Keramik materiallarning ishlab chiqarishning umumiy texnologik tizimi.
Keramik buyumlar o’zining shakli, turlari, fizik-mexanik xossalarining turli-tumanligi bilan boshqa materiallardan farq qiladi. Ammo ularni ishlab chiqarish texnologiyasi bir-biriga o’xshash. Keramika materiallari ishlab chiqarishning umumiy texnologik tizimi quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:
Xom ashyo (shamot, kaolin, kvarts, kvarts qumi, magnezit, dolomit va boshqalar) ni maydalash;
Xom ashyoni fraktsiyalarga ajratish;
Xom ashyoni tortish;
Xom ashyoni aralashtirish;
Aralashmaga shakl berish;
Koliplangan buyumni quritish;
Quritilgan buyumni kuydirish;
Kuydirilgan buyumni sortlash;
Kuydirilgan buyumni upakovkalash;
Mahsulotni tayyor buyumlar omboriga joylash.
Nazorat savollari
Bino va inshootlar deb qanday imoratlar ataladi?
Keramika mahsulotlarining dastlabki turi qachon va qaerda paydo bo’lgan?
O’zbekistonda joylashgan qanday sopol va chinni korxonalarini bilasiz?
Keramika so’zi nimani anglatadi?
Keramikaga ta’rif bering?
Qurilish keramikasi mahsulotlari texnologik xususiyatlariga ko’ra qanday bo’linadi?
2-mavzu. Qurilish keramikasi
R ye j a
Qurilish keramikasi mahsulotlari.
. Devorbop, tombop, drenaj va boshqa maqsadlar uchun ishlatiladigan keramika buyumlari.
Tayanch so’z va iboralar: keramika sanoati, qurilish keramikasi, gil, texnologiya, suv yutuvchanlik, devorbop keramika, drenaj quvurlari, cherepitsa
Do'stlaringiz bilan baham: |