Fakultet dekani: I. Yormatov
Farg’ona politexnika instituti ilmiy kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020 yil “___” ________ dagi “_____” – sonli bayonnoma).
MUNDARIJA
|
SO’Z BOSHI
|
4
|
I.
|
O’QUV MATERIALLAR
|
5
|
I.1
|
Kirish. Qurilish keramikasi
|
6
|
I.2
|
Qurilish keramikasi
|
11
|
I.3
|
Keramik g’isht
|
17
|
I.4
|
Silikat g’isht
|
25
|
I.5
|
Maishiy-xo’jalik va dekorativ keramikasi
|
32
|
I.6
|
Sopol qurilish materiallari
|
42
|
I.7
|
CHinni buyumlar
|
49
|
I.8
|
Texnika keramikasi
|
58
|
I.9
|
Sanitariya-texnik keramika
|
69
|
I.10
|
Keramik quvurlar
|
74
|
I.11
|
Keramik oqova drenaj quvurlar
|
81
|
I.12
|
Kislotaga chidamli keramik materiallar
|
86
|
I.13
|
Olovbardosh keramika materiallari
|
91
|
I.14
|
Olovbardosh g’ishtlar
|
97
|
II.
|
AMALIY MASHG’ULOTLAR
|
|
II.1
|
Qurilish materiallarining asosiy xossalari
|
112
|
II.2
|
Qurilish keramikasi mahsulotlari
|
117
|
II.3
|
Energiya samarador sun’iy tosh materiallari
|
120
|
II.4
|
Sanitariya-texnik keramika
|
124
|
II.5
|
Nafis keramika buyumlari
|
126
|
II.6
|
Sopol buyumlari va turlari
|
129
|
II.7
|
CHinni ishlab chiqarish jarayoni
|
133
|
III.
|
MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
|
|
IV.
|
GLOSSARIY
|
143
|
V.
|
ILOVALAR
|
147
|
SO’Z BOSHI
Mazkur o’quv uslubiy majmua “Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi” fanidan “5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo’nalishi uchun mo’ljallangan bo’lib, “Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulьtetining “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalari ishlab chiqarish” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. “Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi” fani o’quv uslubiy majmuasini yaratishda yetakchi OTMlar o’quv dasturlariga asosiy adabiyotlar ro’yxatiga kiritilgan adabiyotlardan foydalanildi.
“Keramik materiallar ishlab chiqarish texnologiyasi” fani “5340500-Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga asosan 7-semestrda mos ravishda 56 auditoriya soatlarda o’qitiladi. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar davomida kirish, qurilish keramikasi, keramik g’isht, silikat g’isht, maishiy-xo’jalik va dekorativ keramikasi, sopol qurilish materiallari, chinni buyumlar, texnika keramikasi, sanitariya-texnik keramika, keramik quvurlar, kislotaga chidamli keramik materiallar, olovbardosh keramika materiallari, olovbardosh g’ishtlar, olovbardosh qurilish materiallarining samaradorligini oshirish, mehnat va atrof muhit muhofazasi, ekologik muammolarni yechish, yong’inga qarshi kurash tadbirlari, qurilish materiallarining asosiy xossalari mavzusida masalalar yechish, qurilish keramikasi mahsulotlari mavzusida masalalar yechish, energiya samarador sun’iy tosh materiallari mavzusida masalalar yechish, sanitariya-texnik keramika mavzusida masalalar yechish, nafis keramika buyumlari mavzusida masalalar yechish, sopol buyumlari va turlari mavzusida masalalar yechish, chinni ishlab chiqarish jarayoni mavzusida masalalar yechish, silikat g’ishti bo’yicha masalalar yechish, olovbardosh materiallar klassifikatsiyasi misollar asosida tushuntirib o’tilgan.
Ushbu o’quv uslubiy qo’llanma beshta qismdan iborat bo’lib, ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, tayanch so’zlar, nazorat savollari) va amaliy mashg’ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna), glossariy, mustaqil ta’lim mavzulari, ilovalar (namunaviy va ishchi o’quv dastur, adabiyotlar ro’yxati, tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari, baholash mezonlari)dan tashkil topgan.
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV FAKULЬTETI
«QURILISH MATERIALLARI, BUYuMLARI VA KONSTRUKTSIYaLARI ISHLAB CHIQARISH» KAFEDRASI
“KERAMIKA MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYaSI”
FANIDAN
O’QUV – USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
|
300000 – Ishlab chiqarish texnik soha
|
Ta’lim sohasi:
|
340000 – Arxitektura va qurilish
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish
|
Farg’ona – 2020
1-mavzu. Kirish. Qurilish keramikasi
Ryeja
Qurilish keramikasining qisqacha rivojlanish tarixi.
Keramik buyumlarning tavsiflari.
Keramik materiallarning ishlab chiqarishning umumiy texnologik tizimi.
Tayanch so’z va iboralar: keramika, keramik va olovbardosh materiallar, qurilish keramikasi, keramik sopolak, qurilish g’ishti, xom ashyo.
Qurilish keramikasining qisqacha rivojlanish tarixi.
Keramika va olovbardosh materiallar turi juda ko’p. Keramika buyumlari va materiallari tadbiq etilishi, xossalari, ishlatilayotgan xom ashyo turi yoki pishgan maxsulotning fizikaviy tarkibiga ko’ra klassifikatsiyalanadi. Keramika va olovbardosh materiallar ishlab chiqarish maxsulotiga ko’ra an’anaviy va noan’anaviy qismlariga ajraladi. An’anaviy keramika esa 3 turga bo’linadi:
Qurilish keramikasi (qurilish g’ishti va boshqalar);
Maishiy – xo’jalik va dekorativ keramikasi (sopol va chinni);
Olovbardosh buyumlar keramikasi (shamot g’ishti va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |