O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona politexnika instituti



Download 1,7 Mb.
bet31/105
Sana14.02.2023
Hajmi1,7 Mb.
#911292
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
muxlisaaaaas

CHinnining asosiy xususiyatlari. CHinnining sinig’i oq, zich va uyushib qotgan bo’lib, suv va gazni o’tkazmaydigan, mustahkam, issikdik va kimyoviy moddalar ta’siriga chidamlidir. Sanitariya-gigiena va mexanika jihatidan chinni marmartosh va granit kabi tabiiy toshlardan yasalgan buyumlarga yaqin turishi bilan fayans va yarimchinni massalar asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan ustun keladi.
Sanitariya-texnika chinni buyumlari ma’lum gidravlik bosimga bardosh berish, kislota va suv ta’siriga chidamli bo’lishi lozim. Ularning suv shimuvchanligi nol atrofida, shakli muntazam, yuzasi silliq bo’lishi shart.
Elektrotexnika chinnisi oldiga katta va mas’uliyatli talablar qo’yilgan. Bunday mahsulotlar xo’jalik va qurish chinnisiga ko’ra egilish va uzilishga o’ta chidamli bo’lmog’i darkor. P-3, P-4, 5 va P-6 izolyatorlarning bir minutlik uzilishga qarshilik ko’rsatishi 2400—4800 kg gacha boradi. Elektr toki ta’sirida ularning qarshilik ko’rsatkichi esa 4000—8000 kilogramm atrofidadir. SHS-6, SHS-10, SHD-20 va SHD-35 markali izolyatorlarning 1 sm2 yuzasining egilishiga chidamliligi 1400—3000 kg ga to’g’ri keladi. Elektr tokiga qarshilik ko’rsatishi esa 1x1012— 3,74* Yu14sm gacha boradi. 1487—71 raqamli tarmoq standarti bo’yicha bunday buyumlarning oqligi barit plastinkasinikiga solishtiriganda 55—70 % ni tashkil qiladi. Ular issiq va sovuqning keskin o’zgarishiga sakkiz marta chidamli, 1 sm2 yuzaning egilishiga qarshiligi 700—900 kg, 20—800° oralig’idagi kengayish koeffitsentlari 40—50x10_7grad.~~' ga teng bo’lishi zarur. Ularning suv va boshqa suyuqliklarni shimuvchanligi 0—0,5 % atrofida bo’ladi. Bunday bu-yumlarning 1 sm2 hajmiga to’g’ri keladigan og’irligi 2,25— 2,42 g atrofidadir.


7.4. CHinnining xalq xo’jaligidagi ahamiyati.

CHinnidan yasalgan mahsulotlar qurilish, texnika va xo’jalikda katta ahamiyatga ega. Qurilishda asosan sanitariya chinnisidan tayyorlangan buyumlar ishlatiladi. Ular mustahkamligi, kimyoviy turg’un va issiq-sovuqqa bardoshliligi bilan alohida ajralib turadi.


Texnikada qo’llaniladigan chinnilarga yuqori va past vol’tli, teshish kuchlanishi 500 Vdan yuqori va 500 V gacha bo’lgan izolyatorlar kiradi. Ulardan birinchisi chastotasi 50 gTS, kuchlanishi esa 1 kVdan yuqori bo’lgan elektr tokini uzatishda qo’llaniladi. Ikkinchi tur izolyatorlar xo’jalikda kuchlanishi 500 V dan oshmaydigan elektr tokini uzatishda ishlatilib, ular o’rnatiluvchi izolyator deb ataladi. Glinozemli chinni nomi bilan ataluvchi massadan texnikada o’ta mustahkam pokrishka, quvur, radio antennalarning izolyatorlari, yuqori volьtli o’tkazuvchan izolyatorlar, shuningdek, metallokeramika mahsulotlari olinadi.
Keyingi yillarda chinni mahsulotlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati yanada ortdi. Yaponiyada avtomobillarning zang olmas va mustahkam matorining qobig’i chinnidan yasaldi va sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi. Sobiq Ittifoqning ko’pgina zavodlari, shu jumladan, Toshkent va Samarqand chinni zavodi injenerlari chinni asosida koshinlar yasash va shu yo’l bilan tabiiy marmartosh va granit plitalarning o’rnini bosish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. Sitallashtirilgan chinni massasi asosida podshipnik, radiator, tsiklon, fontan, haykalcha, mozaika, panno yasash mumkin. Aholining chinni buyumlarga bo’lgan ehtiyoji borgan sari ko’proq qondirilmoqda. Toshkent, Samarqand, Quvasoy va Xiva chinni korxonalarida ishlab chiqarilayotgan buyumlarning turi 50 dan ortib ketdi, ularning sifati ham borgan sari yaxshilanib bormoqda. Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan chinni buyumlarda milliy bezaklar, an’anaviy naqshlar, xalq san’atkorlarining ijodi yanada ko’proq aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir.
CHinni uy-ro’zg’or buyumi bo’libgina qolmay, balki san’at asari hamdir. SHu sababli chinnisoz ijodkorlar rassom va haykaltaroshlar bilan birgalikda ko’proq izlanishlar olib borishlari lozim. Bu o’z navbatida ishlab chnqarilayotgan mahsulotlar turini did bilan ko’paytirishga hamda katta talab bilan xarid qilinishiga olib keladi.
Korxonalarning to’la quvvatda ishlashi va mahsulot sifatini yaxshilash, ularning tannarxini arzonlashtirish uchun yuqori sifatli xom ashyo kerak. Angren va Qoraqalpoq AR kaolinga, Kitob, CHiyali va Ilonsoy dala shpati va kvartsga, Buxoro oq qum va fosforitlarga juda boy. Respublikamizda vollastonit va alyaskit kabi chinni xom ashyolari yetarlidir.
CHinni buyumlarni qoliplash uchun ishlatiladigan gipsni Angren keramika kombinati yoki Ohangaron tsement zavodida tayyorlash mumkin. SHunga qaramay kaolin bilan oq tuproq Ukrainaning Drujovka rayonidan, pegmatit Kareliyaning CHupa rayonidan, gips Samara shahridan keltirilmokda.
Olimlar nozik chinni buyumi hamda yodgorliklarni tayyorlash uchun kerakli massa va bo’yoqdarning yangi turlarini topishlari, muhit ta’siriga chidamli sirlarni ishlab chiqarishga izchillik bilan joriy qilishlari zarur. Toshkent Kimyo-texnologiya institutining olimlari tomonidan yaratilgan past temperaturada sopolagi pishuvchi fosforitli chinni massasini izchillik bilan ishlab chiqarish zarur. Bu o’z navbatida katta miqdordagi yoqilg’i va xom ashyoni tejash, kuydirish pechlarining uzluksiz remont muddatini keskin uzaytirish imkoniyatini bergan bo’lar edi. O’zbekiston chinnisozlari zamondoshlarimizning yuksak talablariga ijodiy mehnatlari bilan javob berib, turmushimiz ravnaqiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shmoqdalar.



Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish