O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti


II.II. Ulug‘bek Hamdamning “Musulmon”, “Tosh” hikoyalarida inson



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/14
Sana28.09.2021
Hajmi0,66 Mb.
#188416
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
abdulla qahhor va ulugbek hamdam hikoyalarida ijtimoiy-manaviy qashshoqlik masalalari

II.II. Ulug‘bek Hamdamning “Musulmon”, “Tosh” hikoyalarida inson 

tasviri 

 

Badiiy adabiyot markazida har doim inson turgan. Ijtimoiy siyosiy hayot ana 



shu inson orqali tahlil qilib berilgan. Zero, adabiyot-insonshunoslikdir, degan baho 

bekorga  berilmagan.  Adabiyotda  inson  kontseptsiyasi  juda  katta  murakkab 

muammodir.  Ayniqsa,  bu  jarayon  yangicha  tafakkurdagi  qo‘zg‘alishlar, 

uyg‘onishlar tufayli o‘zbek adabiyotida kashfiyotlar yaratmoqda. 

Tabiatda  agar  oftob  Sharqdan  chiqib  G‘arbga  botsa,  badiiy  asarlarining 

yorug‘lik manbai inson kontseptsiyasidan boshlanib yana u bilan yakunlanadi. Bir 

so‘z  bilan  aytganda,  badiiy  asarlarning  barcha  unsurlari  inson  kontseptsiyasidan 

bahra  oladi,  hayot  suvini  ichadi.  Inson  –  eng    bebaho  va  benazir  ma’naviy  – 

intelektual qadriyat. 

San’atkor  asarlaridagi  zamon  va  qahramon  masalasi  xalq  hayoti  va  axloqi, 

millat ma’naviy madaniyati bilan uzviy bog‘liqlikda zohir bo‘layotganligi boisidan 

ham ijtimoiy-ma’naviy hayotdagi izi, ta’siri, o‘rni va ahamiyati sezilarlidir. 

Agar, e’tibor bersak, milliy istiqlol sharoitida erk-ozodlik ideallarini odamlar 

tabiatidagi,  faoliyatidagi,  millat  ma’naviyatidagi  shakllanish  jarayonlarini 

ko‘rsatish  adabiyot  va  san’at  ahllari  oldida  turgan  eng  muhim  vazifalardan 

hisoblanadi. Bu narsa, tabiiyki, milliy istiqlol mafkurasining ma’naviyat asoslarini 

mustahkamlash ishiga xizmat qiladi. 

Har  bir  davr  o‘z  qahramonlarini  yaratadi,  degan  aksiomaning  yana  bir 

tasdig‘ini guvohi bo‘lamiz. 

I.Sulton  haqli  ravishda  ta’kidlaganidek,  adabiyotdagi  yangilik  hayotdagi 

yangilikni payqab olishdan boshlanadi. Hayotning adabiyot taqdiriga ta’sir yo‘llari 

ko‘p.  Masalan,  adabiyot  boshi  berk  ko‘chaga  kirib  qolganida  hayot  uni  o‘zi 

qutqaradi:  hayot  o‘zi  unga  yangi  qahramonlarni  hadya  etadi.  Yozuvchining, 



 

40 


adabiyotning  vazifasi  shu  yangi  qahramonni  vaqtida  ko‘ra  bilish  va  ko‘rsata 

bilishdan iborat

16

, deydi adib.  



Insonshunoslik  badiiy  adabiyotning  eng  asosiy  vazifasidir.  Badiiy  adabiyot 

ming  yillardan  buyon  insonni  har  taraflama  tahlil  qiladi.  Uning  ijtimoiy-siyosiy 

xatti-harakatini,  ma’naviy-axloqiy  dunyosini,  ruhiy  olamini  tafakkur  prizmasidan  

o‘tkazadi.  

Badiiy  adabiyot  insonga  go‘zallik  nuqtai  nazaridan  yondoshadi:  uning 

quvonchu  fojealarini  tasvirlash  bilan  odamzod  haqida  falsafiy  xulosalar,  hukmlar 

chiqaradiki, bu jarayon har qanday talantli asarda badiiy-estetik xulosaga aylanadi.  

Ulug‘bek  Hamdamning  “Musulmon”  hikoyasi  quyidagi  epigraf  bilan 

boshlanadi:  “Kimki  bir  ko‘ngli  buzug‘ning  xotirin  shod  aylag‘ay,  Oncha  borkim, 

Ka’ba vayron bo‘lsa obod aylag‘ay”. Bu epigraf Alisher Navoiy qalamiga mansub 

bo‘lib,  bu  parcha  asarning  g‘oyasini  ochishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  

Epigrafdan  so‘ng  tabiat  tasviri  aks  etadi.  “Ko‘klam  keldiyu  hovlidan  bir  qushcha 

ketmas bo‘ldi. Avvallari e’tibor qilmagan ekanmi, Husan endi unga ko‘zi tushadi: 

qushcha  goh  u,  goh  bu  daraxtga  tanda  qo‘yadi.  Gullash  paytida  esa  boshiga  oq 

ro‘mol  tashlagan  o‘rikdan  ayrilmay  qoldi.  Bo‘shadi,  deguncha  deraza  qarshisida 

mixlangancha  o‘tiradigan,  uzun-uzun  xayollar  suradigan  sherigini  Hasan  o‘ng‘ay 

har  fursatda  bir  yanib  oladi.  Hozir  ham  shunday  bo‘ldi:  “Hm-m,  tag‘in  qo‘zg‘ab 

qoldimi darding? Undan ko‘ra majlisingni o‘ylamaysanmi?” 

Asardagi  tabiat  tasviri  ham  inson  dunyosi,  qarashlarini  ochish  uchun  xizmat 

qiladi.  Husanning  qushchaga  avval  bee’tibor  bo‘lganligi,  uni  esa  endi  ko‘rib 

turgandek hayrat  bilan  boqishi  ham  inson dunyoqarashini  ko‘rsatib  beradi.  Hasan 

va Husanning xarakteri tabiat orqali ko‘zga yaqqol  ko‘rinadi. 

Asardagi  bu  egizaklar  Islom  universiteti  talabalari  bo‘lib,    bu  ikkisi  doim 

diniy  masalalar  bo‘yicha  bir-biri  bilan  tortishadi.  Qushga  termulib  turib,  Hasanga  

haqligi,  endi  u  bilan  diniy  masalada  tortishmasligini  aytadi.  Hasan  esa  undan 

xursand  bo‘ladi,  o‘zining  to‘g‘ri  fikr  yuritayotganidan  mamnun  bo‘ladi.  Shayh 

Ahmad  Junaydning  darsiga  borishlari  kerakligini  Hasan  alohida  Husanga 

                                                           

16

 Иззат Султон



Тарих ва замонавийлик

,

 “Гулистон” журнали



,

 1981. 1-сон, 17-бет. 




 

41 


ta’kidlaydi.  Darsga  shoshilayotgan  Hasanning  telefoni  chaqiradi,  telefonda 

otasining kasalligini aytishadi.  Egizaklar qishloqqa otalarini yoniga shoshilishadi. 

Uydan  chiqib  ketayotganlarida  bitta  chiroyli  qushcha  endi  ikkitaga  aylanadi. 

Qushchalar bir-biriga judayam o‘xshardi, xuddi egizaklardek.  

Yo‘lda  ovqatlanishga  to‘xtashganda,  egizaklar  ovqatlanishmasdan  nomoz 

o‘qishadi,  shunda  Husan  daraxtdagi  haligi  bir  juft  qushchani  ko‘radi.  Namoz 

o‘qish  haqida  egizaklar  yana  tortishib  qoladi.  Shunda  Hasan  bir  rivoyat  aytadi. 

Uning hikoyasiga ko‘ra, bir musulmon kishi aeroportda namoz o‘qib, samolyotdan 

kech qolibdi. Sal fursat o‘tib, u chiqmagan samolyot halokatga uchrabdi.  Namoz 

uni shu falokatdan qutqarganini aytadi. 

“  –  Bunday  misollar  bilan  namozni  ulug‘lamaslik  kerak,  -  tortishmayman 

degan  qarorini  bir  lahza  unutib  bahsga  kirishdi  Husan.  –  O‘sha  samolyotda, 

ehtimol  savobi  ko‘proq,  qalbi  pokroq,  insonlar  ham  bo‘lgan  bo‘lishi  mumkin-ku 

yoki  norasida,  begunoh  go‘daklarga  nima  deysan?...  Bu  –  qismat,  peshonaga 

yozilgan  yoziq.  Namozning  ahamiyatini  bu  tarzda  bo‘rttirib  ko‘rsataman  dema, 

Hasan... Istasang, men ham shunga o‘xshash bir hikoya aytib beray, - joynamozni 

yerga  to‘shab  Hasanga  yuzlandi  Husan.  –  Bir  ishbilarmon  yigit  xorijga  ketadigan 

bo‘lib qolibdi. Uyda yolg‘iz qolayotgan onasi zorlanibdi:  “Negadir yuragim g‘ash, 

bolam,  shu  gal  bormagin...”  O‘g‘il  bir  ishini,  bir  onasining  gapini  o‘ylab  axiyri 

ketishga  qaror  qilib,  aeroportga  jo‘nabdi.  Lekin  kechikibdi:  samolyotga  o‘tqazish 

jarayoni  yakunlanib,  eshiklar  yopilgani  uchun  chor-nochor  uyga  qaytib  o‘z 

xonasiga  kirib  yotib  olibdi.  Ona  bu  xonada  televizor  ko‘rib  o‘tirgan  ekan, 

“Xabar”larda o‘g‘li  kechikkan  samolyotning  havoda  portlab  ketgani  haqida  aytib 

qolishibdi. 

Onaizor hayajon bilan qo‘shni xonaga – o‘g‘lining qoshiga chopibdi. 

-  Qara,  bolam,  aytmabmidim  ko‘nglim  g‘ash  deb,  sening  samolyoting...  – 

onaning gaplari bo‘g‘zida qotibdi: ne ko‘z bilan ko‘rsinki, navqiron yigitning joni 

chiqib,  polda  so‘layib  yotgan  ekan...  –  Hasan.  Hamma  gap  taqdiri  azalda. 

Odamning  qazosi  yetgan  bo‘lsa,  samolyotdami,  yerdami,  farqi  yo‘q...  O‘sha 

namozxonning tirik qolishida namozning emas, lavhul mahfuzning... 




 

42 


-  Ko‘chadagi  iymonsizning  gapini  gapirma,  Husan!  –  jahli  chiqdi 

Hasanning.  –  Kim  aytadi  seni  Islom  universiteti  tolibi  deb?  Dunyoda  hech  bir 

narsa bejiz sodir bo‘lmaydi”

17



Egizaklar  tortishib,  namozni  o‘qib  bo‘lib,  mashinaga  o‘tirib,  qishloqlariga 

ravona  bo‘lishadi.  Ota-onasini  ko‘rishadi.  Husan  boqqa  chiqib  yana  haligi 

qushlarni  ko‘radi.  “Nomi  nimaykin  bularning,  qaldirg‘och  bo‘lib  qaldirg‘ochmas, 

bulbul  bo‘lib  bulbul.  Bir  aftlari  momosovg‘aga  o‘xshaydi,  boshqa  tarafdan 

to‘rg‘ayni  yodga  soladi.  O‘zimizning    beozor  musichayu  qumridan  ham  nimadir 

bordek.  Lekin,  ajab,  ularning  hech  biri  emas.  Hammasiga  o‘xshasayam  baribir 

boshqa qush bular!”

18



Asardagi goh detal, goh peyzaj tasvirini burayotgan bu –qushlar inson tasviri  

va  xarakterini  ochishda  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  qushning  nomi  ham  berilmaydi. 

Husan  o‘xshatib,  o‘xshashini  topa  olmaydi.  Asarni  o‘qigan  o‘quvchi  go‘yo  bu 

qushlarni  ruh  deb  o‘ylaydi.    Chunki  qushlar  Husan  qayerga  borsa  boradi,  uning 

ortidan soyadek ergashadi. Bo‘layotgan noxush hodisadan xabardor etadi. Go‘yoki 

qushlar Hasan va Husan munosabatini ko‘rsatib berayotgandek.  

Ota-onasining  yonidan  qaytgan  egizaklar  masjidga  namoz  o‘qish  uchun 

borishadi.  “Aka-ukalarning  o‘rtasida  bir  xil  vaziyatda  o‘tiravergan  qariyaning 

oyoqlari  tolib  uyushib  qoldi,  shekilli,  dam  sayin  qo‘zg‘alib  qo‘ya  boshladi.  Yana 

anchagacha  shu  zayilda  vaqt  kechirib,  axiyri,  tagiga  yig‘ilgan  ozg‘in  oyoqlariga 

dam    berish  maqsadida  ro‘parasiga  uzatdiyu  yengil  tortib,  “shukr”  dedi.  Ammo 

xuddi shuni kutib turgandek bir quchoq narsa tepadan yoshullining uzatgan oyog‘i 

ustiga  tap  etib  tushdi...  Kuchli  og‘riqdan  bo‘lsa  kerak,  qariya  ohlab  yubordi. 

Tushgan narsa bino shipiga bezak uchun yopishtirilgan ganj ekanki, o‘z og‘irligini 

ko‘tarolmaganidanmi  yo  naridan  beri  yopishtirilganidanmi,  har  holda  vaqt-soati 

kelgan  ekanki,  ko‘chibdi.  Bir  pasda  g‘ala-g‘ovur  boshlandi.  “Nima  bo‘ldi?”  deya 

shu tomonga bo‘ynini cho‘zdi imom. “Tepadan ganj tushdi”, deyishdi yaqinverda 

o‘tirganlar  birvarakayiga.    “Hech  kimga  ziyon  yetmadimi?”  yana  so‘radi  voiz.  

                                                           

17

 Улуғбек Ҳамдам,  Ватан ҳақида қўшиқ,  Тошкент, Академнашр. 2014 йил,  504-бет 



18

 Улуғбек Ҳамдам,  Ватан ҳақида қўшиқ,  Тошкент, Академнашр. 2014 йил,  505-бет 




 

43 


“Aytarli hech gap yo‘q”, dedi negadir ovozini baland qo‘yib Hasan. Xuddi lat yedi, 

desa amrima’ruf  to‘xtab, hamma uy-uyiga tarqaydigandek”

19



Hasan  obrazi  butun  bir  vujudi  bilan  islom  diniga  berilgan  inson.  U  faqat 



namozni,  dinni  o‘ylaydi.  Ularni  hamma  narsadan  ustun  qo‘yadi.  Dinga  berilib 

ketganidan  atrofidagilarning  holatiga  ham  e’tibor  bermaydi.  U  uchun  din,  namoz 

hamma  narsadan  ustun.  Husan  Hasandan  farq  qiladi.  Uni  tabiatga,  insonlarga 

mehri bo‘lakcha. Har bir insonning dardiga sherik bo‘lgisi, yordam bergisi keladi. 

Hatto o‘sha qariyaga achinadi. Uning dardiga sherik bo‘ladi. Oyog‘i singan cholni 

tashqariga  olib  chiqishadi.  Hasan  esa  cholni  daraxt  tagida  qoldirib,  o‘zi  masjidga 

oshiqadi.  Chol ham ularni masjidga borib, namozni vaqtida o‘qishlari kerakligini 

uqtiradi.    Hasan  masjidga  qarab  yo‘l  oladi.  Husan  esa  cholni  kasalxonaga  olib 

boradi. 

“— Namoz boshlanib qoldi, Husan! – toqatsizlandi Hasan. – Namoooz!.. —

Hasan,  qara  amakini…  hushini  yo‘qotdi…—  Namoz  deyapman  men  senga, 

Husaaan! 

— 

Baqirdi 


Hasan, 

— 

iymoningni 



boy 

berma!.. 

— Agar o‘laman deb yotgan shu kishiga hozir yordam bermasam, iymonimni aniq 

boy  beraman,  Hasan!..  –  ovozini  baland  qo‘ydi  Husan  ham.  —  O‘zingni  o‘tga 

cho‘qqa  urganing  bilan  iymon  Ollohdan!  U  bersa  bor,  bermasa,  yo‘q  ekan, 

tushundingmi!..—  Kofir  bo‘lma!  Yur  namozga!  Iymonimizni  saqlab  qolaylik!..— 

O‘zing  kofir  bo‘lma!  Yur,  anavi  kishining  jonini  saqlab  qolaylik!..—  Shayx 

hazratlari  aytadiki…—so‘zlari  og‘zida  qoldi  Hasanning.—  Shayx  hazratlarini 

qo‘y,  Hasan,  sen  o‘zing  nima  deysan,  shuni  gapir!  Qachon  sen  Hasanning  gapini 

aytasan?!..  —  bo‘g‘ildi  Husan.  –  Birovning  iymoni  bilan  yashash  mumkinmi?.. 

Tavba… qarab tursam, sening musulmonliging masjidning ichidagina bor, darvoza 

hatlab tashqariga chiqishing bilan esa kimligingni bilib bo‘lmaydi, Hasan!..” 

20



Parchadan ko‘rinadiki, Hasan  bilan Husanning o‘rtasida yer bilan osmoncha 



farq bor. Hasan iymonni namoz va masjidda deb hisoblaydi. Husan  esa  iymonni 

insoniy  fazilatlarda  deb  hisoblaydi.  Hikoyaning  oxirida  bu  egizaklarning  asl 

                                                           

19

 Улуғбек Ҳамдам,  Ватан ҳақида қўшиқ,  Тошкент, Академнашр. 2014 йил,  506-бет. 



20

 Улуғбек Ҳамдам,  Ватан ҳақида қўшиқ,  Тошкент, Академнашр. 2014 йил,  507-бет. 




 

44 


qiyofasi  o‘sha  yuqorida  aytib  o‘tkanimiz  ikkita  qushcha  asosida  yaqqol  namoyon 

bo‘ladi.   

Ulug‘bek  Hamdam  bu  hikoyasi  orqali  insonlardagi  insoniy  fazilatni 

ulug‘laydi.  Insonning  iymonini  butligi  namoz  va  masjidda  emas,  odamiylikda 

ekanligini Hasan va Husan obrazlari misolida ko‘rsatib beradi. 

 

                                                    



 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                


 

45 


 


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish