O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Download 1,7 Mb.
bet3/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

Noan’anaviy keramikaga texnika keramikasi (elektr izolyator va bosh­qalar) kiradi. Keramika buyumlari o’tga chidamlilik nuqtai nazaridan ikki katta gruppaga ajraladi:
1. Oddiy keramika buyumi va materiallari – qurilish g’ishti, sopol, chinni, koshin, quvur va boshqalar. Ularning shakli 1580 oS li haroratda o’zgaradi. Odatda qurilish g’ishti 1200 oS dan yuqori haroratda, sopol va chinni esa 1300-1400 oS dan yuqori haroratda eriydi.
2. Olovbardosh keramika buyumi va materiallari – shamot va dinas g’ishti. Ular 1580 oS li haroratda ham o’z shaklini o’zgartirmaydi.
Tuproq, trepellar, diatomit va mineral xom ashyolarning boshqa turlarini turlicha qo’shimchalar yoki qo’shimchalarsiz qorishtirish, shaklga keltirish va kuydirish yo’li orqali hosil qilinuvchi buyumlar keramik materiallar deb ataladi. Qurilish buyumi, maishiy–xo’jalik va texnika asbob–anjomlarini ishlab chiqarish moddiy ishlab chiqarishning muhim sohalaridan hisobla­nadi. Iqtisodiyot sohalari, sanoat ishlab chiqarish potentsialining o’sish sur’ati, xalqlarning moddiy va texnika buyumlarini olish bilan bog’liq.
Keramik buyumlar hozirgi zamon qurilishida binolarning devoriy qismlari va boshqa konstruktiv elementlarida, yig’ma uysozlikda, yengil betonlar ishlab chiqarishda samarali qo’llanilmoqda. Ayniqsa, hozirda taraqqiy etayotgan O’zbekiston respublikasida uy-joy qurilishining tobora avj olishi va rivojlanishi, madaniy va maishiy, uy-joy va sanoat ishlab chiqarish binolari hamda xususiy uy-joy qurilishlarining tobora kengayib borishi keramik buyumlarga bo’lgan talabning oshishini taqozo etmoqda.
Keramika-qadimgi sun’iy materiallardan biri. Insoniyat tarixida loy birdan-bir qurilish materiali sifatida ishlatilgan. Loyni somon bilan qorishtirib, xom g’isht sifatida bizning eramizdan avval 8000 yil oldin turar joylar qurilgani ma’lum. Eramizdan 3500 yil oldin, hom g’ishtni kuydirib, uylar qurish g’isht va cherepitsa yuzasini sirlab pishirish usuli ishlab chiqilgan.
Keramika sohasidagi ilm-fanning rivojlanishiga A.I.Avgustnik, P.P.Budnikov, P.A.Semyatchenskiy, I.I.Morozov, M.I.Ragovoy kabi rus, F.X.Tojiev, N.A.Sirojiddinov, A.A.Ismatov, A.P.Erkaxo’jaeva, A.M.Emi­nov kabi o’zbek olimlari o’zlarining xizmatlarini qo’shganlar.
O’zbekistonda keramika sanoatining eng yirik korxonalari qatoriga nomlari yuqorida qayd qilinganlardan tashqari Samarqand va Toshkent kulolchilik yodgorlik buyumlari, Andijon, CHimboy, G’ijduvon, Xiva va Termiz kulolchilik buyumlari zavoddan Angren keramika kombinati, Toshkent qurilish materiallari kombinati kiradi.
Qurilish g’ishti va qurilish uchun zarur buyumlar ishlab chiqarish Markaziy Osiyoda bundan 2000 yil ilgari boshlangan. Xozirgi kunda bunday maxsulotlarninng kuydirilgan namoyandalarini ishlab chiqarishi barcha viloyatlarida keng yo’lga qo’yilgan.
SHunday qilib, keramika maxsulotlarini qizdirish texnikasi uzoq asrlar mobaynida oddiy gulxandan xumdongacha va mexanizatsiyalashtirilgan maxsus pechlarga bo’lgan taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan.
Qora va rangli metallurgiya sanoatlarining rivojlanishi XIX-XX asr­larda olovbardosh buyumlar ishlab chiqarilishiga asos soldi. Bunday korxo­nalar Rossiyaning Novgorod viloyatidagi Borovichi qishlog’ida, Voronej shahri chegarasidagi Semiluki qishlog’ida, Uralning Suxoy – Log qishlog’i va boshqa xududlarida ko’plab qurildi. 1990 yildan O’zbekistonda bunday g’ishtlarni ishlab chiqarish kichik korxonalari yo’lga qo’yilgan.




    1. Download 1,7 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish