Anvar Obidjon sheʼrlarida poetik goʻzallik



Download 27,78 Kb.
bet1/3
Sana10.07.2022
Hajmi27,78 Kb.
#772995
  1   2   3
Bog'liq
Anvar Obidjon sheʼrlarida poetik goʻzallik


Anvar Obidjon sheʼrlarida poetik goʻzallik
30.06.2017 
0
14054
marta koʻrilgan.

Kirilda Lotinda
Hozirgi adabiyotimizning atoqli vakillaridan biri Anvar Obidjon sheʼrlarida poetik goʻzallik degan mavzuda qisqacha soʻz yuritishdan avval, men badiiy adabiyotning uch yoʻnalishi: poeziya, nasr va dramaturgiyada barakali ijod qilayotgan, salmoqli asarlar yaratayotgan sanʼatkorning muvaffaqiyatlari sababi nimada degan savolni qoʻyib, gapni bu sir asosan uning tarjimai holida ekanligiga alohida toʻxtalib oʻtmoqchiman.
Shu kungi adabiyotimiz va umuman XX asrdagi adabiyotimizni ham qoʻshib qaraganda, tarjimai hol nuqtai nazaridan nihoyatda boy, rang-barang va, hatto, maʼlum maʼnoda mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtgan Anvar Obidjon darajasidagi ijodkorni topish qiyin, nazarimda. Eʼtibor bering: oʻn besh yoshlar atrofida koʻchma kinochiga shogirdlik; koʻp oʻtmay, tirikchilik sabab, maktabdagi oʻqishni kunduzgi boʻlimdan kechki boʻlimga oʻtkazish; soʻng paxta tayyorlash zavodida traktorchilik, qazilma boylik konida burgʻilovchilik qilish; qishloq kutubxonasida ishlash (eʼtibor bering: shoir asta-sekin hayoti va taqdirini belgilaydigan dunyoni topib kelyapti); moliya texnikumidagi tahsil; harbiy xizmat; qaytgach, jamoa xoʻjaligida tabelchilik; klub mudiri; tuman gazetasida muxbirlik; soʻng Toshkentdagi Yogʻ-moy kombinatida bogʻbonlik (shunday ish joyi topilganiga ham shukur deydi shoir); universitetning sirtqi boʻlimida talabalik; radiodagi xizmat; nashriyotlar va teleradioda muharrirlik va, nihoyat, poytaxtdagi nashriyotlardan biriga rahbarlik.
Men nima uchun bularni sanab oʻtyapman? Shuning uchunki, nazarimda, mana shunday xilma-xillikka boy, oʻziga xos zahmatli yoʻllarsiz hozirgi adabiyotimizning sevimli va zabardast vakili asarlaridagi muvaffaqiyatlarning yuzaga chiqishi qiyin boʻlar edi. Har bir bosqich, har bir nuqta Anvar Obidjon ijodiga tarovatli, hayobaxsh nur ato etdi.
Adib oʻzining “Ona Yer”, “Masxaraboz bola”, “Juda qiziq voqea” kabi kitoblaridagi sheʼr va dostonlari; “Olovjon va uning doʻstlari”; “Oltin yurakli Avtobola” toʻplamidagi hikoya va qissalari; “Bezgakshamol”, “Akang qaragʻay Gulmat”, “Yerliklar”, “Oltiariq hangomalari”, “Kezargon Boychechak” nomli kitoblaridagi oʻtkir yumor va hajvlari; yosh tomoshabinlar uchun yozilgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”, “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Meshpolvon” kabi dramatik asarlari bilan bugungi oʻzbek adabiyotini boyitdi, xususan, bolalar adabiyotini yangi bosqichga koʻtardi.
Anvar Obidjonning bundan oʻttiz yil oldin nashr etilgan “Juda qiziq voqea” nomli salmoqli kitobi nainki kichik yoshdagi sheʼrxonlar, balki umuman adabiyotimiz ixlosmandlari va mutaxassislari ichida katta shov-shuvga sabab boʻlgani yodimda. Ushbu toʻplamni kitob doʻkonlaridan izlab, surishtirib yurganlariga guvohman. Soʻng shoir yana oʻnlab yangi, bir-biridan goʻzal kitoblar yaratdi va ular hech shubhasiz, oʻzbek bolalar adabiyotida yangi sahifalar ochdi. Oʻzbek sheʼriyatida meva-chevalarga bagʻishlangan sheʼrlar oz emas. Lekin Anvar Obidjonning “Uzum”iga oʻxshagan namunalar faqat oʻzbek bolalar sheʼriyatidan tashqari umuman keng miqyosdagi bolalar adabiyotini bezay oladi:
Donalarim marjoncha,
Bir boshim – naq bir jomcha.
Quritsangiz mayizman,
Dasturxonga fayzman.
Kuzda yeb-yeb toʻyishar,
Qishga osib qoʻyishar.
Boqar shod yosh-qarilar,
Maqtar hatto arilar.
Bunday sheʼrni oʻqigan bolalargina emas, barcha yoshdagi sheʼrxonlar qalbida rohat tuyadi. Anvar Obidjonning bolalarga bagʻishlangan sheʼrlarining asosiy xususiyati xuddi ana shunda – ular barcha yoshdagi kitobxonlar diliga emin-erkin kirib bora oladi, ularni ham bolaligiga, ham hayot zavqiga oshno qiladi.
Bugun mustaqil Oʻzbekistonimizning bunyodkor yosh avlodi yetishuvida Anvar Obidjon asarlarining oʻrni katta, deb oʻylayman. Shu oʻrinda men Anvarjonning bundan qirq yil avval yozilgan “Ajoyibxona qoploni” nomli qoplon tilidan aytilgan bir sheʼrini keltirmoqchiman:

Download 27,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish