11.1. Oqava suv quvurlari
Xom ashyo sifatida Qizilqiyadan topilgan tabiiy kuygan loy (gliej) ishlatiladi. Bundan tashqari, xom ashyo qorishmasiga 40-50 % miqdorida oldin pishirib, keyin maydalangan loy qo’shib oqava quvurlari tayyorlanadi. Tayyor qorishmasi quvurlar qoliplovchi tik o’rnatilgan pressda zichlanib keyin quritiladi.
Pishirishdan oldin (namligi 6-8 % bo’lganda) quvurlarga sir surtiladi va 1300 oS haroratda vaqti-vaqti bilan ishlaydigan gaz xumdonlarda bir necha qavat qilib tik o’rnatilgan holda qaytadan pishiriladi. Quvur devorlarini sirlashda tarkibida 8 % atrofida temir oksidi bo’lgan oson eruvchan Qizilqiya, Angren, Langan tuproqlaridan tayyorlangan suyuq qorishma ishlatiladi.
Oqava quvuri massasi tarkibi turg’un bo’lib, u 60-70 % quvur skeletini hosil qiluvchi gil yoki gillardan hamda kuyish paytida buyum turg’unligini oshiruvchi donalari 3 mm dan changgacha bo’lgan 30-40 % shamotdan tashkil topgan. Diametri 300 mm dan katta bo’lgan shamot 40 %, diametri 300 mm dan kichik bo’lgan quvurlarga esa u 35 % qo’shiladi. SHamotning 8-10 % li qismi katta donali qum bilan almashtirilishi mumkin.
SHamot yuqori haroratda kuydirilgan (1150-1200 oS da), suv yutuvchanligi 7 % dan oshmagan, foizda berilgan fraktsiya tarkibiga 1-3 mm li donachalar kichik donachalar 20-25 kirgan bo’ladi. Ba’zi hollarda pishish haroratini kamaytirish, solishtirma zichlikni oshirish va mustahkamlikni yanada yaxshilash uchun quvur tarkibiga past haroratda eruvchilar-nefelin-sienit, dala shpati, talьk kabilar qo’shiladi.
Oqava quvurlarini ishlab chiqarish yuqori mexanizatsiyalangan korxonalarda ikki usulda amalga oshiriladi:
1. Tik va gorizontal lentali vakuum bosimlarda quvurlarni plastik massalar asosida shakllash usuli.
2. Maxsus jihozlarda rezinali qoliplar yordamida yarim quruq kukunli aralashmalarni gidrastatik zichlab quvur tayyorlash usuli.
Birinchi plastik qoliplash usuli bo’yicha quvurlar ishlab chiqarish quyidagi asosiy vazifalarni o’z ichiga olgan:
Kerakli tarkibli shamotni tanlash.
Kerakli giltuproqni tanlash.
SHamotning fraktsiyalangan kukunini tayyorlash.
Gilning fraktsiyalangan quruq kukunini tayyorlash.
Ma’lum nisbatda shamot va gilning plastik massasini tayyorlash.
Quvurlarni qoliplash.
Quvurlarni quritish.
Quvurlarni sirlash.
Quvurlarni kuydirish.
Quvurlarni sortlash.
Tayyor quvurlarni maxsus idishlarga joylash.
Tayyor buyumlar omboriga jo’natish.
Oqava quvurlari diametri 150-600 mm gacha, uzunligi esa 800-1200 mm gacha, qalinligi esa 18-41 mm gacha bo’lib, sopoli zich, zarrachalari uyushib qotgan va suv o’tkazmaydigan bo’ladi. U uch turda hech qaeri sirlanmagan, faqat ichigagina sir surtilgan, ichi va sirti sirlangan bo’ladi. Quvurning asosiy elementlari-yo’l to’shamasiga ko’miladigan bo’g’in (truba) va uning ikki og’ziga ishlangan ishlama-kallak (trubaning voronka shaklidagi og’zi yoki rastrub) va narezka (tsementli eritma bilan ulanish uchun).
Oqava quvurlarni kuydirish uchun zamonaviy tunnel pechlaridan foydalaniladi. Rossiyada bu maqsadlarda uzunligi 1,2 m gacha bo’lgan quvurlar kuydirish uchun uzunligi 109 m bo’lgan pech yaratilgan va ishlab chiqarishga jlriy etilgan. Diametri 300 mm gacha bo’lgan quvurlar kuydirish va sovitish vaqti 36-50 soat. Bunday bitta pechning unumdorligi yiligi 20 ming t tashkil etadi.
Har 1 m3 hajmga jo etilgan quvurlar og’irligi 210-320 kg ni tashkil qiladi. Pechdagi harorat quvur tarkibi, quvur diametri va boshqalarga bog’liq ravishda 1100 oS dan 1180 oS gacha. Katta o’lchamli quvurlarni kuydirish chog’ida vaqt va harorat (1280 oS gacha) yuqoridagiga nisbatan ancha katta va shu sababli pech unumdorligi kamroq bo’ladi. Quvurlar kuydirilayotgan vaqtda pechda kuchsiz oksidlanish muhiti saqlanadi.
Diametri 150, 200, 250, 300, 350 va 400 mm ga teng qilib chiqariladigan quvurlar mustahkamligi kamida 17,5 MPa, suv o’tkazmasligi, kislota va ishqor ta’siriga chidamliligi bo’yicha davlat stendartlari shartlarini to’la kondiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |