O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 151,64 Kb.
bet1/9
Sana04.05.2023
Hajmi151,64 Kb.
#935045
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elbekning she\'riy mahorati



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Filologiya fakulteti
Filologiya va tillarni o'qitish o‘zbek tili (sirtqi) yo‘nishi 18 59 guruh talabasi Qayumova Taxmina ning
O‘zbek adabiyoti tarixi fanidan

KURS ISHI


Mavzu: Elbekning she’riy mahorati


Qabul qildi: Qosimov A. _________
Farg’ona — 2021

MUNDARIJA


KIRISH 3
1. Elbekning hayoti va ijodi 5
2. Elbek she’riyatda tutgan o’rni 8
3. Elbek she’rlari 14
XULOSA 27
ADABIYOTLAR RO’YXATI 29



KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng milliy-estetik qadriyatlar va ma’naviy merosimizga bo`lgan munosabat tubdan o’zgardi. Chunki, qadriyat va tarixiy meros millat ma’naviyatini yuksaltiruvchi muhim mezon hisoblanadi. Xalqimizning falsafiy-estetik tafakkur taraqqiyotini belgilagan mutafakkirlarning qarashlari va ta’limotlari ham ana shu mezonning tarkibiy qismidir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: “Chindan ham tariximizning qaysi davrini olmaylik, yurtimizda ilmu ma’rifat va yuksak ma’naviyatga intilish hech qachon to’xtamaganini, xalqimiz dahosining o’chmas timsoli sifatida eng og’ir va murakkab davrlarda ham yaqqol namoyon bo’lib kelganini ko’rishimiz mumkin. Ma’rifat g’oyasini baland ko’tarib chiqqan jadid bobolarimizning faoliyati bunga yorqin misol bo’la oladi. Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Isoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Elbek, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvar fidoiy insonlarning o’z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo o’chmaydi”.1
Mazkur fikr ajdodlarimiz ma’naviy, ma’rifiy merosini ilmiy o’rganishni dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo’yadi.
Bugungi kunda ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi islohotlardan ko’zlangan asosiy maqsad xalqimizning ma’naviy yuksalish yo’lidagi imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatda ma’rifatparvar ziyolilarning, xususan, Elbekning ijodini o’rganish muhim ijtimoiy-falsafiy, badiiy- estetik ahamiyat kasb etadi. Elbek qarashlarida ozodlik, istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi yuksak axloqiy-estetik g’oyalar ifodalangan.
XX asrning 20-yillarida Turkiston adabiyoti va matbuoti maydoniga kirib kelgan Shokir Sulaymon, G‘ayratiy, Ziyo Said, Rafiq Mo‘min kabi Elbek(Mashriq Yunusov) ham bu davrda yangi o‘zbek ma'rifati, madaniyati sohasida faol ish olib bordi. U «Armug‘on»(1921), «Ko‘zgu», «Yolqinlar»(1925), «Bahor»(1929) she'riy to‘plamlarini, «Oyxon»(1920), «Qo‘shchi Turg‘un» (1925) hikoyalar to‘plamlarini nashr ettirdi. O‘quv kitoblari va til qo‘llanmalari borasida «O‘r­nak»(1924), «Go‘zal yozg‘ichlar»(1925), «Bilim»(1927), «Boshlang‘ich maktabda ona tili», «Lug‘at va atamalar»(1924) kitoblarini yaratdi, o‘zbek folklori asarlarini to‘plab, nashr ettirdi(«Laparlar»(192), «Ashulalar to‘plami», «Bolalik qo‘shiqlari»(1934, 1935) va boshqalar).
Elbek rus klassik adabiyoti targ‘iboti bilan ham qizg‘in shug‘ullanib, A.S.Pushkinning «Baliqchi va baliq haqida ertak», «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak»(1937), I.Krilov masallari, N.Nekrasov she'rlarini o‘zbekchalashtirdi. «Pushkin ijodida xalq adabiyoti va o‘zbekcha tarjima» (1937) kabi maqolalari bilan tarjimachilik ishlariga munosib hissa qo‘shdi.
U tog‘ yonbag‘ridagi qishloqda og‘ir bolalik yillarini kechiradi. Tug‘ilgan qishlog‘idagi moddiy va ma'naviy qiyinchiliklar, Toshkentda kechgan og‘ir kunlari, sarson-sargardonlik, ma'rifatga bo‘lgan chanqoqlik va bu yo‘ldagi xilma-xil to‘siqlar bo‘lajak shoirning butun hayot va ijod yo‘liga ham ta'sir etmay qolmadi.
Elbek 1898 yili Toshkent viloyatining sobiq Iskandar bo‘lisining Xumson qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida tug‘iladi, bolalik ham yoshlik yillari juda og‘ir o‘tadi.
Shoir keyinchalik bu haqda eslab shunday deydi: «1905 yili qishloq eski maktabiga kirib o‘qidim. Bu maktabda 4 yil o‘qib, o‘quv-yozuvni o‘rgandim. Otamning mendan boshqa ham bolalari bo‘lgani uchun bizni boqa olmasdi. Men yoshlikdan deh­qonchilik ishlariga berildim. 1910 - 1911 yillarda juda qiyinchilik va shuning natijasida boshqa aka-ukalar kabi men ham uyni tashlashga majbur bo‘ldim.

Download 151,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish