Hayot va turmush odobi



Download 42,49 Kb.
bet1/2
Sana30.12.2021
Hajmi42,49 Kb.
#191684
  1   2
Bog'liq
HAYOT VA TURMUSH ODOBI



“HAYOT VA TURMUSH ODOBI” KURSI

(O„quvchi qizlar uchun)

Kursning maqsadi: O„quvchi-qizlarni milliy urf-odatlar asosida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash.

Kursning asosiy vazifalari:



  • fanning maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish;

  • oila va uning xususiyatlari haqida tushuncha hosil qilish;

  • fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari, er-xotinning oiladagi huquq va majburiyatlari, huquqiy bilim va huquqiy madaniyat to„g„risida ma’lumot berish;

  • o„zbek milliy urf-odatlar hamda an’analari haqidagi bilimlarini kengaytirish;

  • oilaviy an’analar va ma’naviy-axloqiy merosni saqlab qolish va davom ettirishga o„rgatish;

  • o„quvchi-qizlarda sog„lom moddiy-ma’naviy dunyoqarashni shakllantirish;

  • yoshlarni oilaviy muloqotga tayyorlash va ro„zg„or tebratishga o„rgatish;

  • reproduktiv bilim va madaniyatni shakllantirish;

  • homiladorlik davrining o„ziga xosligi, bu davrda oila a’zolarining bo„lajak onaga bo„lgan munosabatlari to„g„risida ma’lumot berish;

  • farzand tarbiyasining o„ziga xos xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish;

  • bola parvarishini o„rgatish;

  • maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tarbiyasining tamoyillari to„g„risidagi bilimlarini kengaytirish;

  • bolani maktabga tayyorlash masalalari bilan tanishtirish;

  • o„quvchi-qizlarni ishbilarmonlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o„z o„rnini topishga o„rgatish.

FAN BO‘YICHA O‘QUVCHINING O‘ZLASHTIRISHI LOZIM BO‘LGAN BILIM, KO‘NIKMA VA MALAKALARI Fan mavzularini o‘zlashtirish davomida o‘quvchi-qizlar quyidagilarni bilishlari zarur:

  • F anning maqsad va vazifalarini;

  • oilaning huquqiy asoslarini;

  • o„zbek oilasining o„ziga xos xususiyatlarini;

  • milliy urf-odat, an’ana va marosimlarning Shaxs rivojlanishidagi o„rnini;

  • farzandlik burchini;

  • salomlashish turlari va qoidalarini, ular bilan bog„liq odatlar, rasm- rusumlarni;

  • oilada Shaxslararo munosabatlar va muloqot madaniyatini;

  • taym-menejmentni;

  • etiket me’yorlarini;

  • ko„rkamlik sirlarini;

  • kiyinish odobini;

  • turli ranglarning odam ruhiyatiga ta’sirini;

  • bichish-tikish sirlarini;

  • dazmol qilish qoidalarini;

  • dasturxon bezash san’atini;

  • ovqatlanish madaniyatini;

  • kelinlik odobini;

  • jinsiy hayot psixogigiyenasi va jinsiy xastaliklar psixoprofilaktikasini;

  • homiladorlik belgilarini;

  • homilador ayol ruhiyatida yuz beradigan o„zgarishlarni;

  • bola tarbiyasi asoslarini;

  • ismlar ma’nosini va uning Shaxs rivojlanishidagi ahamiyatini;

  • bolani maktabga tayyorlashning pedagogik va psixologik jihatlarini;

  • maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan o„tkaziladigan rivojlantiruvchi o„yin va mashg„ulotlarni, ularning bola rivojlanishidagi ahamiyatini;

  • ish jarayonida muvaffaqiyatga erishish yo„llarini;

  • ishbilarmon ayol imidjini;

  • taqdimotlar tayyorlashni, ularni ommaga taqdim qilishni.

Fan mavzularini o‘zlashtirish davomida o‘quvchi qizlar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur:

  • ota-onani hurmatlash va ardoqlash;

  • oilada va jamoat joylarida o„zini tutish va muloqotga kirishish;

  • sukunat va sir saqlash;

  • vaqtni to„g„ri rejalashtirish;

  • tana a’zolarini parvarish qilish;

  • did bilan pardoz qilish;

  • oila a’zolari uchun ob-havo va mavsumga ko„ra kiyimlarni to„g„ri tanlash;

  • uy sharoitida kiyim va uy jihozlarni ta’mirlash;

  • YANGI oilaga moslashish;

  • ro„zg„or tutish hamda oila iqtisodiyotini to„g„ri yuritish;

  • oilani rejalashtirish va sog„lom turmush tarzini olib borish;

  • homiladorlik davrida kun tartibini to„g„ri tashkil etish;

  • farzandga to„g„ri ism tanlash;

  • chaqaloqni to„g„ri ovqatlantirish, cho„miltirish, chiniqtirish, yo„rgaklash;

  • maktabgacha ta’lim yoshidagi bola bilan turli ko„ngil ochar mashg„ulotlar, rivojlantiruvchi o„yinlar o„tkazish;

  • turli mavzularda taqdimotlar tayyorlash va jamoatchilikka taqdim etish;

  • jamiyatda o„z o„rnini topish.

Fan mavzularini o‘zlashtirish davomida o‘quvchi qizlar quyidagi malakalarga ega bo‘lishlari zarur:

  • turli yoshdagi, jinsdagi insonlar bilan to„g„ri salomlashish;

  • bo„sh vaqtdan to„g„ri foydalana olish;

  • turli xususiyatli soch va yuz terisi parvarishi uchun uy sharoitida niqoblar tayyorlash;

  • mato xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kiyimlarni dazmol qilish;

  • oila a’zolarining to„g„ri ovqatlanishini tashkil qilish;

  • milliy urf-odatlarga amal qilish;

  • bola tarbiyasida turli rivojlantiruvchi o„yinlardan foydalanish.

FANLARARO ALOQA “Hayot va turmush odobi” fani umumta’lim fanlaridan - “Tarix”, “Ma’naviyat asoslari”, “Estetika”, “Shaxs va jamiyat”, “Oila psixologiyasi”, “Huquqshunoslik”, “O„zbekiston Konstitutsiyasi” kabi fan mavzulari bilan uzviy bog„langan.

FANNI O‘QITISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI

O„quvchi-qizlarning “Hayot va turmush odobi” fanidan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliy ko„nikmalarini shakllantirish uchun o„quv materiallarini turli usullarda taqdim etish mumkin.

Ta’lim jarayonida o„qitishning an’anaviy va interfaol usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Ta’lim metodlari va texnologiyalari mavzuning didaktik vazifasi hamda o„quv materialining mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.

O„quvchilar bilimini oshirish va ko„nikmalarini shakllantirishda o„quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida axborot texnologiyalardan foydalanish muhim hisoblanadi. Bunda mavzularga oid turli she’rlar, qo„shiqlardan parchalar eshittirish, turli xil taqdimot materiallari - slaydlar, videoroliklar, kinofilbmlardan foydalanish ijobiy samara beradi.
HAYOT VA TURMUSH ODOBI” FANINING MAVZUIY TAQSIMLANISHI


/r

Fanning bo„limlari va mavzular nomi

Umumiy yuklama, soat

Hammasi

Darslar turi bo„yicha soatlar taqsimoti (auditoriya yuklamasi)

Mustaqil ish

Jami

Nazariy

(ma’ruza)



Amaliy

Kurs ishi (loyihasi)




I. Oila va ma’naviy- axloqiy TARBIYA






















“Hayot va turmush odobi” fani maqsad va vazifalari.

3

2

2







1




Milliy urf-odat, marosim va an’analaming Shaxs ma’naviy kamolotidagi o„rni.

3

2

2

-




1




Oilada ota va onaning o„rni. Farzandlik burchi.

3

2

2

-




1




Salomlashish odobi

3

2

-

2




1




Muloqot madaniyati va jamoat joyl arida o„zini tutish qoidalari

6

4

2

2




2




II. Kichik xonimga maslahatlar






















Etiket alifbosi.

3

2

2

-




1




Ko„ rkamlik sirlari.

6

4

2

2




2




Yoshlar va kiyinish odobi.

3

2

-

2




1




Ozodalik.

3

2

-

2




1

0

Pazandalik va mehmonnavozlik.

6

4

2

2




2

1

Qiz bola hayosi va ibosi bilan go„zal.

3

2

-

2




1




III. Oila muqaddas dargoh



















2

O„spirin qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash.

3

2

2

-




1

3

O„smir qizlarni gigiyenik hamda jinsiy tarbiyalash.

6

4

2

2




2




Oilaviy hayotning

6

4

2

2




2




4

huquqiy, ma’naviy-axloqiy asoslari.






















IV. Yangi mehmon



















5

Onalik baxti.

6

4

4

-




2

6

Oilada farzand tarbiyasi.

9

6

2

4




3

7

Bolani maktabga tayyorlash.

11

8

2

6




3




V.

MUVAFFAQIYATLAR

kaliti




















8

Karyera.

4

2

2







2

9

Tadbirlar.

4

2

2







2




Jami:

91

60

32

28




31

O„QUV MATERIALI MAZMUNI



  1. BO„LIM. OILA VA MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYA

  1. mavzu: “HAYOT va turmush odobi” fani maqsad va vazifalari

(2 soat)

“Hayot va turmush odobi” fani maqsad va vazifalari. Oila tushunchasi va o„zbek oilasining o„ziga xos xususiyatlari. Oilaning muqaddasligi, osoyishtaligi va farovonligi.



  1. mavzu: Milliy urf-odat, marosim va an’analarning Shaxs ma’naviy

kamolotidagi o„rni (2 soat)

Milliy urf-odatlar, marosimlar, an’anava qadriyatlar. Ularning Shaxsning rivojlanishi va shakllanishidagi o„rni va ahamiyati. Sharq va Yevropa mamlakatlari madaniyati, urf-odatlarining o„smir yoshlar ahloqiy tarbiyasiga ijobiy hamda salbiy ta’siri.



  1. mavzu: Oilada ota va onaning o„rni. Farzand burchi.

(2 soat)

Ota - aql, ona - idrok. Oilada ota va onaning o„rni. Ota-onaning farzand oldidagi burchlari. Farzandlik burchi va uni ado etish.

Ota-onani hurmat qilish, qobil farzand tarbiyasi mavzusining muqaddas manbalarimizda, olim va mutafakkirlar asarlarida yoritilishi, ularning milliy urf- odatlarimizda aks ettirilishi.


  1. mavzu: Salomlashish odobi (2 soat)

“Assalomu alaykum” so„zining lug„aviy ma’nosi. Salomlashish odobi va qoidalari. Salomlashish turlari: qo„l berib ko„rishish, qo„lni ko„ksiga qo„yib salomlashish, boshni egish. Yoshlar orasida urf bo„lgan salomlashish turlari.

Salom berish haqida imom Ismoil Al-Buxoriy, Amir Temur, Yusuf Xos Hojib, Mahsud SHayxzodaning fikrlari. Salom bilan bog„liq odatlar, rasm-rusumlar.



  1. mavzu: Muloqot madaniyati va jamoat joylarida o‘zini tutish qoidalari

(4 soat)

Oila a’zolari orasidagi muloqot madaniyati. Oilaviy muloqotning o„ziga xos jihatlari. Sukunat va sir saqlash qoidalari.

Ta’lim muassasasi va jamoat joylarida o„zini tutish, telefonda gaplashish va muloqot madaniyati.


  1. BO‘LIM. KICHIK XONIMGA MASLAHATLAR

mavzu: Etiket alifbosi (2 soat)

Etiket - nazokat va iltifot tili. Etiket me’yorlari. Etiketning tarkibiy qismlari. Internet va etiket. Jamoa orasida o„zini tutish. Uchrashganda so„rashish. tarbiyali kishiga xos xususiyatlar. Kim bilan muloqot qilish qiyin?



  1. mavzu: Ko‘rkamlik sirlari (4 soat)

Yuvinish. Tishlar va qo„llar parvarishi. Chiroyli o„tirish, yurish va qomatni tik saqlash haqida.

Soch va yuz terisi parvarishi. Soch turmagi, pardoz sirlari. Soch va yuz terisi parvarishi uchun turli niqoblar tayyorlash.



  1. mavzu: Yoshlar va kiyinish odobi (2 soat)

Libos - ayol ko„rki. Ob-havo, mavsum hamda sharoitga qarab kiyimni to„g„ri tanlash. Matolarda ranglar jilosi. Rangning odam ruhiyatiga ta’siri. Kiyimlarni kichik "ta’mirlash" ishlaridan o„tkazish: tugma tikish, kiyimdagi zamokni almashtirish, erkak va ayol liboslarini kaltalatib chok berish. Bichish-tikish mahorati va sirlari.

  1. mavzu: Ozodalik (2 soat)

Sarishtali uy - farishtali uy. Shinam uyda yashaymiz (xonadonni to„g„ri jihozlash). Deraza artish sirlari. Oshxona jihoz va anjomlarini ozoda saqlash. Uyni zararkunanda hashorotlardan tozalash. Kir yuvish va quritish, kiyimlarni to„g„ri saqlash. Mato turiga ko„ra dazmol qilish.

  1. mavzu: Pazandalik va mehmonnavozlik (4 soat)

Taom tayyorlashning nozik tomonlari: mahsulotlarni to„g„ri tanlash va saqlash, ularning mutanosibligi.

Dasturxon atrofida o„zini tutish odobi. Ovqatlanish madaniyati. Mehmon kutish qoidalari.

Dasturxon bezash san’ati. Taomnoma tuzish.


  1. mavzu: Qiz bola hayosi va ibosi bilan go„zal

(2 soat)

Hayo, ibo tushunchalari. Qizlik hayosi va iffati. Hissiyotlar: sevgi, muhabbat, nafrat, g„azab, jahl va hokazolar. O„tkinchi his-tuyg„ularga berilmaslik, ularni jilovlash, o‘z-o‘zini boshqarish. Ijtimoiy tarmoq va tanishuv saytlarida paydo bo„layotgan sevgilar haqida.



  1. BO„LIM. OILA MUQADDAS DARGOH

12-mavzu: O‘spirin qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash

(2 soat)


Oila ma’naviyati. Oilaviy hayot bo„sag„asida: qizlarning oila qurishga axloqiy, jismoniy, estetik, ma’naviy, psixologik tayyorligi, bunda biologiya, adabiyot, tarix kabi fanlarning ahamiyati.

Nikohdan o„tuvchilar oilaviy hayotga qay darajada tayyorligini aniqlovchi mezonlar.

13-mavzu: O„smir qizlarni gigiyenik hamda jinsiy tarbiyalash

(4 soat)


Jinsiy tarbiyaning mazmuni va vazifalari. Jinsiy axloqning shakllanishi. Jinsiy tarbiya orqali o„smir qizlarda qator sifatlarni tarkib toptirish. Qizlar jinsiy gigiyenasi va salomatlik.

Jinsiy hayot psixogigiyenasi va jinsiy xastaliklar psixoprofilaktikasi.

14-mavzu: Oilaviy hayotning huquqiy, ma’naviy-axloqiy asoslari

(6 soat)


Oilaning huquqiy asoslari. Nikoh haqida so„z.

Sovchilik, unashtirish, fotiha to„yi, nikoh to„yi marosimlari. Yor-yorlar va kelin salom qo„shiqlari. Chimildiqdagi rasm-rusumlar.

Kelin bo„lish odobi. Qaynona kelin munosabatlari. yangi sharoitga ko„nikish va moslashish.

Baxtli oila qoidalari. Oiladagi saranjom sarishtalik va oila iqtisodiyotini to„g„ri yuritish. Oila byudjeti va uning taqsimoti. Tejamkorlik haqida. Ro„zg„or tutish san’ati.

IV BO„LIM. YANGI MEHMON


  1. mavzu: Onalik baxti (4 soat)

Onalik baxti: tug„ish yoshi xususiyatlari, urug„lanish jarayonining kechishi, homiladorlik belgilari. Homilador ayolning kun tartibi: mehnati, dam olishi, ovqatlanish rejimi.

Homiladorlik davrining o„ziga xosligi: homilador ayol hissiyotlarida paydo bo„ladigan o„zgarishlar, bu davrda oila a’zolarining unga bo„lgan munosabati va ko„magi. Homilador ayolning kiyinishiga bo„lgan e’tibor masalalari va gigiyenasi.



  1. mavzu: Oilada farzand tarbiyasi (6 soat)

Ismlar ma’nosi. Bolaga to„g„ri ism qo„yish. Bola parvarishi (Shaxsiy gigiyenasi, kun tartibi, ovqatlanishi) va tarbiyasi (jismoniy tarbiya, badanTARBIYA, organizmni chiniqtirish) asoslari.

Beshik bolasi - bek bolasi. Chaqaloqni to„g„ri yo„rgaklash, emizish va cho„miltirish qoidalari. Bolaning kiyim-kechaklari va poyabzalini to„g„ri tanlash.

Boladagi zararli odatlarning oldini olish.

17-mavzu: Bolani maktabga tayyorlash (8 soat)

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yosh va psixofiziologik xususiyatlari.

Bolani maktabga tayyorlashning pedagogik va psixologik omillari. Maktabga tayyorlanish jarayonining kechishi. Bolaning imkoniyat va muvaffaqiyatlarini ta’minlash. Maktabga tayyorgarlikning besh komponenti: asoslantiruvchi tayyorgarlik, irodaviy tayyorgarlik, ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik, aqliy tayyorgarlik, o„qishga layoqati.

Bolani maktabga tayyorlash. Maktabgacha tarbiyayoshidagi bolalar bilan o„tkaziladigan rivojlantiruvchi o„yin va mashg„ulotlar, ularning bola rivojlanishidagi ahamiyati.

VBO„LIM. MUVAFFAQIYATLAR KALITI 18-mavzu: KARYERA (2 soat)

Ayol va biznes. Professional bo„lish qoidalari. Muvaffaqiyatga erishishning mo‘’jizaviy yo„llari. Yaxshi taassurot qoldirish. Istagandek ishga joylashish sirlari. Ishbilarmon ziyrak ayol imidji: kostyum, kamar, kofta, oyoq kiyim, aksessuarlar, soch turmagi. Xat yozish etiketi. Maroqli suhbatlashish san’ati: holat, nigoh, ovoz, nutq ohangi, qo„l siqish, harakat, imo-ishoralar, oraliq masofa, vaziyatga to„g„ri baho berish.

19-mavzu: Tadbirlar (2 soat)



Taqdimot (prezentatsiya) tayyorlash. Taqdimot taqdimi. Taklifnoma tayyorlash. Muloqot. Muvaffaqiyat formulasi. Taklif - yarim muvaffaqiyat.


Download 42,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish