O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi farg‘ona davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 151,64 Kb.
bet2/9
Sana04.05.2023
Hajmi151,64 Kb.
#935045
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elbekning she\'riy mahorati

Kurs ishining tarkibi: Kirish, uchta asosiy reja, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

1. Elbekning hayoti va ijodi


Qatag’onlik davri o’zbek adabiyotining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri Elbek — Mashriq Yusupovdir. U 1898 yilda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanining Xumson qishlog’da tavallud topgan.
«Men — deydi shoir, o’z tarjimai holida, — 1905 yilda eski qishloq maktabiga kirib o’qidim. Bu maktabda to’rt yil o’qib, o’quv yozuvni o’rgandim... 1910-1911 yillarda juda qiynaldik va shuning natijasida boshqa aka-ukalarim kabi men ham uyni tashlashga majbur bo’ldim».
Nihoyat, o’sha 1911 yili u Toshkentga kelib bir boyga qarol bo’lib yollanadi. Ayni paytda Toshkentning Eski shahar mavzeidagi Devonbegi mahallasidagi «Hokiy» maktabida o’qishni davom ettiradi. 1914 yilga kelib, Shayxovandtohur mahallasidagi «Namuna» nomli maktabga kiradi. Bir vaqtda bosmaxonalarda ishlaydi ro’znomalar sotish bilan kun ko’radi. Oktyabr to’ntarishidan so’ng (1919) sakkiz oylik muallimlik kursini bitirib, o’qituvchilik qiladi, til-imlo muammolari bilan shug’ullanadi. 1921 yildan boshlab Turkiston xalqi maorifi komissarligi qoshidagi ilmiy muassasalarda faoliyat ko’rsatadi. O’sha davrda nashr etiladigan «Maorif va o’qitguvchi», «Inqilob», «Bilim o’chog’i» kabi oynomalar bilan hamkorlik, tahrir xay’atida faoliyat qiladi.
Uning ijodining boshlanishi Oktyabr to’ntarishi yillariga to’g’ri keladi. Shoirning dastlabki she’rlari «El bayrog’i», «Turon», «Turk so’zi», «Ulug’ Turkiston!» kabi ro’znomalarda bosilib chiqadi.
1922 yilga kelib uning «Bir so’roq», «O’ksizning o’limi», «Qarg’a», «Bibixonim madrasasi», «Turkiston» kabi she’rlari «O’zbek yosh shoirlari» degan to’plamga kiritiladi. Shuni qayd etish kerakki, hali bu she’rlarda shoir maqsadi mavhum edi.
Shoirning 1921 yilda chop etilgan «Armug’on» to’plamida esa asosan uning masallari o’rin olgan edi. Undagi «Qaysi biri bo’ri» nomli masalida ham xuddi shunday mavhumlik mavjud bo’lib, unda olg’ir odamning bo’ridan ham vahshiyligini ko’rsatadi. Ammo, adibning «Kuchsizlar dunyosi» masali niyat, maqsad yorqin ko’zga tashlanishi bilan farqlanib turadi. Unda endi azob chekkan yosh qonxo’rlardan o’ch olish uchun kurashga kirishadi. Shunday qilib, shoir bosqichma-bosqich mahorat sari ko’tarila boradi. Ayniqsa, uning «Mening hikoyam» nomli she’rida muallifning o’zi buni qayd etadi. «She’r yozish menga ermak ish emas» deb biladi.
«Men hali bitta ham she’r aytmadim, faqat she’r yo’lidan qaytmadim» degan xulosani beradi:
Shoirlikdan maqsad, so’z ko’chirishmas She’rda ham maqsad o’y o’chirishmas, Shoirlnk — ma’noni tiza bilishdir, Mazmunni rassomdek chiza bilishdir.
Elbekning keyinchalik yaratgan «Mehnat kuylari», «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» (1935), «Ashulalar to’plami», «Bolalar qo’shigi», «She’rlar to’plami» (1936) kabi kitoblaridagi she’rlarida shoir dunyoqarashidagi, badiiy mahoratidagi takomil manaman deb turardi. Ayniqsa, shoirning «Lena qurbonlari», «Ozodlik qurbonlariga», «Proletar marshi» hamda «Sezgilar» to’plamiga kirgan bir qator she’rlar o’zining da’vatkorligi bilan Elbek bir qator she’riy to’plamlar yaratibgina qolmay, o’nlab dostonlar ham ijod etgan. Uning «Go’zal qiz» (1927), «Bizniki» va «Paxta» (1929), «O’tmishim» (1929), «Chirchiq» (1929), «Batrak kolxozi» (1930), «Tozagul» (1934), «O’zbekiston» (1934), «Bog’bon» (1935), «Etik» (1935), «Mergan» (1935) asarlari shular jumlasidandir.
Elbek — bolalar shoiri sifatida ham ancha barakali ijod qildi. Uning o’sha «Armug’on» to’plamidagi bir qator she’rlari qatori «G’unchalar», «Chirchiq bo’ylarida» hamda «Kambag’al yigit va pardasturxon», «Omonat», «Erksiz polchi», «Ona», «Bolalar qo’shigi» kabi bir qator she’rlar, dostonlar, ballada va ertaklari fikrimizning dalili edi. Ayni chog’da adib «Yozuv yo’llari», «O’rnak», «Boshlang’ich maktab ona tili», «Go’zal yozgichlar» (1924) kabi bir qator darslik va qo’llanmalar muallifi sifatida ham ma’lumdir.
Elbek o’zining o’nlab she’rlari, masal, doston, tarjimalari qatorida hikoyanavis sifatida ham adabiyotimiz tarixida iz qoldirgan. Uning «Dadamat» (1936) to’plampga kirgan «Chirchiq», «Men kim bo’laman», «Ana», «Anorgul», «Qahhorxo’ja», «Dadamat» kabi hikoyalari adibning shoirgina emas, nosir bo’lganligidan ham dalolat berdi.
Elbek bor-yo’g’i qirq yil yashadi. U ham 1938 yilda Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Otajon Hoshim, Qayum Ramazon, G’ozi Olim kabi qatag’onlik qurboni sifatida qatl qilingan. Ammo u yozgapidek, adabiyotnmiz bo’stoniga turfa gul ekib ketdi. Bu uning asarlari edi. Ha:
Bu mening qo’limla yaratilgan gul,
Qanday qila oliy, mening sovg’am shul.

Download 151,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish