O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Download 1,7 Mb.
bet48/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

11.2.Drenaj sopol quvurlari

Drenaj quvurlari kichik o’lchamlarining diametri 25-100 mm (25, 40, 50, 75 va 100 mm) gacha uzunligi 333 mm qilib chiqariladi. Katta o’lchamli quvurlar diametri 125-250 mm (125, 150, 175, 200 va 250 mm) gacha, uzunligi esa 333-500 mm. Quvur devorlarining qalinligi 8-24 mm gacha. Ular rastrubli va rastrubsiz, sir surtilmagan bo’ladi. Rastrublisi uchun tashqi tomoni sirlangan bo’lishi mumkin. Ular kanalizatsiya quvurlaridan sopolining zichmasligi va suv shimivchanligining ikki barovar ko’pligi bilan farqlanadi.


Drenaj quvurlari olishda yopishqoqlik (plastiklik) soni 7-15 gacha bo’lgan yuqori navli plastik va kamplastik qumli “g’isht” tuproqlari ishla­tiladi. Quvur loyi ularga shamot (5 % - 25 % gacha) va quyuvchan qo’shil­ma-ko’mir qo’shish yo’li bilan tayyorlanadi. Lekin keramik drenaj quvurlarini qo’shilma qo’shmasdan ham olish mumkin. Quvur diametri katta bo’lgani sari yopishqoqligi katta (plastiklik soni 15) bo’lgan gillar qo’llaniladi. Ular tarkibika 25 % gacha kiritilgan shamot gillarini 500-600 oS li haroratda kuydirish yo’li bilan olinadi.
Tarkibida qumi ko’p, lekin qo’shilmalardan xoli bo’lgan kam qovush­qoqli gillar diametri 75 mm gacha bo’lgan drenaj quvurlarini yasashda keng ishlatiladi. Asosiy talab: gil tarkibida o’lchami 1,5 mm dan katta bo’lgan ohaktosh bo’lmasligi kerak. Yana bunday gillar quritish jarayonida 8 % dan ortiq o’lchamlarini kamaytirmasliklari ham zarur.
Drenaj quvurlari ishlab chiqarish texnologiyasi oqava quvurlari, cherepitsalar va qurilish g’ishtlari olishga o’xshash bo’ladi. Birinchi masala drenaj quvuri tarkibiga kiruvchi komponentlarni aniqlash: 
-loy tuproq nordon yoki yarimnordon, past yoki o’rtacha yopishqoq, quritilishga moyil va havoda qisqarilishi 7-8 %;
-yovg’on qo’shilma-kvarts qumi, suvsizlantirilgan loy tuproq va shamot;
-kuyib chiqib ketuvchi komponent-daraxt qipig’i, yoqilg’i toshqoli;
-qovushqoqlikni oshiruvchi-yuqoriplastik gil va hokazo.
Massa tarkiblari: 
-kichik diametrli quvur uchun 94-95 % gil va 5-6 % shamot;
-katta diametrli quvur uchun 80-90 % gil va 10-20 % shamot.
Gil va shamot o’rtasidagi nisbat oxirgi holatda 75 ga 25 % bo’lishi ham mumkin. Ishlatilayotgan shamot loy tuproqni 500-600 oS li haroratda kuydirish yo’li bilan tayyorlanadi.
Qoliplanuvchi massa tayyorlash ikki xil usulda bo’ladi.
1-usulda bir yoki ikki valli loyqorgich orqali suv yoki par ishtirokida 17-18 % namlikka ega bo’lgan holda tayyorlanadi;
2-usulda shlikerli massa tayyorlash usuli qo’llanilib, u shlikerni minorali purkagich-quritgichdan o’tkazish orqali tayyorlanadi.
Massaning bir tarkibliligi va yopishqoqligini oshirish uchun massani, mexanizatsiyalashtirilgan shixta saqlagich yoki minorali siloslarda ma’lum muhit va miqdorda saqlash yaxshi natija beradi. 
Diametri kichik drenaj quvuri massasini qoliplpsh gorizontal vakuumsiz va vakuumli tasmali bosimlarda, diametri katta quvurlarniki esa tik vakuumli tasmali presslarda amalga oshiriladi (SM-433, SM-683, SM-979 va boshqa bosimlar). 
Qoliplashda paket usulidan ham foydala­niladi: bu holda katta diametrli quvur ichida unga nisbatan kichikroq diametrli quvur joylashgan bo’ladi va hokazo. Quvurni kesish kesuvchi avtomat orqali press to’xtagan holatda bajariladi. SHakllangan quvurlar ko’chirib qayta tahlovchi avtomat yordamida quritishga yo’naltiriladi.
Drenaj quvurlar tunnel yoki kamerali quritgichlarda quritiladi. Quritish vagonetkasiga ichki diametri kichik bo’lgan quvurlar gorizontal holatda, diametri kata quvurlar esa tik holatda joylashtiriladi. Quritgichdagi harorat quvur diametri va gil tabiatiga mos tayyorlanadi. Kichik diametrli quvurlar quritishda harorat 80-90 oS ni va issiqlik tarqatuvchining namligi 20-30 % bo’lishi kerak. 
Katta diametrli quvurlar esa “yumshoq” rejimda 40-55 oS li harorat va 80-90 % namlik issiq gazlar yordamida quritiladi. Quritish vaqti ham gil tabiati va quvur diametriga bog’liq ravishda 10-58 soatgacha davom etishi mumkin.
Drenaj quvurlarini kuydirish 950-1050 oS li haroratda halqali yoki tunnel pechlarida ro’y beradi. Tunnel pechlarida kuydirish vaqti 24 soat atrofida bo’ladi. Ko’p hollarda drenaj quvurlarini kuydirish qurilish g’ishti yoki keramik toshlar bilan birgalikda olib boriladi.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish