29
IKKINCHI BOB.
ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTIDA INSON
MA’NAVIYATINING IFODALANISHI
Ulug‘bek Hamdam (Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich) 1968 yil, 24-
aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Yuqori Rovvot mahallasida
tug‘ildi. 1985-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan tamomladi. 1986 va 1988-
yillar orasida Ukrainada askarlik xizmatini o‘tagan. 1988-1993-yillarda ToshDU
ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1992-93 yillarda esa davlatimiz
tashabbusi bilan o‘qishga yuborilgan talabalar safida Turkiyaning Ko‘nyo shahrida
tahsilni davom ettirgan. 1993-1994 yillarda Sharqshunoslik institutida turk tilidan
dars bergan. 1994-1996 yillarda Hozirgi Milliy Universitet o‘zbek filologiyasi
fakultetining kunduzgi aspiranturasida o‘qigan. 1997-yilda “30-yillar o‘zbek
she’riyatida “sof lirika” muammosi” (Oybek she’rlari misolida) mavzusida
nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Hozirda “XX asr o‘zbek she’riyati badiiy
tafakkur
tadrijining
ijtimoiy-psixologik
asoslari”
mavzusida
doktorlik
dissertatsiyasi ustida ishlamoqda. 1997-2009-yillarda O‘zbekiston Fanlar
akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi Til va Adabiyot institutida katta ilmiy
xodim, 2009-2015-yillar “Sharq yulduzi” jurnalining bosh muharriri lavozimida
ishladi. Ulug‘bek Hamdam bir necha nasriy, nazmiy hamda adabiy-tanqidiy
to‘plamlar muallifi. Uning ilk nasriy kitobi 1998-yilda “Yolg‘izlik” nomi bilan
chop etilgan. “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” nomli
romanlari, “Tangriga eltuvchi isyon”, “Atirgul”, “Seni kutdim” va “Uzoqdagi
Dilnura” nomli she’riy va nasriy to‘plamlari chop etilgan. Shuningdek, uning
“Badiiy tafakkur tadriji”, “Yangilanish ehtiyoji”, “Ruhni uyg‘otuvchi so‘z” nomli
adabiy tanqidiy-to‘plamlari e’lon qilingan. Ularda XX va XXI asr avvalidagi
o‘zbek, qisman jahon adabiyoti va adabiyotshunosligi muammolari tadqiq etiladi.
Ulug‘bek Hamdam Jaloliddin Rumiyning “Ichindagi ichindadir” va professor
30
U.Turonning “Turkiy xalqlar mafkurasi tarixi” nomli asarlarini turk tilidan
o‘girgan.
Yozuvchining 1997-yilda yozib tugatilgan va 2002-yilda e’lon qilingan
"Muvozanat" romani adabiy hayotimizda o‘ziga xos voqea bo‘ldi. Roman shu
kecha-kunduzda yashab, mehnat qilayotgan zamondoshlarimiz va ularning
qalb tovlanishlari haqida. Asarda xalqning turli qatlamlariga mansub va har -
xil sohalarda ishlaydigan qator qahramonlar borki, ularning o‘y-
tashvishlariyu maqsad-intilishlari zamonamiz kishilarining ruhiyatlari bilan
uyg‘unlashib ketadi. Asar bosh qahramoni Yusuf murakkab davr
evrilishlaridan insonga munosib bir tarzda chiqish uchun kurashadi.
"Muvozanat" mustaqillik yillarining qaynoq kayfiyatini aks ettirgan realis tik
asar sifatida akademik M.Qo‘shjonov, professorlar O.Sharafiddinov,
U.Normatov,
A.Rasulov,
S.Sodiqov,
N.Xudoyberganov,
D.Quronov,
yozuvchilar P.Qodirov, J.Abdullaxonovlar tomonidan yuksak baholandi.
Muallifning "Sabo va Samandar" romani ishq mavzusida salaflarga
ergashib bitilgan asar bo‘lib, unda pok va yuksak muhabbat tuyg‘usi
zamondoshlarimiz qismati orqali sharaflanadi.
Ulug‘bek Hamdamning "Tangriga eltuvchi isyon", "Atirgul" va "Seni
kutdim" nomli she’riy to‘plamlari chop etilgan. Shoir she’rlarida ruh
qichqirig‘ini, qolipsiz, jilovsiz va hayajonli kechinmalar oqimini tuyish
mumkin. Ularda kelish va ketish, nur va zulmat, oq va qora, do‘st va
dushman kabi tushunchalar yonma-yon yashaydi hamda shoir iztirobi bilan
ziynatlanadi.