12.1. Kislotabardosh materiallar va buyumlar
Kislotabardosh buyumlar kimyo korxonalarida minora va rezervuarlarni qoplash, qimmatbaho legirlangan qotishmalar va h.k. o’rnini almashtiruvchisi sifatida tajavuzkor muhitlar mavjud tsexlarning pollarini jihozlash uchun qo’llaniladi. Ushbu buyumlar kimyoviy jihatdan chidamli bo’lishi, yetarli darajada mustahkam va issiqbardoshlik xususiyatiga ega bo’lishi lozim. Ularning ko’p qismi zich pishgan sopolakdan iborat bo’lib, suv yutish xususiyati 0,1-9,5 %, kislotabardoshligi 95-99,5 %, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 25-500, egishdagi 10-50 va tortishdagi mustahkamligi 5-30 MPa, sovuqbardoshligi 25 tsikldan kam bo’lmasligi lozim.
Kislotabardosh keramika tayyorlash uchun qayishqoq, qiyin eruvchan va olovbardosh, kimyoviy chidamligini kamaytiruvchi qo’shimchalari mavjud bo’lmagan (gips, oltingugurt kolchedani, karbonatlar va hokazo) hamda 1100-1200 oS haroratda pishuvchi tuproqlar xom ashyo bo’lib xizmat qiladi.
Massa qayishqoq yoki yarimquruq usulda tayyorlanadi. Buyumlar gips qoliplariga quyish orqali qoliplanadi. Qayishqoq shakllantirish orqali kislotabardosh g’isht, termo kislotabardosh qoplov taxtachasi, ularga bo’lgan shakldor detallar tayyorlanadi. Bunda vakuumli tasmali, vakuumli quvurli hamda vakuumsiz presslar hamda yechiluvchi gips qoliplardan foydalaniladi.
Yarimquruq usulda g’isht, taxtachalar, mayda va yirik detallar ishlab chiqariladi. Bunda richagli, friksion, gidravlik va tirsakrichakli presslar qo’llaniladi, shuningdek, buyumlar vibratsion maydonchalar ustida hamda pnevmatik shibbalash usullarida ham tayyorlanishi mumkin. Murakkab shaklli buyumlarni tayyorlash uchun gips qoliplarga quyish usuli qo’llaniladi. Kislotabardosh anjomlar qurilish keramikasi buyumlarini quritilishi kabi quritiladi.
Murakkab kesimli yirik buyumlarni quritish uchun yuqori chastotali va radiatsion quritgichlar, davriy tartibda ishlovchi quritish kameralari, quritgichlarda quritiladi.
Zaruriy hollarda anjomlar ishqoriy yer shaffof sirlari bilan quyish, botirib olish va purkash usullari orqali sirlanadi. Kislotabardosh buyumlarni kuydirish tunneli, gazokamerali va gorn pechlarida amalga oshiriladi. Bunda g’isht taxtachalar bilan aralash tarzda uchga o’rnatiluvchi halqalar yoki boshqa buyumlar bilan birga, pech ichida gazlarni yaxshiroq harakatini ta’minlash maqsadida vagonchalarga teriladi.
Kuydirish rejimi dastlabki materiallarning xususiyatlariga, massa tarkibi, tayyorlash texnologiyasi va qoliplash usuliga bog’liq ravishda o’rnatiladi. Sopalakning to’liq pishishi 1200-1300 oS haroratda sodir bo’ladi.
Buyumlarni sovitish bosqichlar tarzida olib boriladi: 1 soatda 50 oS gacha, 700-750 oS gacha bo’lgan tez sovitish, suyuq fazani qattiq holatga o’tishidan keyin sovutish tezligi, sopalakdagi qoldiq kuchlanishlar kamayishi uchun 1 soatda 10 oS gacha bo’lgan tezlikkacha kamaytiradi. So’nggi bosqich 1 soatda 30 oS gacha bo’lgan tezlikda olib boriladi. Kuydirishdan so’ng buyumlar saralanadi va ko’proq murtlari qirindili yog’och qutilar ichiga joylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |