Bosim ostida buyumlarni quyish texnologik jarayonlarining printsipial tizimi. 21-jadval
Kuydirilgan keramik material (briket, granula)
Dag’al maydalash
1 Variant
2 Variant
Zoldirli tegirmonda ho’l usulda maydalash
Yuqori faol moddalar ishtirokida quruq usulda maydalash
Filьtr-jipslash
Absolyut quruq holatgacha quritish va kuydirish
Quyma shliker tayyorlash
SHlikerni vakuumlash
Bosim ostida metall qoliplarga quyish
Opravka
Nuqsonlarni yo’qotish
Tozalash, yuvish, sirlash
Kuydirish
Tayyor buyumlar ombori
Texnika keramikasi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi birinchi operatsiya-xom ashyoni maydalashga oiddir. SHarli yoki vibratsion tegirmonda maydalangan xom ashyo zarrachalarining o’lchami 1-3 mkm atrofida bo’lishi kerak.
Ikkinchi yirik jarayon buyumlarni qoliplashga oid. Bu yerda asosan 8 usulda qoliplash mavjud:
1. Suvli suspenziyani gipsli formalarga quyish.
2. Turli variantlarda kukunsimon massalarni jipslash.
3. Plastifikator qo’shilgan massalarni jipslash va yarim mahsulotlarni obtochka qilish.
4. Plastifikator qo’shilgan issiq shlikerni bosim ostida qoliplarga quyish.
5. Plastifikator qo’shilgan massalarni protyajka qilish.
6. Yuqori haroratda grafitli qoliplarda jipslash.
7. Suvli yoki organikali shlikerni plyonka holatida kuydirish.
8. Issiq parafinli shlikerni qotirish va hokazo.
Yuqorida 4-usulga oid bosim ostida buyumlarni quyish texnologik jarayonlarning printsipial tizimi berildi (21-jadval).
CHizmadagi birinchi variantda an’anaviy keramika texnologiyasi bo’yicha mayda dispersli kukun xo’l usulida zoldirli tegirmonda tayyorlanib, filьtr-pressga uzatilib suvsizlantiriladi. So’ngra 250-300 oS li haroratda quritiladi va kukun tarkibiga sirt-faol modda va plastifikator kiritiladi.
Ikkinchi variantda esa dag’al xom ashyo vibratsion tegirmonda sirt-faol moddalar ishtirokida quruq usulda maydalanadi. So’ngra maxsus apparatlarda kukunlarga plastifikator qo’shiladi.
Kuydirish jarayoni ham eng asosiy vazifalardan biridir. U bir necha davrlarni o’z ichiga oladi:
1 davr 20-150 oS-parafin erib moddaga singiydi. Parafin bunday sharoitda parchalanmaydi.
2 davr 150-300 oS-parafin kuyadi va intensiv parchalanadi.
3 davr 300-400 oS-uglerodli qoldiq butunlay yonib buyum markazidagi parafin parchalanadi.
4 davr 400-(900-1200 oS)-uglerod butunlayin uchib chiqib ketadi va buyum sopolagi yetiladi. Bu harorat oksidli va yuqori glinozyomli massalar uchun 1100-1200 oS ni, steatitli massa uchun 900 oS ni tashkil etadi.