Texnika keramika materiallarini tadbiq etish
22-jadval
Vazifasi
|
Keramika turi
|
Xom
ashyosi
|
Kuydirish temperaturasi, oS
|
Buyumi
|
Suv yutuvchanligi 0,5 % dan yuqori bo’lmagan va batamom pishganzich zarrachali buyumlar turi
|
Texnika keramikasi:
|
Elektr texnika (sanoat toki va yuqori chastotali)
|
Mullitli, korundli, steatitli, kordieritlitoza oksidli, elektr chinnisi
|
Tuproq, andaluzit, glinozyom, dala shpati, tsirkon, tsirkon silikati va boshqalar
|
1250–1450
|
Izolyatorlar, termoparalar uchun giloflar vakuum bosimli katodlar, o’txonalar uchun olovbardosh qismlar.
|
Kislotaga bardoshli keramika
|
«Toshli», kislotaga bardoshli chinni
|
Oq giltuproq va kaolin, kvarts, dala shpati, shamot, qiyin eruvchan tuproqlar
|
1250-1300
|
Kislota va ishkorlar saqlanadigan idish, Kimyo korxonalari apparatura si va boshqalar
|
Maishiy xo’jalik va badiiy – dekorativ keramika
|
Qattiq va yumshoq xo’jalik chinnisi
|
Oq giltuproq va kaolin, kvarts, dala shpati
|
1300-1450
|
Oshxona va choyxona idish – tovoqlari, statuetkalar va vazalar
|
Sanitariya qurilish keramikasi buyumlari
|
Past temperaturali chinni
|
Tuproq, kaolin, dala shpati, kvarts qumi
|
1250-1300
|
Rakovina, unitaz va boshqa buyumlar
|
Texnika keramikasi mahsulotlarining turi hamda olish usullarining ko’p bo’lishiga qaramay ularni bir sinfga biriktiruvchi belgilar mavjud. Bunday belgilar qatoriga quyidagilar kiradi:
1-asosiy xom ashyo sifatida oksid, tuz va boshqa sun’iy yo’l bilan olingan kimyoviy birikmalar ishlatilishi.
2-xom ashyo tozaligi o’ta darajada yuqori bo’lishi.
3-mexanikaviy va kimyoviy usullar bilan olingan xom ashyoning o’ta mayda dispers bo’lakchalardan tashkil topganligi.
4-shixta tarkibiga kiruvchi komponentlar o’ta yuqori aniqlik miqdorida tortilishi.
5-buyumlarni qoliplanishini yaxshilash maqsadida tarkibiga plastifikatorli qo’shilmalar qo’shilgan bo’lishi.
6-kuydirish jarayoni o’ta reglamentlashtirilgan va regulirovka qilingan gazli sharoitda olib borilishi.
7-ishlab chiqarish jarayonida noan’anaviy jihoz va uskunalar qo’llanilishi.
8-ishlab chiqarishning kam tonnali miqdorida olib borilishi va hokazo.
Sanitar-texnik buyumlar va qiliplovchi koshinlar kuydirishdan keyin quyish texnologiyasi buzilishining oqibati bo’lmish quyilish “yoriqlari”, massa tarkibining donachalar tarkibi bo’yicha bir jinsli emasligi, namlikning bir xil emasligi va devorchasining turli qalinlikda bo’lishi natijasida yuzaga keluvchi qiyshayishlar, mexanik shikastliklar natijasida hosil bo’lgan ezilishlar va buzilishlar, o’tga chidamli jihozlar donachalari orqali yuzaga keluvchi ifloslanish, sirning yopishishi (buyumlarning bir-biriga taglikka yoki kapsulga yopishib qolishi), mushkalar-buyum yuzasida qora-qo’ng’ir rangli mayda donachalar-bularning hammasi massada temir aralashmalari mavjudligidan paydo bo’ladi.
Plita, quvur, sanitariya-texnika buyumlarining sifati, o’lchamining bir turligi, qirralarining tekisligi zamona talablaridan bir oz orqada. Ularning reaktsion muhit ta’siriga chidamliligini oshirish zarur. Sopol buyumlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan sirlarining sifatini ham yaxshilash kerak.
Fayans buyumlarining massasini yaxshilash masalasi ham kun tartibining muhim masalasidir. Bu o’rinda apatit va fosforit kontsentratlarini massa tarkibiga kiritilganda fayans kuydirish temperaturasi pasayadi, qimmatbaho dala shpati tejaladi
Sanitariya-gigiena va mexanikaviy jihatdan chinni marmartosh va granit kabi tabiiy toshlardan yasalgan buyumlarga yaqin turishi bilan fayans va yarim chinni massasi asosida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan ustun keladi. Fayansli keramikaning g’ovakliligi yuqori va sopoli (chinnisi) butunlay pishmagan. CHinni aksincha, amaliy jihatdan g’ovaklari yo’q, sopol esa oxirigacha pishgan. CHinni suyuqlik va gazlarni o’tkazmaydi va mustahkamligi yuqori. Fayans buyumlar suyuqlik va gazlarni o’tkazmasligi uchun sirlanadi. Sirlanish gigiena maqsadlariga ham muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |