynab: 

-  Menga davlat kerak emas, davlat kerak bo‘lsa borar edim, - dedi. 

Bu gap dodhoga tegib ketdi. 

-  Nima kerak? 

Unsin  indamadi.    Dodhoning  savoli  javobsiz  qolishi  mumkin  emas  edi. 

Shuning  uchun  bittasi  gunoh  qilsa,  hammasi  baravar  kaltak  yeydigan  kundoshlar 

Unsinni turtkilashdi. 

-  Javob bersang-chi! 

-  Tildan qoldingmi?! 

Yonida o‘tirgan kundoshi tirsagi bilan  biqiniga ikki –uch turtganidan  keyin 

Unsin boshini ko‘tarib, balo-qazoday  tikilib turgan dodhoga bir ko‘z tashladi-yu, 

yana boshini egib, lekin dadil javob berdi: 

-  Javob  bersangiz...  Ganjiravonga  ketsam...  Bitta  go‘rga  bitta  pichoq  emas, 

o‘nta go‘rga o‘nta pichoq sanchib kelaman...” 



 

22 


Muallif  bu  yerda  ham  go‘yo  voqea  dinamikasiga  jindek  tormoz  berib  oladi. 

Unsinning  jasorati,  dadil  gapi  shu  zamonning  o‘zida  dodhoga  yetib  borganida  

qanaqa  jiddiy  vaziyat  yuz  berishi  mumkin  edi.  Shu  o‘rinda  dodho  obraziga  

ko‘proq  diqqat  qilishimiz  kerak,  chunki  bitiruv-malakaviy    ishimizda  oddiy  xalq 

hayotini  yoritishni  o‘z  oldimizga  maqsad  qilib  olganmiz.  Dodho  qarib  qolgan 

bo‘lsa  ham  uni  sakkizta  xotini  bor.  Uning  bir  oyog‘i  go‘rda,  go‘rdan  qo‘rqadi, 

biroq  uning  uyida  ochilmagan  gullar  parvona  bo‘lib  uni  parvarishlaydi.  U  bu 

yoshida sajdaga bosh qo‘yib, uyida xudo deb o‘tirishi kerak, to‘g‘rirog‘i, oqibati va 

oxiratini  o‘ylashi  kerak.  U  esa  qizi  tengi  qizga  uylanib  o‘tiribdi,  endi  esa  shu 

mushtdekkina  qizning  o‘zi  erkinligi  uchun  kurashi  dodhoga  yoqmaydi.  Biroq 

dodho  Unsindan  bunday  gapni  kutmagani  uchun    yanglish  tushunadi.  Bu  ham 

qarilikning alomati. “Tag‘in nima qilasan Ganjiravonda, borib kelganingga ikki oy 

ham  bo‘lgani  yo‘q-ku!”  –  deydi  u  Unsinga.  Vaziyatning  bu  xilda  o‘ng‘arilishi 

o‘tirganlarni  xursand  qiladi:  Nodirmohbegim  sandal  ichidan  oyog‘ini  uzatib 

Unsinning boldirini chimdiladi, “hayriyat , tushunmadi, bas gapirma”, deb  ishora 

qildi”. 


Shu o‘rinda Nodirmohbegim obraziga to‘xtalsak, dodhoning eng katta xotini, 

uni    ham  keksa  avlod  vakiliga  qo‘shsa  bo‘ladi,  chunki  kundoshlarining  ayrimlari 

uning  qizi  tengi  bo‘ladi.    Nodirmohbegim  Unsinga  ham  rahmi  keladi,  ham 

achinadi,  shuning  uchun  ham  dodho  bilan  bo‘lgan  konfliktda  vaziyatni 

yumshatishga  harakat  qiladi.  Hatto  asar  oxirida  Unsinning  o‘limidan  keyin, 

dodhoning  birinchi  rafiqasi  bo‘lishiga  qaramay  uning  kulbasidan  butunlay  ketadi. 

Bir  so‘z  bilan  aytganda  Nodirmohbegim  mehribon  ona  va  mehribon  kundosh 

sifatida tasvirlanadi. 

“Unsin jonidan kechgan kishining shijoati bilan dodhoga tik qaradi: 

-  Yo‘q  men  butkul  ketsam  deyman,  javobimni  bersangiz,  demoqchiman. 

Gapni aytgan Unsinu, boshqalar o‘tirgan joyida yerga qapishib ketdi”. 

   Bunday  shijoatni  kutmagan  dodho  lol  bo‘lib  qoladi.  U  o‘zini  qariganini 

balkim,  shu  joyda  yaxshiroq  xis  qilgan  bo‘lsa  kerak.  Biroq  muallif  bu  haqida 

to‘xtalmaydi. Dodho Unsin bilan muomala usulini   o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. 




 

23 


U  Unsinga  qabristonga  borib  pichoq  sanchib  kelishmas,  balki  qumg‘on  qaynatib 

kelishni buyuradi. Unsin rozi bo‘ladi, biroq dodhoga labzidan qaytmasligini aytadi. 

Dodhoning  dami  ichiga  tushib  ketadi.  Uning  fikricha,  bir  gadoyvachchaning 

dargohidan  ketishiga  oshiqishi  xuddi  haqorat  bo‘lib  tuyuladi.  Dodho  eski 

zamonning  eski  odamlaridan,  Unsinning  erkinlik  uchun  kurashi  unga  haqoratdek 

tuyulsa-da, biroq uni oshkor qilmaydi. Ich-ichidan Unsinning shijoatiga tan beradi. 

Biroq Unsinning qo‘rqitish usulini bir qanchasini qo‘llaydi. Ayniqsa maymunning 

qabristonga borishi, Unsinning yelkasiga chiqib olishi asosiy rejalaridan biri edi.   

Unsin  oldida turgan g‘ovlarning eng oxirgisi va jiddiysi bevosita dodho bilan 

bog‘liq  bo‘lib  chiqadi.  Bu  bilan  muallif  Unsin  boshiga  tushgan  hamma 

musibatlarning    chinakam  aybdori  dodho  ekanini  o‘quvchiga  yana  bir  bor  eslatib 

o‘tadi.  Mabodo,  Unsinning  go‘ristondagi  sarguzashti  va  sarguzasht  tufayli 

tug‘ilgan  dramatik  holati  hikoyadagi  bosh  ziddiyat  bilan  –  Unsin  va  dodho 

orasidagi  ziddiyat  bilan  bog‘liq  holda  olib  qaralmaganda,  Unsin  musibatlarining 

aybdori  dodho  emas,  balki  tabiat  stixiyasidangina  iborat  qilib  qo‘yilganda 

hikoyadagi  dramatizm  bu  qadar  o‘tkir  va  hayajonli  chiqmagan,  o‘quvchini 

bunchalik  to‘lqinlantirmagan  bo‘lar  edi.  Asarning  oxirida  Nodirmohbegim  va 

dodho  orasida  Unsin  tufayli  bo‘lib  o‘tgan  to‘qnashuv-janjal  haqida  ma’lumot 

beriladi, Nodirmohbegimning Unsinga ko‘rsatgan himmati qayd etiladi.  

Hikoyada  oddiy  xalq  hayotidan  dodho  va  Nodirmohbegimni  ko‘rishimiz 

mumkin. Asardagi qolgan obraz o‘rta yosh va eng yosh kabi obrazlarga bo‘linadi. 

Chunki  hikoyada  asosiy  obraz  ikkita  keksa  avlod  vakili  dodho  va    uning  katta 

xotini  Nodirmohbegim  bo‘lsa,  dohoning  sakkizinchi  xotini  yosh  obraz  sifatida, 

asarning  qahramoni  bo‘lib  gavdalangan  Unsin  obrazidir.  Asarning  mavzusi  ham, 

g‘oyasi ham bu uchala obrazga borib taqaladi. Ulardan biri ishtirok etmasa go‘yo 

asarning  mazmun  va  shakli  o‘zgargandek  bo‘lib  qoladi.  Yozuvchi  keksa  avlod  

vakillarining  xarakterini  ochishda  bevosita  yosh  avlod  vakillaridan  foydalangan. 

Agar  asarda  Unsin  bo‘lmaganda,  dodhoning  ham,  Nodirmohbegimning  ham 

xarakteri, hikoyadagi o‘rni ochilmay qolar edi.                 



 

24 


“Dahshat” hikoyasi  dramatik elementlarning mo‘lligi, syujet dinamikasining  

keskinligi,  kartinalarning  aniqligi,  xarakterlarning    lo‘ndaligi  jihatidan  boshqa 

hikoyalaridan  ajralib  turadi.  “Dahshat”  muallifning  o‘z  iborasi  bilan    aytganda, 

“o‘tmishning  o‘z  vaqtida    yozilmay  qolgan  hikoyalari”dan.  Unda  muallif  o‘zbek 

ayolining    burun  zamonda  ko‘rgan  kunini,  fojiali  taqdirini  ko‘rsatmoqchi. 

Payg‘ambar  yoshidan  oshib  qolgan  dodho  oilasiga  sakkizinchi  kundosh  bo‘lib 

kelgan  yosh  kelinchak  Unsinning    bu    dargoh  daxshatidan    qutilish  yo‘lidagi 

intilishi  va    bu  intilishning  barbod  bo‘lishi  asarning  asosiy  mazmunini    tashkil 

etadi.  

Demak,  asar qahramoni  – tengsizlik qurboni. Yozuvchi 30-yillarda  o‘tmish 

hayotidan    qator  hikoyalar  yozgan,  ularda  ijtimoiy  tengsizlik  qurboni  bo‘lgan 

kimsalar  taqdirini  tasvirlagan  edi.  Agar  “Dahshat”ni  o‘sha  hikoyalarga 

solishtiradigan  bo‘lsa, bu yerda muallifning anchagina ilgarilab ketganini payqash 

qiyin emas. Bu narsa hammadan burun asar qahramonining  faolligida, xarakterlar 

to‘qnashuvining keskinligida, dramatizmning o‘tkirligida  ko‘rinadi. 

Bu  hikoya  haqida  professor  Y.Solijonov  shunday  deydi:  “Qahramon 

psixologiyasini ochishda detallardan foydalanishning  eng yaxshi namunasi sifatida 

mashhur  “Asror  bobo”  hikoyasini  olish  mumkin  deydi.  Ma’lumki,  hikoyada 

Ikkinchi jahon urishi  yillarida  o‘zlarining baholi qudrat mehnati bilan umumxalq 

g‘alabasini  yaqinlashtirishga    munosib  hissa  qo‘shayotgan  oddiygina  o‘zbek  

oilasining  turmushi  tasvirlangan.  Hikoyani  tom  ma’nodagi    psixologik  asar  deb 

atash  mumkin.  Unda  ikki  qariya  –  Asror  bobo  bilan  kampirning  bir-biriga 

hamdardligini ko‘rsatish orqali  og‘ir urush yillarida  qaddini bukmagan  matonatli 

o‘zbek kishilarining xarakteriga xos ulkan fazilat ulug‘lanadi. Bu er-xotinning  bir-

biriga mehri, hurmati, bir-birini tushunishi va ehtiyot qilishidir. 

Chol  va  kampirning  katta  o‘g‘illari  Yodgor  urushda  halok  bo‘ladi.  Bu 

mudhish  xabarni  avval  ota,  keyin  ona  eshitadilar.  Ammo  ular  buni  bir-birlaridan 

yashiradilar,  har  biri  dardni  o‘z  ichiga  yutadi.  Yonma-yon  o‘tirganlarida    iloji 

boricha  o‘zlarini  xursand,  bardam  tutishga  urinadilar.  Lekin  kasalni  yashirsang, 

isitmasi  oshkor  qiladi.  Ana  shu  isitmaning  darajasini  muallif  nihoyatda    ishonarli 




 

25 


iboralar  va  detallar  yordamida  ko‘rsatib  beradi.  Adib  ayriliq  dardi  Asror  boboni 

ichdan yondirayotganini, uning otashi tashqi qiyofasiga ta’sir etganini quyidagicha 

tasvirlaydi: “Haydar ota yer ostidan uning yuziga qaradi. Nazarida Asrorqul yana 

ham  qoraygan  va  hozir  vujudidagi  tutun    chiqib  ketayotganday  ko‘rindi.”  Asror 

bobo-yu  erkak  kishi,  ko‘cha  odami  deylik.  U  o‘zini  ish  bilan  ovutadi,  tanish-

bilishlari orasida bo‘ladi va dardini bir oz unutadi. Bechora ona bu dardni qandoq 

ko‘taradi?  Chunki  u  doimo  uyda  o‘tiradi,  yolg‘iz,  gaplashay,  ko‘nglimni  yozay 

desa,  kunduzi  yonida  hech  kim  yo‘q.  Vahimali  o‘ylar  uni  og‘ir  yuk  bo‘lib  ezadi, 

holdan toldiradi. Tabiiyki, alamini eridan olgisi keladi. 

Kampir Asrorqulning do‘sti Haydar ota kelganidan foydalanib, choli o‘g‘lidan 

kelgan xatlarni ancha vaqtdan beri ko‘rsatmayotganini aytib, avval xarxasha qiladi. 

Keyin uyiga kelib, bilmasdan hol  so‘rab qo‘ygan Abdumajiddan o‘g‘lining halok 

bo‘lganini  eshitib,  “Kampir  tovush  chiqarmay  kuyinib  yig‘ladi”  va  Haydar  otaga  

“O‘rtog‘ingizga  aytmang”  deb  tayinladi.  Haydar  ota  bu  sovuq  xabarni  eshitgach, 

yuragi orziqib tiligacha muzlab ketdi”.

7

  



   Asardan  ko‘rinadiki,  oddiy  xalq  hayoti,  Haydar  ota,  Asror  bobo  va  uning 

kampiri  bosh  qahramon  sifatida  tasvirlanadi.  Voqealar  rivoji  ham  shu  uchchala 

qahramon o‘rtasida kechadi. Shu qahramonlar xarakterini, holatini ochib berishda 

xat va Abdumajid obrazi  muhimdir. Chunki  o‘g‘ilni o‘limi haqidagi xabarni chol 

ham  kampir  ham  biladi,  biroq  bir-biridan  yashiradi.  Haydar  ota  aslida  Asror 

boboning  uyiga  boshqa  bir  niyat  bilan  keladi,  biroq  kampirning  cholidan  gina- 

qudrati uni shoshirib qo‘yadi.   

Haydar ota va Asror boboning xarakterini ochishda bola personaji muhimdir. 

Chunki  Asror  bobo  do‘sti  Haydar  ota  haqida  shogirdiga  ko‘p  va  xo‘p  gapirib 

bergan bo‘ladi. Kampiri Yodgorning o‘limini Haydar otaga aytgandan so‘ng Asror 

boboga  aytmasligini  so‘radi.  Haydar  baribir  kampirning  irodasiga  ishonmasdan 

Asror boboning samovarida bir piyola choy ichib suhbatlashishni  taklif qiladi va 

bunga  erishadi  ham.  Chollar  o‘zaro  suhbatlashayotganda  Asror  bobo    Haydar  ota 

uning oldiga ikkita narsani so‘rash uchun kelganini eslatadi.  

                                                           

7

 Солижонов Й. Сўз сеҳргари. Тошкент, Ниҳол, 2007 йил, 8-9-бет.  




 

26 


“Haydar  ota  unga    “men  sendan  ikki  narsani  so‘ramoqchi  bo‘lib  keldim” 

deganida    Yodgorboydan  kelgan  xatlarni  ko‘zda  tutgan  edi,  hozir  nima  deyishini 

bilmay, shoshib qoldi. 

-  Ikkinchisi, endi, o‘zing bilasan... Yodgorboydan xat kelmay turgan bo‘lsa, 

kampirni shunaqa ovuntirib turganing ham tuzuk... kelib qolar. 

Asrorqul  uzoqdagi  ko‘m-ko‘k  adirlarga  soya  solib  turgan  oppoq  bulut 

parchalariga qarab jim qoldi; anchadan keyin chilim  solib chekdi. 

-  Qanchadan beri xat kelmaydi?- dedi Haydar ota. 

-  Anchadan beri. 

Haydar  ota  yer  ostidan  uning  yuziga  qaradi;  nazarida    Asrorqul  yana  ham 

qoraygan va hozir vujudidan tutun chiqib ketayotganday ko‘rindi. 

-  Kelib qolar, do‘stim, har xil xayollarga borma. 

Asrorqulning ko‘z atrofi qizarib, yuzida soxta tabassum aks etdi. 

-  Nima  xayolga  borar  edim?  Yodgorboy  ovga  borgani  yo‘q,  urushga 

borgan!.. 

Kampirga 

bildirmasang, 

rostini 


aytaman. 

Kampirga 

aytma, 

ko‘tarolmaydi... Qora xat kelgan! 

Haydar  ota  kampirning  eshitganini  aytishini  ham  bilmay,  aytmasligini  ham 

bilmay, bir lahza o‘ylanib qolgan edi, Asrorqul: 

-  Ha,  eshitganmiding? – dedi. 

 Haydar  ota  birining  bilganligini  ikkinchisidan    yashirishga  qaror  berdi, 

chunki birining qayg‘usi ikkinchisining qayg‘usiga qayg‘u qo‘shishiga ko‘zi yetib 

qoldi”


8

.  


Abdulla  Qahhor    qahramonlarining  ruhiy  holatini    ana  shunday  parallel 

ravishda  chuqur  tahlil  qiladi.  Yozuvchi  Asrorqul    bilan  kampirning  ichki  olamini 

xatti-harakatlariga    mos  ravishda  nutqlari  zimmasiga  yuklaydi.  Ona  har  doim 

o‘g‘lini  eslaydi.  Ayonki,  uning  kuchi  faqat  yig‘iga  yetadi.  O‘choq  boshida  ham, 

dasturxon  ustida  ham  betoqat  bo‘lib  o‘tiradi.    Kampirning  dasturxon  ustidagi 

xarxashasining  boisi  o‘g‘lining  sog‘inganligi  bo‘lib,  adib  tomonidan    nihoyatda 

xarakterli  detallar  va  iboralar  orqali  ishonarli  yoritilgan.  Ko‘zi  yoshlanganiga 

                                                           

8

 Абдулла Қаҳҳор. Анор. Тошкент. Ғ.Ғулом номидаги нашриёт, 2005 йил,102-бет.  




 

27 


o‘tinni,  bolasiga  oshdan  ilinganiga  cholining  turp  chaynashini  bahona  qilishi 

xarakter tabiatini nihoyatda ochib yuborgan. 

Asarda  Asror  bobo  bilan  kampir  sadoqat  timsoli  bo‘lib  tasvirlanadi.  Ular 

hamdard, hamfikr bo‘lgan do‘stlari Haydar ota esa mehribon, do‘sti uchun hamma 

narsaga  tayyor  personajdir.  Bunaqangi  sadoqatli  chol-kampir,  qariya  do‘stlarni 

hozirgi kunda uchratish dushvor. Shuning uchun bo‘lsa kerak oradan shuncha  vaqt 

o‘tgan  bo‘lsa-da,  hikoya  o‘z  qadr-qimmatini  yo‘qotmagan.  O‘ylaymanki  ushbu 

hikoya hozirgi yoshlarimizga ham o‘rnak bo‘ladi. 

Yozuvchining  ilk  hikoyalaridan  biri  bu  -  “Boshsiz  chavandoz”. Bu  hikoyada 

ham  oddiy  xalq  hayoti  tasviri  berilgan.  Asar  qahramonlari  usta  Abdurahmon, 

Nisobuvi, Mehri va Faxriddin. Oddiy xalq hayoti Nisobuvi va Abdurahmon  ham 

yoshlik  yillarini  yozuvchi    Faxriddin  va  Mehri  xarakteri  bilan  parallel  tarzda 

tasvirlaydi.  “Yozuvchining  usta  Abdurahmon,  Nisobuvi,  Mehri  xarakterining 

tiniqlashuvi  ustida  olib  borgan  kuzatishlari  va  tuzatishlari  ham  ibratlidir.  Ilk 

nushada esa usta  Abdurahmon hali Nisobuviga uylanmay turib u bilan gaplashadi 

va o‘ziga o‘zi xarakteristika beradi. So‘z orasida  “Bular (qizlar demoqchi) uchun 

alohida    qozon  qo‘yarmiding”  degan  ibora  ham  bor.  Keyingi  nushada    esa  usta 

Abdurahmonga  xarakteristikani  sovchi  beradi  va  u  “Bular  uchun  alohida  qozon 

osilarmidi” deya chinakam o‘zbekona iborani ishlatadi. Mana shu so‘z xalq tili va 

tushunchasiga  ko‘proq  mos  keladi.  Chunki  qozon  o‘choqqa  qo‘yilmaydi,  balki 

osiladi. Qumg‘on bo‘lsa, boshqa gap edi”

9

.   



Nisobuvining eri o‘lib ikkita qizi bilan yolg‘iz qoladi va  usta Abdurahmonga 

turmushga  chiqadi.  Vaqt  o‘tib  qizlari  katta  bo‘lib,  katta  qizi  Mehrini  cholning 

o‘g‘li  Faxriddinga uzatishadi.  Mehri  homilador  bo‘ladi  va  bola  boshsiz  tug‘iladi.  

Faxriddin  kasalxonada  yotgan  xotinini  ko‘rgani  bormaydi.  Nisobuvi  aytgandan 

keyin dadasidan ruxsat olib keyin borib keladi. “Chorshanba  bozor kuni edi. Usta 

Abdurahmon Faxriddinga ikki so‘m pul berdi. 

-  Ma,  yo‘ldan  mayda-chuyda  ol.  Kirganingdan  keyin  avval  so‘ra,  yengil 

bo‘lsa “hayriyat” degin. Sening yo‘qliging uchun uyda tura olmayotibman. Yomon 

                                                           

9

 Солижонов Й. Сўз сеҳргари. Тошкент. Ниҳол 2007, 16-бет. 




 

28 


bo‘lar  ekan  degin”

10

.  Faxriddin  kasalxonaga    borib  otasining    gapini  oqizmay-



tomizmay xotiniga aytadi. Mehri kasalxonadan chiqqandan so‘ng  Nisobuvi ikkala 

qizi bilan bosh olib chiqib ketadi.  

Asarda  usta  Abdurahmon  jahldor,  pishiq,  ziqna  chol  ma’naviy  jihatdan 

qashshoq  qilib  tasvirlanadi.  Nisobuvi  esa  mehribon  ona,  erga  tik  qaramaydigan 

sodda  ayol  sifatida  tasvirlanadi.  Hikoyadagi  bu  choli-kampirlar  yozuvchining 

boshqa  asarlarida  ifodalangan  oddiy  xalq  hayotidan  farq  qiladi.    Bunga  asosiy 

sabab,  cholda  ham  kampirda  ham  o‘gay  farzandning  borligi,  shuning  uchun  ham 

ular inoq cholu kampirlar emas. 

Ko‘rinadiki, Abdulla Qahhorning bu uch - “Dahshat”, “Asror bobo”, “Boshsiz 

chavandoz”  hikoyalarida  xalq  hayoti  tasviri  ota-ona,  er-xotin,  ona  va  qiz,  ota  va 

o‘g‘il  munosabatlarida ko‘zga tashlanadi. Adibning har bir hikoyasida oddiy xalq 

hayoti  ifodalanadi.  Hikoyalarda  ma’naviy  qashshoqlikdan  ko‘ra  moddiy 

qashshoqlik ko‘zga ko‘rinadi. Agar adibning “Dahshat” hikoyasidagi  Unsin obrazi 

boy  xonadonning  farzandi  bo‘lganida,  otasi  tengi  cholga  sakkizinchi  xotin  bo‘lib 

tegmas edi.  

“Boshsiz chavandoz” va “Asror bobo” hikoyalarida  moddiy qashshoqlikdan 

ko‘ra  ma’naviy  qashshoqlik  ko‘proq  aks  etgan.    Lekin  diqqat  bilan  qaralsa,  bu 

uchala hikoyada ham bosh omil bu moddiy qashshoqlikdir. Ma’naviy qashshoqlik 

ham  aks  etgan,  biroq  moddiy  qashshoqlik  uni  yengib  o‘tgan.  Adibning  har  bir 

asarida, moddiy va ma’naviy qashshoqlik parallel holda tasvirlangan.   

Abdulla  Qahhor  asarlarida  ma’naviy  qashshoqlikdan  ko‘ra  moddiy 

qashshoqlik  ustun  turadi.  “Dahshat”,  “O‘g‘ri”,  “Bemor”,  “Anor”  hikoyalarida 

moddiy  qashshoqlik  birinchi  o‘ringa  chiqadi.  Chunki  bu  hikoyalardagi  obrazlar 

moddiy qashshoqlik tufayli taqdirlari ayanchli tusga kiradi va fojia bilan tugaydi.  




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish