MEHNAT TA'LIMI FANING TARIXIY TARAQIYOTI VA O'RTA OSIYO ZIYOLILARNING PEDAGOGIK QARASHLARI
Reja:
1. Mehnat ta'limi faning tarixiy taraqiyoti
2. Mehnat o’qishning maqsadi
3. Mehnatga ongli munosabati
Mehnat o’qishning maqsadi o’quvchilarga tegishli bilimlar, ko’nikma, va malakalar berish bilan cheklanib qolmasdan ularga mehnatga ijtimoiy va shaxsiy mulkga, uning hozirgi zamon ko’z qarashini umumiy foyda keltirish uchun ishlashta tayyorlikni tarbiyalashdan iborat.Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash mehnat tarbiyasining vazifasi hisoblanadi. Mehnatga ongli munosabat-bu hozirgi zamon odamning asosiy xususiyatini o’zgachalagini ko’rsatadi. Har bir mehnatkash-ishchi mehnat oddiyo’z turmushini mehnatsiz amalga oshirishi mumkin emas.
Mehnatga ongli munosabat mehnatnig ijtimoiy foydali ekanligini tushunish mehnat topshiriqlarini majburiy emas ixtiyoriy turda bajarilishi bilan harakterlanadi. Mehnat bajarilishi bilan harakterlanadi. Mehnat kilishda o’quvchining aql bilan kollektiv bo’lib mehnat qilish uqublarini mulkga hamkorlik munosabatlarini tarbiyalash va mehnatga ongli munosabatni shakllantirish bilan bog’langan. Shuningdek tarbiya masalalari natijalari mashqning mazmunigagina bog’liq bo’lib qolmay ularnig tashkil etilishi o’quvchilar ishlarini tekshirib berishga ham bog’liq bo’ladi.
Mehnat jarayonida o’quvchilarning o’z-o’ziga va do’stlariga munosabati jihatidan talabchanlikni ravojlantirishga yordam beradigan uch asosiy shartni misol etib ko’rsak bo’ladi:
1. Jamaoat a’zolariga bir-biriga ma’lum darajada talablar qo’yidagicha majburlaydigan imkoniyatlarni yaratish va ulardan mehnat jarayonida foydalanish. Aytaylik maktab uchun o’rindiqlar tayyorlashdi deylik, har bir zivenolar bo’yicha olib boriladi. Har bir zveno zarur miqdorda bir turli detallar oyoqchalar, qopqoqlar tayyorlash bo’yicha topshiriqlar oladi. Boshqa zveno bo’lsa shu detallardan o’rindiqni yig’ishtiradi natijada o’rindiqning sifatli har bir zvenoning ishlagan detallarini sifatiga bog’liq bo’ladi. Tayyorlangan mahsulot mug’dori va sifati uchun o’quvchilarning o’z-aro bir-biriga bo’ysinishi va o’z aro javobgarchiligi shu tartibda ko’rinadi.
2. Jamoat talablarini o’z vaqtida quvvatlash tajriybasining ko’rsatishiga mehnat jarayonida ommalarni birinchi bo’lib rahbarlar qo’yadi. O’quvchilarni uzluksiz kuzatish pedagogik jihatdan asoslangan va o’z vaqtida aralashishlar orqali o’qituvchi o’quvchilarning o’z-aro talabchanliklarining rivojlanishiga ularning jamiyatda o’zlarini tutushlariga yordam beradi.
3. O’quvchilarda sismavzuli va ketma-ket talabchanlik ko’rsatish o’qituvchi va kollektivning ba’zi bir o’quvchilarga talablari to’satdan birdan bo’lmay ular ketma — ket amalga oshishi kerak. Shuningdek mehnat o’quvchilariga jamiyat va mulkka yaxshi munosabatda tarbiyalash ahamiyatga ega.
O’quvchilarni materiallarni o’chirish o’rni —o’rniga foydalanish asbob-uskunalarga e’tibor berish arqoli ongli mehnat madaniyatini tarbiyalash kerak. Mehnat o’qish jarayonida estetik tarbiya mehnat metodik tarbiyalashga ham katta ahamiyat beriladi.
Ustaxona ishlarida o’quvchilar kesish, o’lchash asboblari va uskunalarning tuzulishlari bilan va ishda foydalanish qoydalarini o’rganadi. Bu asbob uskunalarga tegishli bilim olish aniq asboblarni o’rganish davomida to’planadi. Randalash operatsiyalarini o’rganayotganda o’quvchilarga randa va sherxebeldan foydalanish usullari tanishtiriladi. Randalash: rubanok, sherxebel’, ziyzubel’, tsenugel’, pal’tsogubel’ va boshqa asboblar konstruktsiyasini etilishtirish o’quvchilarning texnik bilim darajasining ortishiga asboblar konstruktsiyasini o’zgartib ishni tez va toza bajarish imkoniyatini ko’rsatib beradi.
Asbob konstruktsiyasininig tahlilini o’quvchilarning faol qatnashishida o’tish uchun o’qituvchi uni suhbat, savol-javob o’tkaziladi. Dastlab o’qituvchi randalash operatsiyasi to’g’risida tushuncha beradi va o’quvchilarga surginning tuzilishi bilan tanishtiradi. Bunda o’quvchilar barcha kesuvchi asboblarning kesish bo’limining ko’rinishi bir xil bo’lishiga har xil instrumentlarning kesuvchi bo’limi bilan solishtiradi. Bundan so’ng o’qituvchi randalash foydalanib bo’lmaydigan o’rinlarga misollar keltiradi.
Metallarni kesish qirqish vaqtida o’qituvchi I-IV sinflarda qog’oz, kardon , gazlama bilan qaychi yordamida kesishni o’zlari o’tadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarishining asosiy mashina va mexanizmlarga loyiqlash-tirilganligi bilan qo’lda ishlanishga tegishli bo’lgan operatsiyalar bilan o’quvchilarning jismonan rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuningdek slesarlik operatsiyalarni bajaruvchi kasblar hozirgi zamon ishlab chiqarishda eng ko’p tarqalgan kasblarning biri bo’lib hisoblanadi.
Maktab ustaxonasida o’quvchilar yog’och va metall materiallar bilan ishlashadi, eng oldin o’quvchilarga shu materiallar hususiyatlari haqida tanishtirish ularning qishloq xo’jaligida, boshqa sohalarda tutgan o’rni qo’llanishini aytib o’tish zarur. Bu materiallar bilan bir qatorda hozirgi vaqtda plastmassa materiallarning qo’llanishi haqida ham aytib o’tish lozim.
O’quvchilarga materiallarning hususiyatlari bilan tanishtirilganda o’qituvchi bu hususiyat ishlanadigan materialning vazifasiga qarab zagatovkani tanlashda katta ahamiyatga ega. Masalan : oddiy slesar’ asboblarini tahlil qilishda qo’lda tayyorlaydigan bo’lsa qattiqligi bilan farq qiluvchi uglerodli asboblik po’latlardan foydalansa mixlar tayyorlash uchun uglerodi kam yumshoqroq po’latlar kerak bo’ladi. Rubankaning kolotkasini ishlash uchun qattiq yog’och kerak bo’lsa yaщiklar ishlash uchun bush yog’och taxtalar kerak bo’ladi.
Shuningdek o’quvchilarga I-IV sinflardagi mehnat darsining davomi ekanligi ko’rsatib o’tilishi lozim. Bizning endi foydalanadigan materialimiz qog’oz, karton, gazlama kabi keng tarqalgan, biroq boshqa 15 xususiyatlarga ega, shuning uchun ham ularning qo’llanilishi boshqacharoq bo’ladi.
O’qituvchi yog’ochning bir qancha ko’p turlarining bor ekanligiga o’qituvchilarning diqqatini qaratadi. Bunda yog’ochni o’rganish, tuzilishi, kamchiliklarni eska olishdan boshlaydi. Masalan yog’och yuqori temperaturaga chiday olmaydi, ularning (sorti) navi ta’sirlar sababidan bo’ziladi. Metal’dan yasalgan buyum bunday kamchiliklarga oz yo’l qo’yadi. Bundan keyin o’qituvchi metallarning xususiyatlari o’quvchilarga V-VII snflarda mehnat darslari davomida ketma-ket ochib ko’rsatilishi bunda asosan po’latning navlari va markalari bilan tanishtirishni tushuntiradi. O’quvchilarni metall materiallar bilan tanishtirish qora metallardan boshlanadi. Uning xususiyatlari va qo’llanilishi haqida aytib beradi, oq-qora qong’iltir misolida aytib o’tiladi.
Qora qong’iltir namlikka chidamli bo’lishi uchun bo’yaladi, yoki yuziga lok singdiriladi. Metall shit va sim qanday tayyorlanishi haqida aytiladi. Po’lat va cho’yin haqida tushuncha beriladi.
O’qituvchi endi metallarni kesadigan qaychini ko’rsatib, buning oldingi qog’oz qiyadigan qoychidan qanday farq borligini o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar bu qaychi og’ir, dastasi uzunroq ekanligiga e’tibor beradi. Endi o’qituvchi nima uchun shunday deb so’raydi. Ko’pchilik o’quvchilar bir ovozdan metallni qiyish qiyin bo’lganligi uchun shunday bo’ladi deb javob beradilar.
Darsning oxirida o’qituvchi richagli qaychilarning dastasining uzunligiga ular yordamida metalni kesish oson bo’lishiga o’quvchilar diqqatini qaratadi. O’qituvchi 2 mm qalinglikdagi listni kesib ko’rsatadi.
Qaychilar yordamida kesib buni osonlashtirish uchun mashinada kesish mumkinchiligini aytadi. Qaychilarning turlarini kesib ko’rsatadi. Shuningdek qo’shimcha uskunalar stuslo, malka strubuna misolida ham aytib beradi.
Har bir mehnat operatsiyasi o’ziga qos o’zgachaliklarga ega. Shuning uchun ham belgilash, kesish, qirqish boshqa mehnat operatsiyalarini bajarish uslubiyati bir-biridan ajralib turadi.
Materiallarini qo’ldan ishlashda ma’lum operatsiyani bajarishda o’qituvchi quyidagi umumiy masalalarni bajaradi.
1. O’quvchilarning kuchi etadigan ob’ektlarini tanlash.
2. Materialni bayon qilish uslubiyatini oldindan bajaradi.
3. O’quvchilarning o’zlaricha mustaqil ishlarini tashkil qiladi.
O’quvchilarning kuchi chamasi etadigan ishni tanlash —ish ob’ektini en daslab o’quv dasturiga javob berishiga va o’quvchilarning jismoniy tayyorligiga mos keladigan bo’lishi kerak.
O’quvchilar tayyorlagan buyumlarga qo’yiladigan talablar ishning aniqligiga talablar qo’yilgan bo’lsa, o’quvchilar diqqat bilan ishlab yaxshi natijaga erishadi. Lekin ishning aniqligiga talablar qo’yishda o’quvchilarning imkoniyatlariga mos kelishini e’tiborga olish kerak.
Ijtimoiy pedagogik g’oyalar va nazariyalarning shakllanishida SHarq uyg’onishi davri olimlarining asarlari beqiyos o’ringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki avval mavjud bo’lgan o’sha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy asoslangan tizimi asosida to’planganligidadir. yetuk olimlarning faoliyat xarakteri-ilm bilan mashg’ul bo’lish ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Buyuk olim Al-Xorazmiy (783-850 y)ning asarlari yorqin didaktik xarakterga egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qulgakiritilishini, bu jarayonda shaxs boshqalar bilan munosabatlarga kiritilishini, jamiyatning faola’zosiga aylanishini ta’kidlagan.
Al-Xorazmiy-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek-kabi olimlar o’z ilmiy va pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va ta’lim beruvchi ta’sir kuchlarini o’sib kelayotgan avlodga qaratish g’oyasini tushunishgan va buni tadbiq etishgan. Bu avvalambor ular ta’limning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy norma va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega bo’lishida deb bilganliklarida namoyon bo’lgan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y) ta’lim jarayoniga qo’llaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek ta’lim tamoyillarini ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yo’naltirilishi u axloqni ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida o’z ifodasini topgan. Olimning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi amaliy hayot uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi g’oyalari hozirgacha muhimligini saqlab qolgan.
Buyuq qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) o’z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Biz uning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o’qitish haqidagi g’oyalari muhim hisoblanadi.
Forobiy, ibn Sino, Beruniy ta’lim muammolari bo’yicha bir xil fikrlar bildirgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun o’z aqliy, jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish imkonini beruvchi ta’lim vazifasini ajratib ko’rsatganlar. Ta’limning rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar:
-asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi;
-amaliyotni tajriba bilan bog’lash;
-qabul qila olishlik;
-ko’rgazmalilik.
Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish ko’nikmalari jamoa bo’lib o’qitish shaklida yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim:
Ta’lim oluvchilar, o’qituvchi va o’quvchilar orasida tajriba, bilim, ma’naviy va axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish.
Musobaqalashuv elementidan foydalanish.
O’quvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, o’zaro tushunish, o’zaro yordam, do’stlik hissini rivojlantirish.
Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy pedagogik yo’naltirilganligi, ularning avvalambor hayotga har tomonlama tayyorlash hisoblangan ta’lim maqsadini sharhlashlarida o’z ifodasini topgan. SHaxsning jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishini ta’minlab beruvchi eng muhim xususiyatlar deb, ular mehribonlik, yaqinlarga yordam, g’urur, vijdon, yaxshi niyatlilik, sabrni bilishgan. O’quvchilarning har tomonlama intellektual va mehnat tayyorgarliklariga katta e’tibor qaratib, Forobiy va ibn Sino yoshlarning jamiyatga “kirish”larining eng muhim omillari sifatida, faollik, mustaqil tashabbuskorlik, intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy qobiliyatni hisoblashgan.
Ijtimoiy tarbiyada o’qituvchiga yetakchi o’rin ajratib, Forobiy uning faoliyatini, jamiyatning kelajagi unga bog’liq bo’lgan hukmdor faoliyatiga qiyoslaydi. Forobiy ham ibn Sino kabi pedagog o’quvchilarning bilimlarini hayotga tadbiq etishlariga e’tibor berish lozimligiga ishora qilgan.
Qomusiy olimlar shaxsiy namunaga nihoyatda katta e’tibor berishgan hamda o’zlari ham intiluvchanlik, yuqori ijtimoiy mavqe’ga erishganlik namunasi bo’lib xizmat qilishgan. Forobiy nihoyatda mehnatsevar, irodali, kamtar, sodda bo’lgan va doim yordamga intilgan. Forobiyning o’quvchilarning individual psixologik va aqliy xususiyatlariga mos tushuvchi ta’limni usuli, kasb tanlash muhimligi haqidagi fikrlari hozir ham katta ahamiyatga ega.
O’rta Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va ta’limning ijtimoiy o’rnini tushunishlari shunda namoyon bo’ldiki, ular ijtimoiylashuvining mikroomillar-muhit, oila, o’quvchilar guruhiga e’tibor karatganlar va ota-onalar, pedagog va o’quvchining harakatlarini mujassamlashtirishni maslahat berganlar.
SHunday qilib, o’rta asr olimlari ijtimoiy pedagogik yo’naltirilganlikga ega katta pedagogik meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy ijtimoiy pedagogika ilmining rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |