Nazorat savollari
1.CHinnining yaratilish tarixi haqida so’zlab bering?
2.CHinnining qanday turlarini bilasiz?
3. CHinnining tarkibiy qismlarini gapirib bering?
4.CHinni ishlab chiqarish jarayoni nimalardan iborat?
5.CHinnining turmushda va halq xo’jaligida ishlatilishi?
8-mavzu. Texnika keramikasi
Reja
8.1.Texnika keramikasining asosiy turlari.
8.2.Texnika keramikasi mahsulotlarining xossalari.
8.3.Texnika keramikasi mahsulotlarining ishlatilishi.
8.4.Texnika keramikasi mahsulotlarini ishlab chiqarish.
Tayanch so’z va iboralar: texnika keramikasi, texnika keramikasi klassifikatsiyasi, elektron texnika buyumlari, radiotexnika materiallari, loytuproqli xomashyo, sanitar-texnik keramika.
8.1.Texnika keramikasining asosiy turlari.
Texnika keramikasi buyumlari deb, alohida xususiyatga ega bo’lgan, sun’iy ravishda kimyoviy sintez qilish usulida olingan materiallarga aytiladi. Bunday materiallarni ishlab chiqarish uchun asosan sun’iy holdagi, kimyoviy toza materiallar, ya’ni alyuminiy, magniy, kalьtsiy, sirkoniy, vanodiy va boshqa elementlarning oksidlari, silikatlar, kislorodsiz birikmalar va boshqalar ishlatiladi.
Texnika keramikasi buyumlari keng qo’lamda ishlatiladigan materiallar bo’lib, ularga elektron texnika buyumlari, radiotexnika materiallari va boshqalar kiradi.
Texnika keramika buyumlarini pishirish harorati birmuncha yuqori. Buyumlarning hajmi kichik, ommaviy tarzda ishlab chiqarilmaganligi sababli ularni toza holdagi kimyoviy oksidlardan, birikmalardan olinadi. Ishlatilish sohasiga ko’ra, ularning tarkibi, pishirilish harorati va xususiyatlari turlicha bo’ladi.
«Texnika keramikasi» termini ma’lum sharoitda issiqlik berish yo’li bilan sun’iy ravishda olingan, alohida xossalarga ega bo’lgan materiallarga tegishli bo’lib, ular davriy sistemaga kirgan barcha element, oksid va moddalar asosida olinishi hamda turli kimyoviy, fazoviy tarkibga ega bo’lishlari mumkin.
Texnika keramikasining asosiy turlari va qo’llaniladigan oblastlariga bog’liq klassifikatsiyani V.L.Balkevich ma’lumotlariga asosan keltiramiz.
Olti sinfga ajratilgan texnika keramikasi qatoriga quyidagilar kiradi (15-jadval):
1. olovbardosh oksidli keramika;
2. silikat va alyumosilikat asosidagi keramika;
3. shpineli keramika;
4. titan oksidli, titanat, tsirkonat va ularga xos xususiyatlarga ega bo’lgan keramika;
5. qiyin eruvchan kislorodsiz moddlar asosidagi keramika;
6. keramik-metalli materiallar kermetlar.
Tog’ jinslarining nurashi quyosh, suv va keskin harorat farqlari ta’siri ostida, kimyoviy parchalanishi esa, suv va karbon kislotasini dala shpatiga ta’siri natijasida sodir bo’ladi, buning natijasida kaolinit deb ataluvchi suvli alyumosilikat minerali A12O3 2SiO2 2N2O hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |