12.2.Buyumlarni kuydirish mazmuni va maqsadi
Keramika ishlab chiqarish texnologiyasida kuydirish buyum tayyorlashning tugallanuvchi va eng ma’suliyatli bosqichidir. Kuydirish jarayonida keramik materiallarning eng muhim xususiyatlari shakllanadi, qaysiki bular uning texnik bahosi mustahkamligi, zichligi, suvbardoshliligini va h.k. belgilaydi.
Har xil sharoitda yongan yer osti ko’mir qoldiqlari atrofida kuygan jinslar hosil bo’ladi. Kuygan jinslarni qurilishda sopol buyumlar, bog’lovchilar, qorishmalar ishlab chiqarishda qo’llash mumkin. Kuygan jinslarni o’rganish borasida ilmiy tadqiqot ishlari O’zbekiston, Qozog’iston va boshqa mamlakatlarda olib borilmoqda.
Kuydirish natijalarining ishlab chiqarishning iqtisodiy tomoniga ta’siri katta, chunki ushbu jarayonni to’g’ri olib borilishi yoqilg’i, elektro energiya sarflari, mehnat xarajatlari va boshqa texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sir etadi. Kuydirishga bo’lgan jami sarflar 35-40 % ga yetarli, yaroqsiz yo’qotishlar tovar mahsulotining deyarli 10 % miqdorini tashkil etadi.
Kuydirish rejimi raqamlari (haroratning ko’tarilish tezligi, kuydirish harorati va boshqalar) birinchi navbatda keramik massasi va unga kirgan giltuproqning tarkibiga bog’liq. Quyida shu maqsadlarda ko’p ishlatiladigan MDH davlatlarining 5 ta gilining kirishib ketishiga oid ma’lumotlari keltiriladi
Gillarning kuydirish vaqtiga kirishishiga oid ma’lumotlar
33-jadval
№
t/r
|
Loy tuproq
nomi
|
Harorat, grad
|
Pishish boshlanishi
|
Pishish tugashi
|
1
|
CHasovyarsk
|
800
|
1250
|
2
|
Drujkovsk, Yangi shveytsarsk
|
850
|
1280
|
3
|
Gubinsk (ko’piruvchan)
|
850
|
1150
|
4
|
latnensk
|
800
|
1350
|
5
|
Lyubitinsk (yarim suxar)
|
800
|
1400
|
Buyumlar keramik massaning pishishi uchun yetarli bo’lgan 900 dan 1400 oS gacha bo’lgan haroratda kuydiriladi. Bunda buyum toshsimon holdagi mexanik, fizik va kimyoviy ta’sirlarga qarshi chidamli bo’lgan jismga aylanadi. Kuydirishning harorat rejimi shartli ravishda to’rt davrga bo’linadi: qurish davrigacha, qizdirish, pishirish va sovutish.
Qurish davrigacha fizik-mexanik va fizik-kimyoviy boshlangan suvni chiqarib tashlash uchun amalga oshiriladi. Bunda kuydiriladigan buyum 100-200 oS gacha bir tekisda isiy boshlaydi. 80-130 oS harorat oralig’ida suvning jadal ravishda yo’qotilishi sodir bo’ladi, bu xom buyumning yorilishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun Ushbu davrda harorat sekinlik bilan ko’tarilishi lozim. Haroratning 800 oS gacha ko’tarilishida buyum qiziydi. Bu davrda haroratning tez ko’tarilishi xavf tug’dirmaydi.
Haroratning bundan keyingi ko’tarilishini 1050-1100 oS gacha sekinlik bilan amalga oshiriladi, chunki 800-900 oS oraliqlarda deformatsiyalar yuzaga keladi, qaysiki, bu tuproq minerallarining kristall panjarasining buzilishi va sopolakning struktura o’zgarishlari bilan bog’liq. Ushbu rejimning buzilishi yoriqlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun ushbu davrda harorat sekinlik bilan qiziydi. Bu davrda haroratning tez ko’tarilishida xavf tug’dirmaydi.
Haroratning bundan keyingi ko’tarilishini 1050-1100 oS gacha sekinlik bilan amalga oshiriladi, chunki 800-900 oS oraliqlarda deformatsiyalar yuzaga keladi, qaysiki, bu tuproq minerallarining kristall panjarasining buzilishi va sopolakning struktura o’zgarishlari bilan bog’liq. Ushbu rejimning buzilishi yoriqlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Pishirish davrida kuydirishning yo’l qo’yiluvchi maksimal haroratiga chiqariladi, jadallikdagi olovga oid kirishish sodir bo’ladi, sopolak pishib yetiladi va massaning g’ovakligi keskin kamayadi. Pishirish davrining oxirida kuydirilayotgan buyum 3-5 soat davomida maksimal haroratda, fizik-kimyoviy jarayonlarning to’liq o’tishi uchun tutib turiladi. Bunday tutib turishning vaqti buyumning o’lchamiga, sopolakning talab etiluvchi suv yutish xususiyatiga bog’liq bo’lib, tajribalar asosida aniqlanadi.
Buyumlarni sovitish keramika texnologiyasida muhimligi kam bo’lmagan jarayonlardan biri. U, haroratni sekin-astalik Bilan (taxminan soatiga 30 oS dan) 500 oS gacha tushirilishi bilan belgilanadi. Bu buyumlarda ichki kuchlanishlarning hosil bo’lishi va ularning yorilishini istisno etadi, 650-500 oS haroratlar oralig’ida tez sovitish holatiga keramik massalarning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi kremnezemning modifikatsion o’zgarishlari (tabiiy kremnezem 573 oS qizdirilganda v–shaklidan a–kvars shakliga hajmi 0,82 % ga ortib o’tadi, soviganda esa 573 oS dan o’tayotganda hajmi kichrayib a–kvars v–kvarsga aylanadi.) natijasida yuqoridagi nuqson kelib chiqarishi mumkin.
Buyumlarni bundan keyingi sovutishni 40-50 oS oxirgi haroratgacha tezlik bilan (soatiga 120-125o) amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |