O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti


I.I. Abdulla Qahhorning “Anor”, “O‘g‘ri” hikoyalarida xalq



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana28.09.2021
Hajmi0,66 Mb.
#188416
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
abdulla qahhor va ulugbek hamdam hikoyalarida ijtimoiy-manaviy qashshoqlik masalalari

I.I. Abdulla Qahhorning “Anor”, “O‘g‘ri” hikoyalarida xalq 

hayotining tasviri 

 

Hikoya 


epik 

turga 


mansub. 

Hikoya 


janrining 

bu 


xususiyati 

adabiyotshunoslikda 

yaxshi 

o‘rganilgan  emas.  Bu  masalada  ko‘pgina  

chalkashliklar bor. Ba’zi adabiyotshunoslar  hikoya janrining epiklik xususiyatini 

nazar-pisand  qilmaydilar,  hikoyaning  shaxs  taqdiri  va  shu  orqali  sharoitni 

ko‘rsatishdagi  imkoniyatlarini  mumkin  qadar  toraytirib,  cheklab  ko‘rsatadilar. 



 

12 


Ularning  fikricha,  “hikoya  birgina  voqea  asosiga  quriladi”,  “hikoyada  inson 

xarakteri  birgina  voqea,  birgina  epizod  orqali  tasvir  etiladi”.    To‘g‘ri,  bunday 

mulohazalarda    ozmi-ko‘pmi  haqiqat  bor,  lekin  ular  hikoya  janrining    umumiy 

xususiyatlarini  emas,  balki  bu  janrning  ayrim  xususiyatlarini,  aniqrog‘i, 

hikoyaning  ayrim  turiga    xos  xususiyatlarni  o‘z  ichiga  oladi,  xolos.    Bu  fikr 

Abdulla  Qahhor  ijodiga  tatbiq  etiladigan  bo‘lsa,  haqiqatan  ham  uning    ba’zi 

hikoyalari  birgina voqealar asosiga  quriladi

3

.      



Abdulla  Qahhor  hikoyalari  xatti-harakatlar,  to‘qnashuvlar  va  ziddiyatlar 

jarayonini  –  hodisalar  dramatizmini  ko‘rsatish  usuli  jihatdan  ma’lum  darajada 

dramatik  asarga  o‘xshab  ketadi.  Adib    hadeb  voqealarga  aralashvermaydi,  xuddi 

dramadagi    kabi  voqea  va      xarakterlarni  xolis  turib  tasvir  etadi,  hikoyalardagi 

voqealar,  qahramonlarning  xatti-harakati  shundoq  kitobxon  ko‘z  o‘ngida 

gavdalanib  turadi,  xarakterlar  doim  harakatda  beriladi,  xarakterlar  to‘qnashuvi 

tezda  keskin  rivojlanib  boradi,  dialoglar  mo‘l  va  shiddatkor  bo‘ladi,  butun  boshli 

asar bir yoki bir necha dramatik kartinalardan tashkil topadi. Asardagi badiiy tasvir 

vositalari,  jumladan,  portret  va  peyzaj  ham  harakatda  beriladi,  ular  voqealar 

rivojida,  xarakterlar  psixikasini  ochishda,  asar  ideyasini  ifoda  etishda  ma’lum 

funksiyani ado etadilar.  

Abdulla  Qahhor  qalamiga  mansub  “Anor”  hikoyasi  30-yillarda    sho‘ro 

istibdodi  kuchaygan  mafkuraviy  tazyiq  davrining  mahsulidir.    “Anor”  30-

yillarning,  ya’ni  sotsrealizmning  shafqatsiz  zanjirlari  ostida    badiiylik  g‘oya 

tashuvchisiga  aylangan  davrning  mahsuli.  Haqiqiy  badiiy  asar    qaysi  davrda 

yaratilmasin  va  qaysidir  o‘rinda  mafkura  tazyiqiga    bo‘yin  eggan  bo‘lmasin,  u 

badiiylik  qoidalari  asosida  yaratiladi,  bo‘ysunish  kerak  bo‘lsa,  badiiyat 

qonunlarigagina bo‘ysunadi degan talab bilan  yondashganda  Qahhorday “har bir 

so‘zida    ijtimoiy  ruh  ufurib  turgan”(O.Sharafiddinov)    adibning  ixcham  bir 

hikoyasi  struktural  tahlilning  qat’iy  andozalariga    dosh  berarmikin,  degan  gumon 

ham  yo‘q  emas.  Qolaversa,  hozirgi  poststrukturalizm  postmodernizmga  sinonim 

                                                           

3

 Қўшжонов М, Норматов У. Маҳорат сирлари.  Самарқанд, 1968 йил, 30-бет. 




 

13 


sifatida    qaralayotgan  bir  davrda    ushbu  tahlil  usulining  imkoniyatlarini  yana  bir 

karra esga olmoq  mavridimikan, degan shubha ham tug‘ilishi mumkin.  

4

   


Hikoya  janrining  xos  xususiyatlari  haqida    jahon  hikoyasozlaridan    biri 

Somerset  Moem  shunday  ta’rif  beradi:  “Hikoya  o‘n  minutdan  bir  soatgacha  vaqt 

oralig‘ida  o‘qiladigan,  tahrirda  hech  narsa  qo‘shib  bo‘lmaganidek,  undan  hech 

narsani  ham uzib olib tashlab bo‘lmaydigan badiiy butunlik ”. 

Abdulla  Qahhor  hikoyalari    epigrafdan  boshlanadi:  “Uylar  to‘la  non,  och-

nahorim bolam, Ariqlar to‘la suv, tashnai zorim bolam”(O‘tmishdan).  

“Anor”  hikoyasi  ham    o‘zining  hayotiy  voqealari  bilan  o‘quvchini  o‘ziga 

tortadi.  Hikoyada  yoshgina  oila  tasviri    beriladi.  Hikoya  Turobjonning  uyiga 

shoshilib  kelishidan  boshlanadi.  Uning  shoshilishi  natijasida  yaktagining  yengi 

yirtiladi,  erning  kelishini  orziqib  kutgan  xotin  esa  unga  shoshilib  tuyilayotgan 

jo‘xorisini  to‘kib  yuboradi.  Zo‘rg‘a  kun  kechirayotgan  oila  uchun  bu  og‘ir 

ko‘rgulik,  biroq  bu  ikkala  yosh    bu  ko‘ngilsiz    hodisaga  e’tibor  bermaydilar.  

Turobjon bir necha kundan beri yuzi yorishmagan xotinini quvontirmoqchi, xotini 

esa,  hamma  narsadan  aziz  bilgan  mevasini    tugunchada  ko‘rmoqchi.    Er  esa 

tugunchani xotinining qo‘liga tutqazib qo‘ymaydi, uni orqasiga yashirib, tegishdi.  

Asarda  yosh  kelin-kuyovning    o‘zbekona  oilaga  xos  holati    aniq  tasvirlanadi. 

“Akajon,  degin!”-  yalintirmoqchi  bo‘ldi  er.  “Akajon!  Jo-on  aka!...”    -  Turobjon  

kutganidan  ortiqroq  javob berdi xotini.   Er  kutganiga  erishsa ham  bo‘sh kelmadi; 

“Nima  berasan!”  Xotin  bisotidagi    borini  o‘rtaga  soldi;  “Umrimning  yarmini 

beraman!...”  Umrining  qolgan  yarmi  o‘tib  bo‘lgandi,  shuning  uchun  ham  dono 

xotin    qolganini  eriga    bag‘ishlashini  aytdi.  Er  rozi  bo‘ldi  shekilli:  “Tugunchani 

berdi. Xotini shu yerning o‘zida, eshik oldida o‘tirib tugunchani ochdi-da,  birdan 

bo‘shashib ketdi... ”. Tugundan xotin kutgan narsa chiqmaydi, balki er noyob deb 

bilgan  asalarining  uyasi  bo‘ladi.  Kambag‘al  xotin  umrida  asal  yemagan,  aslida 

buni  ko‘rib  quvonib  ketishi  kerak  edi,  biroq  u  quvonib  ketmadi.  Xotinining 

quvonib  ketmaganini  ko‘rgan,  uni  ustiga  yerga  to‘kilgan  jo‘xori,  yengi  yirtilgan 

yaktak,  hammasini  bir-bir  ko‘z  oldidan  o‘tkazgan  Turobjon  tutoqib  ketadi  va 

                                                           

4

 Болтабоев H, Теранлик., Адабиётимиз фахри. Тошкент: Узбекистон, 2007 йил, 203-бет. 




 

14 


xotiniga  baqiradi.  “Axir  boshqorong‘i  bo‘l,  evida  bo‘l-da!  -dedi  do‘ppisini 

qoqmasdan boshiga kiyib, -anor, anor....Bir qadoq anor falon pul bo‘lsa!”.    

Bu  gap xotiniga yomon ta’sir qiladi.  Yozuvchi o‘zbek ayolining xarakterini, 

milliyligini,  oilaning  muqaddasligini  shu  Turobjonning  xotini  orqali  ifodalab 

beradi. Hikoyada obrazlarning xarakterini qisqa va lo‘nda so‘zlar orqali   ko‘rsatib 

beradi.  Ovqatlanish  jarayoni,  undan  keyingi  uyning  orqa  tomoniga  o‘tib    qayt 

qilishi, erning tutoqishi, xotin bilan urishish uchun bahona qidirishi o‘zbek erlariga 

xos  tasvirlangan.  Ayniqsa,  xotinning  asalning  puliga  anor  berishini    aytganda  

Turobjonning javobi  yanada achinarli tasvirlanadi. “ Berar edi. Anor  olmay  asal  

oldim...  Ajab  qildim,  jigarlaring  ezilib  ketsin!”   So‘nggi  iboraga    adib  anchagina 

badiiy yuk yuklaydi. Ayol kishi, ayniqsa, boshi qorong‘i ayol  uchun bundan ortiq  

haqorat bo‘lmasligini  hikoya  davomida  ikki   bor  eslatadi. 

“Anor”    hikoyasi  yoshlar  obrazi  asosan  Turobjon  ,  ayollar  obraziga  esa  uni 

xotinini  olish  mumkin.  Abdulla  Qahhorning  har  bir  hikoyasida  yoshlar  obrazi 

asosiy  rol  o‘ynaydi.  Turobjon  obrazi  orqali  30-yillardagi  kambag‘al  o‘zbek 

oilasining  erkagi  tasvirlanadi.    Turobjon    har  qancha  harakat  qilmasin,  xotinini 

ko‘nglini  olmasin,  baribir  uni  yegisi    kelgan  narsani  topib  bera  olmaydi.    Oxiri 

ayolining  ko‘nglini  olish  uchun  o‘g‘irlikka  qo‘l  uradi.  Asarda  bir  qarasang 

Turobjon  bo‘sh-bayov,  qo‘polroq  qilib  aytganda,  lapashang  qilib  tasvirlanadi. 

Hikoyani  tahlil  qilish  jarayonida    shunga  amin  bo‘ldikki,  Turobjon  biz 

o‘ylaganchalik , lapashang emas, aksincha, mas’uliyatli, erkak  sifatida ko‘ramiz, 

chunki u  oilaning, xotinining rayiga qarab, xatto anor o‘g‘irlashgacha boradi. 

Turobjonning  xotini  og‘ir,  bosiq,  sodda  o‘zbek  ayoli.  U    faqat  erini,  oilasini 

biladi.  U  uchun  oila  muqaddas.  Biroq  boshi  qorong‘i  xotin  uchun  faqat  anor 

ko‘rinadi. Shu anorni deb er-xotin o‘rtasida janjal chiqadi.   

“Xotin  bu  gapni    shikoyat  tarzida  aytdi,  ammo  Turobjon  buni  ta’na  deb 

tushundi. 

-  Nima, men seni olganimda kambag‘alligimni yashirganmidim? Erkaboyga 

o‘xshab chimildiqqa birovning to‘ni, kavush-maxsisini kiyib kirganmidim? Bunda 

yarmoning bo‘lsa hali ham serpulroq odamga teg. 




 

15 


-  Ikkita anor uchun xotiningizni serpul odamga oshirgani uyaling! 

 Bu  gap  Turobjonning  hamiyatiga  tegdi.  “Jigaring  ezilib  ketsin”  degani 

xotinga qancha alam qilgan bo‘lsa, bu gap Turobjonga shuncha alam qildi. 

-  E, hoy, anor olib bermadimmi? – dedi Turobjon mayin tovush bilan, ammo 

bu mayin tovushdan qo‘rqqulik edi, - sira anor olib kelmadimmi? 

-  Yo‘q! – dedi xotin birdan boshini burib.  

-  Turobjonning boshi g‘ovlab, ko‘zi tindi. 

-  O‘tgan bozor kuni yegan anoringni o‘ynashing olib kelganmidi?! 

-  O‘ynashim olib kelgan edi! 

 Turobjon bilolmay qoldi: xotinning yelkasiga tepib, so‘ngra o‘rnidan turdimi, 

yo  turib keyin tepdimi; o‘zini obrezni oldida ko‘rdi. Xotin rangi oppoq, ko‘zlarini 

katta-katta ochib  unga vahimali nazar bilan qarar va boshini chayqab pichirlar edi: 

-  Qo‘ying... Qo‘ying... 

Turobjon chiqib ketdi. Birpasdan keyin ko‘cha eshigi ochilib yopildi.”

5

 

Ruhiy jarayonlar tasviridagi san’atkorlikni qarangki, shu hodisadan keyin er-



xotin  orasidagi  “ziddiyat”  keskinlashish  o‘rniga  birdan  bo‘shashib  ketadi,  xotin 

eridan  kaltak  yesa  ham  undan  sira  xafa  emas,  aksincha,  eriga  qattiq  gapirganiga 

pushaymon, er sho‘rlik bo‘lsa yana xotin ko‘nglini ovlash, ovitish payida  nihoyat, 

u  xotinini  deb  qaltis  ishga  qo‘l  uradi,  xotinini  ko‘ngli  uchun  o‘g‘irlik  qiladi! 

Bunday  ruhiy  holat  va  xatti-harakat  tasviri  asar  g‘oyasini  yana  ham  ochib 

yuboradi, inoq oilaning tinchini buzgan, halol odamlarni  nojo‘ya  ishlarga majbur 

etgan narsa ijtimoiy tengsizlik, adolatsizlik ekanini yana bir bor tasdiq etadi. 

Ko‘rinib  turibdiki,  hikoyadagi  har  bir  holat,  xatti-harakat  zamirida  inson 

qalbining  jilosi  yotibdi,  shu  jilolardan  xarakter  jamoli  namoyon    bo‘lyapti,  asar 

ideyasi  tug‘ilyapti.  Faqat  “Anor”dagina  emas,  mashhur  hikoyalarining  barchasida 

yozuvchi  inson  qalbini,  uning  qalbidagi  ruhiy  jarayonlarni  ko‘rsatishga  katta 

e’tibor  beradi;  bu  narsa  yozuvchini  allaqachon  e’tiqodiga,  ijodidagi  bosh  estetik 

prinsiplaridan biriga aylanib qolgan. 

                                                           

5

 Абдулла Қаҳҳор. Анор. Тошкент.: Ғ.Ғулом номидаги нашриёт, 2005 йил, 76-бет.  




 

16 


“O‘g‘ri” da ham oddiy xalq hayotidan  biri  Qobil bobo. U asarda jabrdiyda 

chol bo‘lib tasvirlanadi. “Dahshat” hikoyasidagi dodho bilan bir zamonda yashasa-

da,  biroq  undan  farqi  katta.  Dodho  boy-badavlat,  sakkizta  xotini  bo‘lishi  bilan 

birga,  aql-farosati  ham  joyida  zulmkor  shaxs  bo‘lib  tasvirlanadi.  “O‘g‘ri”  

qahramoni haddan tashqari go‘l, nodon odam, uning faolligi ham aslida nodonlik, 

go‘llik  oqibati;  u  o‘z  raqiblariga  qarshi  turish, ularni  dushman  deb  bilish  o‘rniga, 

ularga  o‘zini  yaqin  oladi,  dushman  bilan  do‘st  tutinadi,  ulardan  yaxshilik  kutadi, 

ularning ketidan tinmay yuguradi. Qobil boboning eng qaltis, ayanchli vaziyatdagi 

holati  ham,  najot  yo‘lidagi  faol  xatti-harakatlari  ham  kitobxonga  kulgili  bo‘lib 

tuyulaveradi. Ammo shu o‘rinda bu kulgu fosh etuvchi tahqirlovchi kulgi emas, bu 

kulgi  zamirida  oddiy  odamga  nisbatan  zo‘r  hurmat,  oddiy  odamni  shu  kuylarga 

solib  qo‘ygan  muhitga  nisbatan  kuchli  nafrat  bor.  Qobil  bobo  kulgili  bo‘lib 

ko‘ringan xatti-harakatlari bilan ham  kitobxon simpatiyasini o‘z tomoniga tortadi. 

Kitobxon  uning  nodonlarcha  qilgan  xatti-harakatlarini  ko‘rib  kuladi,  ayni  vaqtda 

uning nochor ahvoliga achinadi, qayg‘uradi.   

Ma’lumki, asarda  Qobil bobodan  tashqari yana bir necha salbiy personajlar – 

ellikboshi,  amin,  pristav  obrazlari  bor.  Asarda  bu  obrazlarning  yoshi 

ko‘rsatilmagan bo‘lsa-da, ular ham oddiy xalq hayotidan deb hisoblaymiz. Chunki  

ellikboshi    ham  ko‘rdi,  amin  deganda  yoshi  ellik  besh-oltmish  besh  yoshlardagi, 

qorin solgan keksa avlodni tushunamiz. Hikoya voqeasi davomida Qobil bobo  ular 

bilan  bir  necha  bor  to‘qnashadi.  Yozuvchi  mahorati  shundaki,  salbiy  personajlar 

tasvirida  ham  asarning  umumiy  ruhiga  mos  ritmika    to‘la  saqlanadi,  salbiy 

personajlar bilan bog‘liq  hodisalar ham kulgili tarzda davom etaveradi. Ammo gap 

salbiy  personajlar  ustiga  ko‘chganda  kulgining  xarakteri  o‘zgaradi,  u  qahrli, 

kinoyali – kesatiq tusini oladi.  

  “Qobil  boboning  qo‘shnisi  –  burunsiz  ellikboshi  kirdi.  U  og‘ilga  kirib 

teshikni,  ho‘kiz    bog‘langan  ustunni  qimirlatib  ham  ko‘rdi,  so‘ngra  Qobil  boboni 

chaqirdi va pang tovush bilan dedi: 

-  Ho‘kizing hech qayoqqa ketmaydi, topiladi! 



 

17 


    Uning  og‘ilga  kirib    qilgan  taftishi    Qobil  boboga    bir  umid  bag‘ishlagan 

edi, bu so‘z haddan ziyod sevintirdi. Chol yig‘lab yubordi. 

-  Xudo xayr bersin... Ola ho‘kiz edi... 

...  Ellikboshi  O‘g‘ri  teshgan  yerni  yana  bir  ko‘rdi.  Qobil  bobo,  qo‘l 

qovushtirib, uning ketidan yurar va yig‘lar edi. 

-  Yig‘lama,  yig‘lama,  deyman!  Ho‘kizing  oq  poshsho  qo‘l  ostidan  chiqib 

ketmagan bo‘lsa topiladi”

6



   Qobil  boboning    ellikboshi  bilan  uchrashuvi  tasvir  etilgan  bu  parchadagi  

nutq ohangi asar qahramonini yanada yorqinroq xarakterini ochib beradi. Keksa bir 

cholga bu ohangda gapirish, qolaversa uni ishini hal qilib bermasdan mujmal, aniq 

javob  aytmaslik,  ayniqsa  Qobil  bobo  unga  ishonishi  mohirlik  bilan  tasvirlangan. 

Ellikboshining  xatti-harakatlari  qalbaki  ekani  bilinib  turibdi,  unda  cholga 

chinakam  yordam berish  istagi  mutlaqo yo‘q, ellikboshining cholga degan  madad 

qo‘llari sekin-asta uning cho‘ntagiga tushadi, u sodda cholni laqillatadi.  Sodda sol 

uning gapiga kirib amin oldiga boradi va yerdan ham hech qanday naf chiqmaydi. 

Qobil bobo esa ho‘kizining topilishiga umid bilan qaraydi va ishonadi. 

 Hikoyadagi  “Cholning  butun  bo‘g‘inlari  bo‘shashib  ketdi,  keyin  tutoqishdi, 

ammo go‘rda bir narsa deya oladimi?” degan jumla e’tiborni tortadi. “O‘g‘ri”ning 

ayni damda ruhan g‘orat bo‘lish oqibatida itoatkor qul holiga kelib qolgan, insonga 

nomunosib  hayot  kechirishini  anglamaydigan,  uni  tahqirlaydigan  boylar, 

amaldorlar  qarshisida  o‘zining  ojiz  ekaniga  ko‘nikkan,  qalbida  adolatsizlikka 

qarshi  norozilik  ruhi  butkul  so‘ngan  mute  kishilarning  ojizligi  haqqoniy  aks 

ettirilgan. 

A.Qahhor “O‘g‘ri” hikoyasida takabbur amaldorlar qiyofasini cheksiz istehzo 

bilan ko‘rsatadi. Hikoyada ho‘kizini o‘g‘ri urganidan nima qilishini bilmay “dag‘-

dag‘ titrab, tizzalari bukilib-bukilib ketayotgan, ko‘zlari jovdirab hammaga qarasa-

da hech kimni ko‘rmayotgan Qobil bobo” huzuriga iltijo bilan kelganida amin uni 

“og‘zini  ochmasdan  qattiq  kekirib,  baqbaqasini  osiltirgancha  kulib”  bepisandlik 

bilan  qarshi  oladi.  Adib  uzundan-uzun  tafsilotlarsiz  bu  amaldorning  bo‘kkanicha 

                                                           

6

 Абдулла Қаҳҳор. Анор. Тошкент, Ғ.Ғулом номидаги нашриёт, 2005 йил, 77-бет 




 

18 


miriqib  ovqatlangani,  kunlari  yeb-ichish,  maishat  bilan  o‘tganidan  semirib, 

boqilgan  ho‘kizday  baqbaqasi  osilib  ketganiga  e’tibor  qaratadi.  Qobil  bobo  iltijo 

qilib,  qo‘l  qovushtirib  ro‘parasida  turgan  paytda  uyat,  andishani,  kambag‘al 

bechoralarni hurmat qilishni unutgan amin “chinchalog‘ini ikkinchi bo‘g‘inigacha 

burniga  tiqib  kuldi”  degan.  Kambag‘al-bechora  chol  bilan  takabbur  amaldorning 

muloqot-munosabati, 

harakat-holatlari 

romanlardagidek 

keng 

batafsil 



tasvirlanmasa-da,  “O‘g‘ri”da  bechora  bir  insonning  tahqirlanishi  manzarasi  aniq 

namoyon qilingan.  

Ko‘rinib turibdiki, mohiyat e’tibori bilan amin ellikboshining o‘zginasi, u ham 

kambag‘alga    aslo  qayishmaydi,  cholni  laqillatadi,  paytdan  foydalanib  bir  narsali 

bo‘lib  qolishini  o‘ylaydi.  Lekin  u  ellikboshidan  farqli  o‘laroq,  asl  qiyofasini 

yashirib  o‘tirmaydi,  cholni  bemalol  masxaralaydi,  odob-axloq  qoidalarini  bir 

yoqqa yig‘ishtirib qo‘yib, beibo  xatti-harakatlar qiladi. Keksa kambag‘al choldan 

uyalmasdan  pora  so‘raydi.  Qobil  bobo  keksa  avlod  vakili.  U  dodhodan  farqli 

o‘laroq, azob, qayg‘u-sitam, xo‘rlanishlar qurboniga aylanadi. 

“O‘g‘ri”  hikoyasidagi  хаlq  hayotining  ifodalanishini  ko‘rib  chiqdik.  Bu 

hikoyalarning  yozilish  davri  bir  bo‘lib,  bitta  zamon  va  makon  yoritiladi.  Bu  

davrdan chiqib, keyingi  o‘n yigirma yillik davr ichida yozilgan  asarlaridagi  хаlq 

hаyotidagi  ma’naviy  qashshoqlik  oldingi  asarlaridan  ancha  farq  qiladi.    

“Kampirlar  sim  qoqdi”  hikoyasida  esa    keksa  avlod  vakili  sifatida to‘rtta  kampir 

tasvirlanadi.  Nazirbuvi,  To‘xtabuvi,  Shahodatbuvi,  Roziyabuvilar  urush  davrida 

bekor  o‘tirmasdan,  vatanga,  tinchlik  uchun    ozgina  xissa  qo‘shmoq  uchun  ipak 

qurti  boqishmoqchi  bo‘ladi.  Bunga  raisni  ko‘ndirish  oson  bo‘lmaydi.  Va  nihoyat, 

rais  ko‘nadi.  Kampirldar  qurt  boqib  planni  to‘ldiradi.  Rais  esa  va’da  qilingan 

qo‘yni olib keladi. 

“To‘yda  aza”  hikoyasi  esa  bu  hikoyalardan  umuman  farq  qiladi.  Asarda  

dotsent  Muxtorxon  Mansurov  xarakteri  to‘liq  ochib  beriladi.  Uch  yil  burun  beva 

qolgan  domla  yosh  ayolga  uylanadi.    U  yosh,  biroq  judayam  semiz  bo‘ladi.  Bu 

haqida  Karim  ota  “xo‘rozqandga  o‘xshamay  o‘l”  deb  tasvir  beradi.  Chunki  ayol 

semiz  bo‘lishiga  qaramay  qip-qizil  ko‘ylak  kiyib  olgan  bo‘ladi.  To‘y  haqida 




 

19 


mahallada  duv-duv  gap  bo‘ladi.  Bu  gaplar  Karim  ota  tilidan  beriladi.    To‘ydan 

keyin bir kelin kasal bo‘lib qoladi. Allergiyaning davosi dengiz bo‘yi emish, domla 

yugurib-yugurib  putyovka  oladi.  Kelin  bilan  yo‘lga  chiqadi  va  og‘ir  yuklarni 

ko‘tarib, yuragi ushlab o‘lib qoladi.               

Ko‘rinadiki,  inson  hamma  vaqt  yoshiga  mos  ishni  qilishi  kerak.  Agar  domla 

sal  bo‘lsada  keksayganini  tan  olib,  sal  yoshi  o‘tgan  juvonga  uylanganda  edi, 

bunaqangi  azob  tortmas  edi.  Qariganda  yosh  bo‘laman  deb,  yosh  xotinning 

allergiyasini davolataman deb o‘z jonini rixlatga topshirib qo‘ydi. 

“O‘jar” nomli hikoyasida esa atiga uchta qahramon qatnashadi. Qutbiddinov, 

Zargarov  va  o‘quvchi  Suyar.  Yozuvchi  qahramonlariga  “ikki  tanqidchi”  degan 

izohdan  bo‘lak  boshqa  ta’rif  bermaydi.  Ammo  o‘quvchi  ularning    o‘zlarini  o‘ta 

bilimdon  deb  bilsalar-da,  hech  narsa  bilmasliklarining  guvohi  bo‘ladi.  Ikki 

tanqidchi  suhbatda  shaxmat  o‘yinining  zarari,  yoshlar  tarbiyasi,  adabiyot 

to‘g‘risida  fikr  almashadilar.  Suhbatning  har  bir  mavzusida    ularning  g‘irt 

savodsizligi  aniq  bo‘ladi.  Ammo  yozuvchi  ularni  ataylab  shu  holga  solmaydi. 

Personajlarning  o‘zlarini  o‘zlari  fosh  etishi  uchun  adib  shunday    qulay  vaziyat 

yaratadiki, bu tabiiylik hikoyaning realistik  qudratini bir pog‘ona ko‘taradi.  

Mohir  yozuvchining qaysi bir  hikoyasini  o‘qimang, ularda  oddiy  xalq hayoti 

ishtirok  etadi.  Ularning  har  biri  bir  dunyo.  Ular  bir-birini  takror  etmaydi, 

o‘xshamaydi. Hammasining ham o‘z xarakteri, dunyosi bor. Qaysi bir chol jahldor, 

qaysi  biridir  xotiniga  mehribon,  sadoqatli,  yana  kimidir  yashash  uchun  o‘z 

ishtiyoqini  qidirgan,  yana  biri  esa  o‘ta  sodda  qilib  tasvirlangan.  Hikoyalarning 

barchasidagi oddiy xalq hayoti zamon va makon, vaqt va davrdan kelib chiqib turli 

tuman  xarakterga ega. Biroq  o‘quvchi hech bir  obrazni  yomon  ko‘rmaydi, e’tiroz 

bildirmaydi, aksincha yoqtiradi.   



 

20 



Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish