O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/14
Sana28.09.2021
Hajmi0,66 Mb.
#188416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
abdulla qahhor va ulugbek hamdam hikoyalarida ijtimoiy-manaviy qashshoqlik masalalari

Ishning  tuzilishi.  Ish  kirish,  2  bob  4  fasldan  iborat  asosiy  qism,  xulosa  va 

adabiyotlar  ro‘yxatidan  iborat.  Ishning  birinchi  bobida  Abdulla  Qahhor 

hikoyalaridagi ma’naviy qashshoqlik masalasi, ikkinchi bobida Ulug‘bek Hamdam 

hikoyalari tahlilga tortildi. Ishning umumiy hajmi   52 sahifani  tashkil etadi. 

 

 

    



 

 

 



 

                                                 

                                            


 8 

 

BIRINCHI BOB. 

XX ASRNING 20-70 YILLARIDA O‘ZBEK ADABIYOTIDA  

MA’NAVIY QASHSHOQLIK MAVZUSINING YORITILISHI 

 

Abdulla  Qahhor  so‘zga  shunchalik  xasiski,  agar  bu  mitti  durdonalarning  har 

birini qayta hikoya qilgudek bo‘lsa, hikoyaning o‘zidan ko‘ra ko‘p joyni egallagan 

bo‘lar  edi.  Yozuvchi  tilining  hayratomuz    ramziyligini,  o‘z  qahramonlari  qalbiga 

teran  kirib  borishini,  ularning  qayg‘u  va  alamlariga  chuqur  insoniy  munosabatda 

bo‘lishini aytmaysizmi?! Misol uchun “O‘g‘ri” hikoyasini olaylik. Juda katta fosh 

etuvchi  kuchga  ega  bo‘lgan,  hayotning  og‘ir  yuki  ostida  ezilib,  adoyi  tamom 

bo‘lgan bir kichik odamga nisbatan mehr va xayrixohlik hissi bilan sug‘orilgan bu 

hikoya bor yo‘g‘i uch betdan iborat, xolos! 

Adabiyotimizda  hali  hech  kimga  nasib  etmagan  bu  uslub  lo‘ndaligi,  til 

ramziyligi,  so‘z  bilan  tasvirlash  mahorati  yozuvchining  kichik  janrdagi 

asarlarigagina emas, balki uning qissa va romanlariga ham xos xususiyatdir. 

“O‘zining  dastlabki  “Sarob”  romanini  yozib  tugatganida  Abdulla  Qahhor 

endigina 25 bahorni ko‘rgan navqiron yigit edi. Bu asar 20-yillarda hayotda yo‘lini 

yo‘qotgan  va  shu  bilan  o‘zining  ajoyib  iste’dodini  nobud  qilgan  yosh  yozuvchi  

taqdiri  haqida  hikoya  qiladi.  O‘sha  davrda  Abdulla  Qahhordek  yosh  yozuvchi 

uchun  bunday  mavzuda  roman  yaratishning  o‘zi  juda  katta  jasorat,  aytish 

mumkinki,  qahramonlik  edi.  O‘zining  shu  ilk  romani  bilanoq  Abdulla  Qahhor 

yetuk  so‘z  san’atkoriga  xos  bo‘lgan  fazilatlari  ila  kitobxon  va  tanqidchilar 

diqqatini o‘ziga tortdi. Bu fazilatlar yozuvchining “Qo‘shchinor” romani, “Og‘riq 

tishlar”  va  “Tobutdan  tovush”  satirik  pyesalarida  yanada  yorqinroq  aks  etadi”

2



Abdulla  Qahhorning  eng  katta  yutug‘i  kishilarni  tashvishlantirgan  eng  o‘tkir 

muammolarni  hayot  ichidan  ilg‘ab  olish  va  ularni  keng  jamoatchilik  hukmiga 

havola eta bilish, jonli, insoniy xarakterlar  yaratish mahorati, qolaversa, yozuvchi 

                                                           

2

 Ёkубов Одил, Абдулла Қаҳҳор ижоди ҳақида. Адабиётимиз фахри,  Тошкент.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2007 



йил, 46-бет.   


 9 

mushohadasining    dadilligi  va  o‘tkirligida  edi.  Abdulla  Qahhor  ijodida  yanada 

yorqinroq  namoyon  bo‘lgan  va  mahorati  bilan  bir  vaqtda  o‘sa  borgan  tag‘in  bir 

fazilat, bu – uning haqiqiy satirik iste’dodga ega bo‘lishidir. Aftidan, uning Gogol 

va Chexov asarlariga yoshlikka xos o‘chlik va hayajon bilan murojaat etishi bejiz 

bo‘lmagan.  Buning  natijasi  o‘laroq,  u  rus  adabiyotining  mazkur  ikki  dahosi 

qalamiga  mansub    “Revizor”,  “Chinovnikning  o‘limi”,  “Xameliyon”  va  boshqa 

ko‘plab asarlarning mahorat jihatidan betakror tarjima  namunalarini qoldirdiki, biz 

ular qoshida bir umr  ta’zim qilamiz. Yozuvchilarimiz ijodida aldamchilik, tanish-

bilishchilik va pora ustidan hech kim Abdulla Qahhorchalik kula olgani, nafrat qila 

bilgani  yo‘q. Turli  ko‘rinishdagi tanish-bilishchiliklar, bo‘xtonchilar, poraxo‘rlar, 

laganbardorlarni kitobxonlar va tomoshabinlar hukmiga havola etar ekan, yozuvchi 

tili hech bir mubolag‘asiz zaharga aylanadi. 

Hayotdagi salbiy hodisalarga qarshi keskin kurash olib borilayotgan bugungi 

kunda  Abdulla  Qahhorning  “Og‘riq  tishlar”,  “Tobutdan  tovush”  satirik 

komediyalarini o‘qir ekanmiz, yozuvchining ziyrakligiga tan bermay ilojimiz yo‘q. 

Bundan  rosa  yigirma yil oldinoq adib va grajdan Abdulla Qahhor yozuvchilarimiz 

orasida  eng  birinchi  bo‘lib,  ruhiy  qashshoqlik,  moddiy  dabdababozlik  ketidan 

quvish va o‘z navbatida poraho‘rlik, tanish-bilishchilik, aldamchilik kabi jamiyatga 

yot  bo‘lgan  illatlarni  keltirib  chiqaruvchi  ulkan  zararni  butun  borlig‘i  bilan  his 

etgan  edi.  Jamiyat  hayotini  muhofaza  qilish  mas’uliyatini  his  etgan  yozuvchidagi 

bunday  ziyraklik  va  fuqarolik  jur’ati  har  aytganda,  unchalik  ko‘ngilga    hush 

kelavermasligini  bugungi  kunda  hamma  biladi.  Hayotdagi  barcha  nopoklik  va 

iflosliklar ustidan bu qadar qattiq kulib (Abdulla Qahhor qanday kulishni bilar edi) 

yozilgan kichik bir satirik asarning ham taqdiri silliq kechmaganini eslayman. Ular 

jiddiy  bahslar  va  keskin  munozaralarga  sabab  bo‘lar  edi.  Goho  esa  rang-barang 

badiiy  bo‘yoqlar  orasida  faqat  qizilinigina  yoqtiradigan,  yozuvchining  satirik 

obrazlarida  o‘zining,  yumshoq  qilib  aytganda,  unchalik  ko‘ngilga  hush 

kelmaydigan  shahsi  ko‘rinib  ketgan  ba’zi  kishilarda  tо‘g‘ridan  tо‘g‘ri  g‘azab 

hissini  uyg‘otib  yuborar  edi.  Abdulla  Qahhor  vafotidan  keyin  o‘tgan  muddat 

yozuvchining nechog‘li haq va dovyurak ekanini ko‘rsatdi. 



 

10 


Abdulla  Qahhor  realizmi,  klassiklardan  o‘rgangan  beshafqat  realizmi  uning 

so‘nggi,  tо‘g‘rirog‘i,  o‘limidan  sal  oldin  yozgan  “O‘tmishdan  ertaklar”  qissasida 

ayniqsa,  yorqin  namoyon  bo‘ladi.  Qissa  yozuvchining  bola  xotirasi  va  qalbida 

chuqur  iz  qoldirgan  odamlar  haqidagi  ayrim-ayrim  hikoyalardan  tashkil  topgan 

bo‘lib, yagona maqsadga o‘zbek xalqining XX asr boshlarida kechirgan hayotidagi 

jabru jafolarni ochib berishga qaratilgan. Bu hikoyalar o‘zining shafqatsiz realistik 

kuchga  ega  bo‘lishi  bilan  kishini  hayratga  soladi.  Qattol  hayot  kishini  ezib 

tashlagan,  ohir  oqibatda  faqat  quturgan  it  qopib  emas,  balki  hokim  sinfning  g 

g‘ayriinsoniy  jabr-zulmidan  odamlik  qiyofasini  yo‘qotgan,  yalangoyoq  va  och-

yalang‘och  Babarning  fojeali  taqdirini  yoki  bo‘lmasa  aytgan  odamiga  turmushga 

chiqishdan  bosh  tortgani  uchun  otasi  o‘lasi  qilib  savalagan  go‘zal  qiz 

Savrinisoning achinarli qismatini olib ko‘ring. 

Yozuvchi  xotiralaridan  iborat  mazkur  ikkala  hikoya  ham  inqilobgacha  o‘sha 

olis  o‘tmishni  shu  qadar  o‘tkir  realistik  va  shu  bilan  bir  vaqtda  qayg‘uli 

bo‘yoqlarda  tasvirlab,  kitobxon  ko‘z  oldida  gavdalantira  olganki,  o‘shanda  ancha 

yosh  bo‘lgan  bu  tanqidchi  beihtiyor  e’tiroz  bildirib  shunday  degandi:”-Nahotki, 

odamlarning  qismati  shunchalik  og‘ir,  dahshatli  bo‘lgan  bo‘lsa?  Bunga  ishonish 

qiyin  ustoz!  Bunga  Abdulla  Qahhor  shunday  javob  bergan  edi:-Men  o‘z  ko‘zim 

bilan  ko‘rganlarimni  yozdim,  holos.  Men  bor  haqiqatni  aslida  qanday  bo‘lsa, 

shundayligicha  qog‘ozga  tushirdim.  Agar  bu  siz  yoshlarga  erish  tuyulayotgan 

bo‘lsa, nachora. Keling, sizlarning ham ko‘nglingiz o‘lmasin, mening bu boshdan 

oyoq achchiq haqiqatga to‘la asarimni ertak deb atay qolaylik!” 

Ayovsiz realistik qissaning “O‘tmishdan ertaklar ” deb nomlanishi shu tariqa 

yuzaga  kelgandi.  Darvoqe,  bu  haqda  qissaga  yozilgan  so‘z  boshida  Abdulla 

Qahhorning  o‘zi  ham  eslab  o‘tadi.  Abdulla  Qahhor  ijodda  ana  shunday  san’atkor 

edi. Hayotda qanday odam bo‘lgan? Soch-soqoli oq, yuzidan allomalik nuri balqib 

turgan  hushro‘y  bir  inson  bir  qarashda  qattiqqo‘l,  siyosatli  odamga  o‘xshab 

ko‘rinardi.  O‘sha  paytlardagi  adabiy  muhitda  keng  urf  bo‘lgan  “Abdulla  Qahhor 

nima  derkin”  degan  ibora  yozuvchilarni  shoshma-shosharlikdan  o‘z  ishiga 



 

11 


beparvolik  bilan  yondashishdan  ogohlantirib,  qo‘lyozmalarni  qayta-qayta 

ko‘chirishga majbur qilardi.    

O‘zbek  adabiyotida  ma’naviy  qashshoqlik  masalasi  eng  qadimgi  davrdan 

boshlanadi.  Biroq  bu  masalani  ochiq-oydin  yozish  ko‘proq  ma’rifatparvarlik  va 

jadid adabiyotida  aniq yoritilgan.  Mumtoz adabiyotida ham ma’naviy qashshoqlik 

masalasi  aks  etgan  bo‘lib,  ular  ko‘proq  dostonlarda  va  she’riy  asarlarda  hamda 

didaktik asarlarda ifodalangan. 

Jadid  namoyandalari  bo‘lgan  Qodiriy,  Cho‘lpon,  Fitrat,  Behbudiy  kabi 

ijodkorlarning  dramatik  asarlarida,  roman  va  hikoyalarida  aks  etgan.  Abdulla 

Qahhor, G‘afur G‘ulom, Oybek kabi ijodkorlar bu an’anani davom ettirishdi.   

Abdulla  Qahhorning  “Sarob”  romani,  “O‘g‘ri”,  “Anor”,  “Dahshat”,  “Mayiz 

yemagan  xotin”,  “Bemor”  kabi  hikoyalarida  xalqning  dard-iztiroblari,  xalqning 

ma’naviy  va  ijtimoiy  qashshoqligi  ifodalangan.    Adibning  qaysi  bir  asarini 

o‘qimang,  ularda    xalqning  azob-uqubatlari,  qiynalgan,  iztiroblangan  xalqning 

yana boy-badavlat insonlar tomonidan taqirlanishini ko‘ramiz.   

“O‘g‘ri”dagi  Qobil  bobo,  “Anor”dagi  Turobjon  va  uning  boshi  qorong‘u 

xotini,  “Dahshat”da  Unsin,  “Bemor”da  Sotiboldi  kabi  obrazlar  o‘zlarining 

ilojsizliklaridan  taqdir  ularning  har  birini  azobli  hayot  yo‘liga  soladi.  Ularning 

bardoshi  gohida  kurashish,  gohida  ojizlik  kabi  holatlari  namoyon  bo‘ladi. 

O‘quvchining iztirobini, hayratini yanada oshiradi.  

 

 


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish